Asosiy mavzular
4 may 2021

Avtobus-4. Katyusha

“Abdulla G‘arip Prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi.

Avtobusni traktor shatakka olgan. Yo‘lovchilar asabiy.

Abdulla G‘arib: G‘ildirak zakaz qildim Xitoyga. Qarzga gaplashdim.

Chol: Bu Xitoy degani bitta g‘ildirak qarz berdim, deb olti oydan keyin avtobusimizga ega chiqadi.

Mulla: Xitoyga shak keltirmang. Ilm Xitoyda bo‘lsa ham borib oling, deyilgan.

Olifta: Biz ilm emas, g‘ildirak olmoqchimiz. O‘zi bitta g‘ildirak. Uyam qarz.

Xonimchi aël: Mo‘ylovning nachalnigi Shovvozsoyda qasr qurguncha zapas g‘ildirak olib qo‘ysa bo‘larmidi?

Abdulla G‘arib: Hozircha bizni traktor shatakka tortib turaqolsin.

Konduktor: Bo‘ldi qilinglar, avtobusni boshqarish siësatini muhokama qilishga nima haqlaring bor! Boshqa avtobuslarda muammo yo‘qmi? Vengriyaning «Ikarus» avtobusi ëki Germaniyaning avtobusi muammolarini muhokama qilinglar. G‘ildiragi teshilgan boshqa avtobus yo‘qmi?

Abdulla G‘arib: Mana, shatakka olinib bo‘lsa ham ketyapmiz-ku. Bizga xudo bergan bu avtobusni.

Mulla: Barakalla. G‘ildiragi teshik avtobusda yurish peshanamizga ëzilgan. Rozi bo‘laylik. Sho‘pir xudoning yerdagi soyasi.

Ko‘zoynak: Eh, avtobus! Sening kuning kimlarga qoldi?

Musaev: (original ovoz)

Abdulla G‘arib: Telefonda gaplashadi:

Da, kaneshna. Kaneshna. Spasibo. Hurmatli avtobus xalqi, bizani tortib ketaëtgan traktor sho‘pirining tug‘ilgan kuni ekan. O‘shanga ashula aytinglar, dedi.

Konduktor: Albatta, aytamiz. Bu traktorchi o‘ris bizani sudramasa, qanday sudralamiz? Aravasiga tushgandan keyin ashulasini ham aytasan.

Ko‘zoynak: Nega biz birovning qo‘shig‘ini aytishimiz kerak?

Ismat: (original ovoz) Bu gapni katta xolangga aytasan.

Xonimchi aël: Katta xolang uyingda, o‘shangga ayt. Undan ko‘ra xonim olib ye.

Mulla: Sabr qilinglar. Boshliqqa itoat joiz. Qo‘shiq aslida ëmon emas.

Abdulla G‘arib knopkani bosadi: Hamma ashula aytsin!

Gulga to‘ldi olmayu noklar,

Darë uzra tumanlar suzgay.

Yugurgin, ey, kel beri, katyusha,

Barcha sevgan el biri, katyusha.

Ma, Vasila, minib yur ko‘ktoy,

Vasilalar qo‘shiq aytdilar,

Eshak minib ortga qaytdilar.

Yugurgin, ey, kel beri, katyusha,

Barcha sevgan el biri, katyusha.

Konduktor qizil bayroq ko‘taradi: Yashasin bizni shatakka olgan traktor! Abadiy tirillasin!

Mulla: Manavi ko‘zoynak qo‘shiq aytmay muxlovat qildi.

Musaev: (original ovoz)

Xonimchi aël: Aslida qo‘shiqning traktorchiga aloqasi yo‘q. Katya degan qiz darë bo‘yida yo‘ldan ozib ketgani haqida. Men berilib aytdim.

Olifta: Rosa berildingmi? (Kulgi)

Ko‘zoynak: Baribir birovning qo‘shig‘ini aytmayman.

Chol: Aytasan, nimayam qilarding. Yana kamida 30 yil aytasan.

Yugurgin, ey, kel beri, katyusha,

Barcha sevgan el biri katyusha.

(G‘ala-g‘ovur boshlandi. Haydovchi tugmani bosadi. Musiqa yangraydi)

Tag‘in o‘qing
20 may 2016
O‘zbekiston prezidentining Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoni butun mamlakatni «to‘lqinlantirib» yubordi. Har holda ...
15 september 2021
2020 yil oxiriga kelib O‘zbekistonning «Orient Group» kompaniyasi 700 million AQSh dollaridan ortiq investitsiya yig‘ib, mamlakatdagi eng badavlat konglomeratlardan biriga aylandi.  Shotlandiyaning sakkizta noma'lum mas'uliyati cheklangan sherikligi bu ...
13 june 2022
Xavfsizlik xizmatlari jurnalistlarga ba'zi mavzulardan qochish va ayrim xabarlarni o‘chirtirish uchun tahdid qiladi, qo‘rqitadi va bosim o‘tkazadi. Bu maqola ...
25 october 2021
22 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan bo‘lib o‘tgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...