Asosiy mavzular
31 august 2021

Muhammad Solih mustaqillik va soxta saylov haqida

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida «Eltuz» muxbiri «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih bilan suhbatlashdi.

Muhammad Solihning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi prezident saylovi ham har safargidek soxtadir, Mustaqillikning 30 yilligi esa o‘tgan 2020 yilning 20 may oyida nishonlanishi kerak edi. 

1990 yili ayni sanada respublika parlamenti Mustaqillik deklaratsiyasini e'lon qildi. Bu deklaratsiya matni parlamentga “Erk” demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgandi.  

«O‘zbekiston mustaqilligi biz e'lon qilgan deklaratsiyadan boshlanadi», dedi Muhammad Solih «Eltuz»ga bergan intervyusida.

1991 yilning dekabrida Muhammad Solih O‘zbekistondagi prezident saylovida Islom Karimovning yagona raqibi bo‘lgan. Rasmiy (soxtalashtirilgan) ma'lumotlarga 12,7 foiz, bunga qadar respublika radiosida berilgan e'longa ko‘ra 33 foiz ovoz olgan.

“Ozodlik” radiosiga bergan intervyusida taniqli publitsist va davlat arbobi Sharof Ubaydullaev “1991 yilgi saylovda Islom Karimov emas, balki Muhammad Solih yutib chiqqani”ni ochiqlagan edi. 

“Erk” demokratik partiyasi bu yilgi prezident saylovini boykot qilishga chaqirgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 september 2018
Yosh ayol bilan intim videosi internetda tarqalgan 61 yashar xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov urganchlik to‘rt nafar militsiya xodimi uyiga ...
7 september 2017
Avgust oyi O‘zbekiston telekanallari uchun har doim qaynoq bir davr bo‘lib kelgan. Qaynoqligi shundaki, mustaqillik bayrami arafasida hamdu sano ...
10 april 2018
10 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston va Tojikiston davlat bayroqlari ramzi tushirilgan, tojik tilida «Xalqlar do‘stligi arog‘i» – «Araqi ...
11 november 2022
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.Matchon Suqilish: Nichiksizlar, mo‘chchi oybika ham ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...