Asosiy mavzular
24 september 2021

Kadrlar – har ishga qodirlar

Kecha yuraëtib, oëg‘im ostida sarg‘aygan barglar g‘ijirlaganini eshitib, kuz kelganini angladim. Yaqindagina oëg‘im ostida qorlar g‘ichirlaëtgan edi. Keyin Stokgolm osmoni ko‘m-ko‘k bo‘lib, qushlar sasi eshitilganda, ko‘klam kelganini sezib yuragim orziqqandi.

Alp  tog‘lariga tirmashganimda esa yelkamdan chiqqan ter menga vatanimdagi Qoraqum issig‘ini eslatdi.  Oëg‘im ostida barglar g‘ijirlar ekan, ëzga alvido aytarak, yuragimni huzun qoplaydi. Huzunki – adoqsiz, huzunki – hadsiz.

Ëz to‘qsoni tugab, qish to‘qsoni boshlanmoqda. Qoraqum sahrosidan ëdgor eski do‘stim Maqsud  Bekjon bu hislarni mendan ko‘ra aniqroq ifodaladi.

FASLLARGA QARShI

(Kuzakda yozilgan sher)

Men faslga aldanmayman, do‘stginam, yetar,

Ayt, biz uchun nima o‘zi fasl degani?

Fasl degan qushcha bir zum kelar-da, ketar,

Biz qolamiz mangulikning g‘amin yegani.

Fasl ko‘zni aldaguvchi sarob yo ro‘yo,

Umidlarni ko‘kartirar, so‘ng aylar xazon.

U qalblardan ming xil shakl yasaydi go‘yo,

Qalb— qalb emas, bir parcha loy—zarra, chang, to‘zon.

Fasllarning etagidan tutib charchaysan,

Tentiraysan lo‘li bola kabi sargardon.

Hozir ko‘klam suvlariga yuzing gar chaysang,

Lahza o‘tmay, kuz damidan junjikadi jon.

Biz sevamiz yorimizning saratonini,

Qonimizni jo‘shtiradi uning ko‘klami.

Biroq ko‘rmoq istamaymiz so‘lg‘in onini,

Sipqorganda yoz oyining so‘nggi ho‘plamin.

Zotan, barcha fasllarning oxiri tuproq.

Rasmda Qarshi shahri markazi  aks etgan. Hokimlikning O‘zbekiston bayrog‘i osilgan binosi oldida IIB xodimlari haydovchini kaltaklamoqda. Javod degan xodim qo‘lidagi to‘qmoq bilan aylantirib solyapti.

Yana  bir polvon mirshab esa haydovchini ko‘tarib yerga urdi. Haydovchining yelkasi yerga tegdi. Ammo bu sport musobaqasi emas. Bu Bobojonov mirshablarining chorasizligi va tizimning chirigani misolidir.

Haydovchilar IIB xodimiga bo‘ysunmagani ularni o‘lasi qilib urish huquqini bermaydi. Bugun Po‘lat Razzoqovichga yana bir maktub ëzaman.  O‘zi Po‘lat og‘aga maktub ëzavaerib, qo‘lim ham qavarib ketdi.

Maktub mana  bu so‘zlar bilan boshlanadi: “Po‘lat Razzoqovich, men bu maktubni ëzaëtgan paytda ishga pora bilan kirgan xodimlaringiz O‘zbekiston bayrog‘i ostida O‘zbekiston vatandoshini kaltaklamoqda…”.

Xullas, u yog‘ini bilasiz…

Ahli sufa

Bundan o‘n yillarcha oldin Andijonning “Cho‘ntagi”da bir supa odam bilan 3 soatcha o‘tirib qoldim (osh yedik). Taxminan 12 ta odam. Men o‘n uchinchi. Bittasi o‘z nazarida kulgili gap aytsa, hamma kuladi.

Bittasi o‘z nazarida aqlli rivoyat aytsa, hamma “ana, mashalloh”, deb ma'qullaydi. Absolyut kollektivizm edi. Individualizm surgunga ketgani aniq.

Bugun tarmoqni kuzatib, xuddi shu supani esladim. Faqat supada 12 kishi emas, balki millionlar. Hamma “Alisher prezidentlikka qodir”, degan rasm haqida bir xil tanqidiy fikr bildirmoqda.

Hammaning nazarida, bir to‘ydan ming oladigan Munisa xunuk. Hammaning nazarida, “opa rolni qoyil o‘ynamoqda”. Bir xil kuladigan, bir xil yig‘laydigan va bir xilda orqasi ko‘l bo‘ladigan olomon.

Faktcheking (faktni tekshirib shubhalanish), turli fikr¸ aybsizlik prezumptsiyasi va originallikdan asar ham yo‘q. “Ur o‘g‘rini” desang, devordan kesak qo‘porib yuguradigan bozor olomoni.

Aslida 34 millionning tepasidagi bu biojonivorlar to‘dasi hukmron istagan ëzuvni ëzadigan oppoq qog‘ozdir, xolos. Gapni supa haqida boshlovdim.

