Asosiy mavzular
3 february 2022

O‘zbek qochqini Muhiddin Qurbonov Shvetsiyada vafot etdi

Shvetsiyadan qochqinlik maqomini olgan o‘zbek faoli Muhiddin Qurbonov 2 fevral kuni  saraton kasalligidan vafot etdi.

Bu haqda Eltuzga xabar bergan Shvetsiyadagi o‘zbek diasporasi vakili Avaz Oxunov, Qurbonovning jasadi hozirda Stokgolmdagi kasalxonada qolayotgani, janoza qachon o‘qilishini ma'lum qilishini aytdi.

“Oldingi ikki xotini bilan ajrashgan Qurbonov keyingi kunlarda Tensta shaharchasidagi uyida yolg‘iz yashayotgan edi. Uning yagona orzusi O‘zbekistonga qaytish edi. Oxirgi kunlarida uning yonida bo‘ldim”, dedi Oxunov Eltuz muxbiriga.

Muhiddin Qurbonov 2018 yilning 23 mayida oxirgi bor O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lganida Toshkent aeroportidan qaytarilgan, voqea tafsilotlari haqida Eltuzga batafsil intervyu ham bergan edi.  

O‘sha yilning 4 dekabrida Stokgolmda uchrashuv o‘tkazgan O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimboy Ozodovning tavsiyasi bilan u vataniga qaytishga ahd qilgan edi.

2006 yili Shvetsiyadan boshpana so‘ragan Qurbonov, shu paytgacha vatanga qaytish umidida shved vatandoshligini olmasdan kelayotgan edi. Eltuz Muhiddin Qurbonovning yaqinlariga ta'ziya bildiradi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2024
Rassom Tuzga yuborilgan bu iddaoli maktubni qanday bo‘lsa shundayligicha nashr qilishga qaror qildim. Maktub anonim emas. Uni kimdan kelgani ...
28 july 2025
26 iyul kuni Buxoroda soliq inspektori 400 AQSh dollari pora olgan vaqtida qo‘lga olindi.  U tezkor tadbir davomida DXX ...
5 january 2017
Biz 2016 yil davomida o‘zbek matbuotini imkon qadar kuzatib borishga harakat qildik. Mazkur kuzatishlarimiz asosida matbuotimizning o‘tgan yilgi faoliyatini ...
14 march 2023
Salom qadrli muxlislar bugun 13 inchi mart, studiyada Qudrat Bobojon, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Bo‘kada bir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...