Catira
28 april 2021

Avtobus-3

«Abdulla G‘arip Prodakshn», rassom Elsevar, rassom Tuz va «Eltuz» yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi.

Avtobus oldida Putin va avtobus haydovchi.

Putin: Chto eto?

Haydovchi: Avtobus. O‘zingiz 4 yil oldin o‘tqazib ketuvdingiz. Hali tushganim yo‘q.

Putin: Mendayam avtobus bor. U senikidan 38 marta katta. Lekin men uni doim haydamayman. Ayiqpolvonga avtobus haydashni o‘rgatganman. Binoyiday haydab yuribdi. Gelenjikdagi qasrimda ëtaman.

Haydovchi: Mendayam qasr bor. Bir milliardga qurdim. Shovvozsoyda. Lekin menga sho‘pirning kabinasi ko‘proq ëqadi.

Putin: Tы tak mnogo ne rabotay. A to sapsem bashka budet bolet. Sen borib, Shovvzzsoydagi qasringda nos chekib tur. Bitta malchikni Shovvozsoygacha olib ketib, choy-chilimidan xabar olib tur. Ashag‘da tinch bo‘ladi. Yo‘lda qornini to‘yg‘izasan. AQSh sanktsiya ro‘yxatiga kiritmoqchi uning nomini.

Alisher U: Zdrasti.

Haydovchi: Shu malchikmi?

Putin: Malchik, albatta. Qizcha emas-ku.

Haydovchi: Avtobusni kim haydaydi? Bizda ayiqlar yo‘q. Hammasini xalqimiz otib o‘ldirvorgan.

Putin: Anavi mo‘ylov kim? Boshi kal? Ayiqdan ham ovsar ko‘rinadi. Shu haydasin.

Haydovchi: Bu bechora Abdulla G‘arib. Narigi o‘lgan sho‘pir davrida qiynalgan yetim. Yo‘l-po‘lda o‘lib qomasin deb boshini silab qo‘ynimga oganman. Rosa sodoqatli. O‘zi kallaxonadan.

Abdulla G‘arib: Zdrasti.

Putin: Bor, rulga o‘tir.

Abdulla G‘arib: Spasibo nachalnikning nachalnigi.

Putin: Bir-ikki oy haydab tur. Manavi Shovvozsoyda o‘tirib tursin. Keyin reshat qilamiz.

Abdulla G‘arib: Rul ishlamayapti. Prosto gir-gir aylanadi. Bolti bo‘shab ketibdimi ë?

Putin: Senga rul nima kerak, kal. Baribir men boshqaraman. Distantsionno! Manavi pultim bilan. Zamondan orqada qopsan, G‘arib.

Abdulla G‘arib: Spasibo nachalnikning nachalnigi.

Sahna almashadi. Abdulla G‘arib avtobusni haydab ketyapti.

Xonim sotuvchi: Alg‘ov-dalg‘ov zamonlarga qoldik. Mo‘ylovli sho‘pirni endi ko‘rishim.

Chol: Mo‘ylovli sho‘pirni men ko‘rganman ëshligimda. Bileti yo‘qlarni shartta otib tashardi.

Pattachi xotin: Shunaqa qilish kerak. Demokratiya – bu anarxiya emas. Har bir odam aytgan so‘ziga javobgar bo‘lsin. Biletsiz yurganlar va og‘ziga erk berganlarni otib tashash kerak.

Stilyaga bola: U davr boshqa edi. Hozir zamon ko‘tarmaydi. Telefoniga olib chiqarvorishadi.

Galstukli odam: Demokratiya yo‘q, bo‘maganam. Nega manavi mo‘ylov rulga o‘tirvoldi? Nega bizdan hech kim so‘ramadi?

Pattachi xotin: Avtobus sho‘pirining o‘zi biladi kimga haydatishni. Bu mo‘ylov ham o‘rgansin haydashni. Bo‘masa o‘zi haydardi. Qachongacha muhtaram sho‘ipr qiynalib rul buraydi. U ham dam olishi kerak. Sho‘pirlarga oson emas. Tekin qatiq berish kerak ularga.

Stilyaga bola: Tekin qatiq? Harflarni adashtirvormadizmi, xola? (Kulgi ovozi).

Shu payt avtobus g‘ildiragiga mix kiradi. Pooq etib portlagan ovoz eshiriladi.

Mulla: Aytgandim-ku siësatga aralashmanglar deb.

Stilyaga bola: Kimdir qattiqroq o‘sirvordimi?

Abdulla G‘arib: G‘ildirak teshilibdi. O‘zi men sho‘pir emasman. Sho‘pir Shovvozsoyda. Nima qilishni bilmayman.

Xonimchi aël: Men erga tegmasimdan oldin kalishim teshiluvdi. Borib yamatib kelganman.

Stilyaga bola: Rostdan ham kalish teshilganmidi? (Kulgi).

Chol: Avtobusda zapas g‘ildirak bo‘lishi kerak.

Stilyaga bola: Zapas g‘ildirakni yo‘lda boshqa avtobuslarga sotvorishgan.

Abdulla G‘arib (yorilgan ballonni yumalatib ketyapti): Men bir traktor topib kelsam, shatakka olsin.

Pattachi aël: Yaxshisi sho‘pir rulni burab o‘tirsin. Biz esa xuddi tez yuraëtgan avtobusda ketaëtganday rol o‘ynab turamiz.

Shovqin-suron ko‘tariladi. Sho‘pir magnitofon knopkasini bosadi. Muzika yangraydi:

Daryo – toshqin, suvlar – to‘lqin, o‘tolmayman-ey,

Otim – oriq, manzilimga yetolmayman-ey.

Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh-ey,

Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh-ey!

Daryolarning u yuzida o‘ylaringiz-ey,

Oqarishib ko‘rinadi bo‘ylaringiz-ey,

Ipakmidi, baxmalmidi kiyganingiz-ey,

Bizlardan ham ortiqmidi suyganingiz-ey!

3-qism tugadi. G‘oya muallifi rassom Tuz, 2021 yil 28 aprel.

Tag‘in o‘qing
10 september 2017
8 centyabr kuni «O‘zbegim» festivalida Ginnes rekordi uchun tayyorlangan 8 tonnalik osh, o‘zbeklar o‘rtasida tartibsizliklarga sabab bo‘ldi. Rassom Tuz ...
11 november 2020
Post deb yozishga arzigulik fikr va kechinmalarim ham qolmabdi, chamasi. Mumtoz shoira Nodiraning: Sen na uchun dunyoga kelding,Kayfiyating bayon ...
20 august 2025
Eltuzga jo‘natilgan xavotirli maktub va videoda Samarqandda daryoni quritib, hudud ekologiyasiga zarar yetkazayotgan shirkat haqida bildirilgan. Samarqand viloyati Payariq ...
3 october 2016
Kasb bayramlarini o‘zbek tibbiyot xodimlari har yili paxta dalalarida o‘tkazishga majbur. Shugina emas, ularni o‘zbek hukumati «qora ishchi kuchi» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...