Supadagi bir amaki latifa deya bir gap aytdi: “Palonchi mujohid qo‘rboshi doim bir ënida sevimli bachchasini, bir ënida esa Yusufjon qiziqni olib yurarkan. Bir kuni  yo‘ldagi otelmi ëki motelmi degan mehmonxonada uchalasi bir ko‘rpa tagida ëtishibdi.

Chetda qo‘rboshi, o‘rtada bachcha, o‘ngda esa Yusufjon qiziq. Kechasi Yusufjon qiziq qo‘rboshining bachchasini itarib qo‘yibdi. Bir pasdan keyin qo‘rboshi uyg‘onib qarasa, bachchaning orqasi ho‘l ekan.

Yusufjon qiziq esa qo‘liga tuflab, orqasiga surtib to‘nqayib ëtvolibdi. Qo‘rboshi bo‘lsa: “Ne to‘lka mening sevimli bachchamni, balki qiziqchimni ham itarib ketishibdi-ya”, dermush.”

Shu joyiga kelganda hamma kuldi. Men esa bu latifaga nega kulish kerakligini bilmadim. Yig‘laydigan narsaga kuladigan xalq kim, deb so‘ramay, oynaga qarang.

Nafrat o‘lkasidan hijrat qilg‘anmen

Cho‘lpon bu misralarni 1924 yilning 14 avgusti kuni O‘sh shahrida ëzdi. Shoir sovetlar ag‘dar- to‘ntar qilgan o‘lka haqida qayg‘irib: “Tikanli boqchalar chechak ko‘rgusi, Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi…”, deya orzu qiladi. Naqadar ravon va ayni paytda naqadar dardli satrlar.

Bugun millat dardini gapirishdan or qiladigan qadimchilar urchigan¸ terrorchi toliblar ularni janobi oliylari deydigan mamlakat rahbari sevgilisiga aylangan va Turkistonni qonga botirgan rus askarlari qabrini o‘zbek manqurtlari tavof qilaëtgan paytda Cho‘lpon satrlari qalbimga malham bo‘ladi:

Nafrat o‘lkasidan hijrat qilg‘anmen,

Ulfat diyoriga maskan qurg‘anmen.

Yuzimni o‘t emas, gulga burg‘anmen,

Samoviy zavqlarg‘a to‘lib turg‘anmen,

Bulbullar sevgini maqtag‘an damda!

Chechaklar o‘sg‘usi ko‘z yoshlarimdan,

Bo‘g‘inlar ung‘usi o‘ylashlarimdan,

Qalblar yumshag‘usi sayrashlarimdan,

Sevgi chamanida yayrashlarimdan

Jannatlar yaratgay tashlangan janda.

Tilingan tillarga qon yugurg‘usi,

Bo‘shalg‘an inlarga jonlar kirgusi,

Tikanli boqchalar chechak ko‘rgusi,

Haq yo‘li, albatta, bir o‘tilgusi,

Jandalar tanimga tekkan kunlarda!..

O‘sh, 1924 yil, 14 avgust.

O‘qimagan o‘ziga o‘zi dushman bo‘ladi

O‘zimizga dushman bo‘lishni bizga rus maktablarida singdirishgan.

Sovet maktabida o‘qiganimda tarix darslarida ruslarning Usmonli imperiyasi bilan urushlarini o‘qitgan muallimlarimiz bizga: “Turklar dushman, ruslar esa bizning o‘zimiz”, deb uqtirishgan.

Aslida bizni bosib olgan ruslarning o‘zi bizga asl dushman edi.

1985 yilda toshkentlik taniqli san'atshunos aël Urganchga keldi. O‘zbeklardan chiqqan bu mutaxassis aël o‘zbek tilining turkiy til ekanini bilmas ekan. “Bo‘lishi mumkin emas, qanday qilib qaëqdagi turklar bilan tilimiz bir bo‘ladi”, dedi bu olima opamiz.

Yaxshiyam kitob tokchamda “Sovet entsiklopediyasi” bor edi. Ochib ko‘rsatdim. “O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kiradi, deb aniq-ravshan ëzib qo‘yilgan edi. “Da, neujeli”, dedi hafsalasi pir bo‘lgan olima.

Bu olima Ilya Repinning “Kazaklar turk sultoniga maktub ëzmoqda” degan asarini maqtab ëstiqday kitob ëzgan edi.

Mustaqillikdan keyin Toshkentdagi “Demir” yemakxonasida ovqat yeb o‘tirgan turk ishchilariga hasad bilan qaragan cho‘ntagi bo‘sh toshkentlik ësh yigitchaning ko‘zlaridagi nafrat ildizi aslida rus maktabida suv ichgan edi.

1999 yili Toshkentdagi jurnalistik yig‘inlardan birida o‘zi o‘zbek bo‘la turib, o‘zbekcha bilmaydigan va rus tilidan boshqa zaboni yo‘q “jurnalist” amaki O‘zbekiston iqtisodi haqida va'z qila turib: “O‘zbekistonni bosgan turk axlatini Germaniya investitsiya ëmg‘iri yaqinda yuvib tashlaydi”, deb bashorat qilgan edi.

Turklardan hazar qiladigan bu manqurt nemislarning ketini o‘pishga tayër edi.

Bundaylarni keyin ko‘p ko‘rdim. Berlinni men bilan ziërat qilgan toshkentlik “kulturniy” o‘zbek xonimlaridan biri: “Kak nemtsы terpyat etix gryaznыx turkov”, deya savol bergan edi. Bu xonim ich-ichidan: “Koshki nemislar bu turklarni o‘choqlar qurib ëqib yuborsa”, deb orzu qilsa hayron qolmayman.

Mana bu izoh esa yutubdagi lavha ostiga qoldirilgan. Rossiyada yashashini pisanda qilgan muallif o‘ziga “Antiturk” deya laqab qo‘yibdi.

«Antiturk» izohi

muallif: antiturk qaerdan: rusiya 11.07.2014 01:02

Yo‘q qilish kerak bu iflos xalqni, bular Amerikaning chizig‘idan chiqishmaydi, turklar O‘zbekistonga oyoq qo‘ydimi, demak Amerika O‘zbekistonga yaqinlashdi, degani. Amerika yaqinlashsa… Xudo ko‘rsatmasin, Iroq, Afg‘oniston, Liviya, Suriyaning kuni boshimizga tushishidan. Bular buzg‘unchi xalq, qaerga borsa, harom-harish ish qilishadi, faqat tilida “Alloh, Alloh”,  deyishadi-yu, niyati buzuq insonlar!!!!

Bu izohni izohlab o‘tirmayman.

Har holda bu izohni ëzgan odam miyasi rus sovet mafkurasi bilan zaharlangani aniq.

Zaharli tikanlardan qutulishning yo‘li ularni ëqib yuborish, degan edi turk ulusini yakqalam qilgan Navoiy.

Ilohi! Tikan ishi sanchilmoq uchun ani kuydurmak munosibdur…

Bugun va'z ichi she'rlar bilan to‘la bo‘ldi. Sorri. Kayfiyat ana shunaqa bo‘lgani uchun mana shunaqa shig‘ir aytgisi keldi odamning.

Va'z nima o‘zi? Har holda kayfiyat ko‘zgusi emas. Tarixchilar dunëni turlicha talqin qiladi. Ammo hamma gap dunëni yaxshi tarafga qarab o‘zgartirishdadir.

Aziz do‘stim, singlim, opam, onajon va otaxonlar. Og‘a va inilar. Kimki meni eshitaëtgan bo‘lsa, befarq bo‘lmang. Yaxshi yashash uchun egilish ëki patinka o‘pish joizmas. Qo‘rquvni yenggan odamgina ozod bo‘ladi. Faqat ozod odamgina shod va mukarram bo‘ladi.

Birgina jallod qanday qilib ming kishini o‘ldirdi

Bugungi oligarx Ortiqxo‘jaevlar  rejimi miltiq borligi uchun emas, balki qo‘rquv evaziga yashab turibdi.

Toki biz qo‘rqar ekanmiz, bu rejim yashayveradi. Bizni qamaydi, qiynaydi, o‘ldiradi, bor budimizni tortib olib, aysh-ishrat suradi…

Bir paytlar bir mo‘g‘ul askari mingta xorazmlikni qator qilib qo‘yib, asta-sekin kallasini kesgan.

Tushgacha 50 ta, tushdan keyin 50 ta.

O‘n kunda mingta odamni kalladan judo qilgan.

Mo‘g‘ul askari bitta bo‘lgan, uning qilichi ham bitta.

Atrof qum, faqat mingta asir va bitta jallod.

Ular mo‘g‘ul askari ustiga shunchaki tashlanganda ham bu askarning abjag‘i chiqar edi.

Yo‘q, asirlar mo‘ltirab qarab turishgan, qachon so‘yilish navbati menga kelar ekan deb.

Qo‘rquv karaxt qilgan ming kishining shuurini.

Ular biz ko‘pchilikmiz, jallod esa bitta, degan falsafani tushunmagani uchun ham qo‘y kabi so‘yildilar.

Tarix ulug‘ murabbiy, biz esa no‘noq shogirdlarmiz…

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 may 2016
Maqolada yozilishicha, Andijon viloyatida fermerlar g‘o‘zaga ishlov berishda katta tajriba to‘plagan bo‘lib, bugun bu kuzdagi mo‘l hosil garovi bo‘lib ...
28 december 2018
Yangi yil arafasi uyma-uy yurib rizqini terayotgan Qorbobolar shu kunlarda boy xonadonlarni ilinj bilan izlashadi. Biroq erka bolakaylarning boy ...
28 january 2026
Parijning ramzi hisoblangan Eyfel minorasi qurilishit aynan 1887 yil 28 yanvar kuni boshlangan. Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda ko‘plab frantsuz ...
5 january 2017
Karimov davrida yirik moliyaviy jinoyatlarda ayblanib 18 yilga qamalgan Zeromaks shirkati ijro direktori Mirodil Jalolov ozodlikka chiqdi, ilgari Toshkent ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...