RTdan va'z: Bahor keldi o‘rtoqlar
Bahor kelsa, o‘rtoqlar, uyg‘onadi o‘tloqlar. Mana o‘lmagan qul bahorga ham yetdik. Og‘zimiz ko‘kka tegadigan bo‘ldi. Ko‘k barak, ko‘k somsa. Xuddi yil bo‘yi sariq somon yeb, ko‘m-ko‘k o‘tloqdagi yashil o‘tni ko‘rgan molday irg‘ishlab sevinsak arziydi. Bu o‘tga talpingan qo‘yday yugurgilasak yarashadi.
Dorilomon kunlar keldi, shafaqlari ol. Bu kunlarga yetganlar bor yetmaganar bor.
Shu yerda dabdabali va chuchmal kirish tugadi.
Endi asabi chatoq va yuragi kasallar bo‘lsa, tarmoqdan chiqib tashqarida ochiq havoda nafas olib tursin.
Chunki qattiq gapiraman. Ulusga saslanish uchun o‘zimda qurb topa oldim.
O‘taëtgan haftada ko‘pchilik aktyor deb, pisand qilmagan janob prezident Zelinskiy dunë ko‘z o‘ngida millat qahramoniga aylandi.
Turkiyaning «Bayroqdor» droni eng kuchli va samarali qurol, deya barcha muarrixlar tarafidan tarix zarvaraqlariga oltin harflar bilan ëzildi.
Rossiya prezidenti Putin esa ruhiy kasal, qotil va urush jinoyatchisi sifatda Gaaga tribunali sudi tergovchilari qora taxtasidan o‘rin oldi. Rossiya armiyasinng Ukrainada olib borayotgan urush jinoyatlari ustidan xalqaro sud tergov boshladi. Bu talabni dunyoning 40 ziyod yetakchi davlatlari talab qilgan.
Ichiga kerosin to‘ldirilgan shisha bilan rus tankini ëqaëtgan oddiy ukrainalik qiz kurrayi zamindagi odamlarning shoën hayratiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston ichkarisi va tashqarisidagi o‘zbeklarning aksariyati esa qotil Putinga laganbardorligi, Ukrainlarga nafrati hamda yelpatak va kaltabinligi bilan elga mashhur bo‘ldi.
Dialog
– Tuz og‘a siz nega Chingizxon bosib kelganda indamay o‘tirdingiz. Endi xoxollarni tarapini ovossiz.
– Chingizxon bosib kelganida Eltuz hali yo‘q edi.
– Tuz og‘a gapni aylantirmang tarapkashsiz. Nega Chingizxon bosib kelganida Mongoliyani SVIFT tizimi o‘chirilmadi. Umuman sanktsiya qo‘llashmadi.
– U paytda SVIFT yo‘g‘edi shakilli?
– Chingizxon shuncha odamni o‘ldirdi. Siz bo‘lsa Putin dodomlaga osilvoss. Qani adolat. Donbassdagilar qancha qiynaldi. Siz Chingizxonning shuncha ëvuzligini ko‘rib turib ko‘rmaslikka oldingiz. Putin parishtayu Chingiz bilan sravnovat qsak.
– Putin birovning yeriga bosib kirdi.
– Chingizchi? Enasini uyiga boruvdimi? Jalab nega Putinga osilasan. Putin otam meni. Onam aytdi buni menga.
(Kulgi)
Uyat. Ustingizga tosh ëg‘sa ham oz, siz nobakorlarning.
Olimidan tortib farroshigacha, shoferidan tortib dehqonigacha, amaldori, qatortoldagi jalabiyu otin oyi va imomberdilarigacha. qotil Putinni ëqlab, dumalaëtgan qavmga gapiraëtgan odamning qo‘lida qamchisi bo‘lishi kerak.
Qamchi bo‘lganda ham eshshaklarning yag‘rinini savalash uchun pishiq teridan yasalgan, har urganda qon tomadigan qamchi.
Yaqin yuz yillik tarix sizlar ota degan kaslarning sotqinliklari bilan to‘la. Chimkent, Toshkent va Xiva darvozalarini o‘risga ochib bergan sotqinlar sizning ota buvangiz edi. Istilochi Chor podshosi nomini xutbaga qo‘shib o‘qigan, qilichga ilingan istilochi general Kaufman shapkasiga sig‘inganlar ham, Turkiston muxtoriyatining ichida tafrikchilik qilib, uni zaiflashtirganlar ham bugungi Putinparastlarning katta bobolari edi.
Behbudiyni «kofir» deya Qarshida bo‘g‘izlagan, Qodiriyning ustidan donos ëzganlarning urug‘-aymog‘i bugun «Putin» deya tomoq yirtmoqda.
Darvoqe, shu sotqinlar avlodlaridan biri bo‘lgan taviya bundan atigi uch oy oldin Eltuzning avtobus hajviy seriali ustidan chaquv ëzib, idoraga topshirgan edi.
Kecha esa Telegram kanalida Moskvada ishlaydigan gasterbayter o‘zbek o‘z videosin qo‘yib o‘rischa nutq irod qildi.
Video:
Sotqinlarning ota-enasi kim? Kim uni tug‘dirgan? Ertaga «hazillashuvdim ashnalarga maqtanish» uchun desayam, buning xoinlik gradusi o‘zgarmaydi.
Toshkentni bosib olgan o‘rislar butxonasini ta'mirlagan madaniyat vaziri Ozodbek kal kallasiga Chustning eng qirol do‘ppisini kiysa ham, vatansevar bo‘lib qolmaydi. Vatanni sevish amal bilan durustdir.
Putinparast o‘zbeklarning astronomik darajadagi aqlsizligi va ularning erk va mustaqillikdan qanchalik hazar qilishi bugun bashar avlodiga aën bo‘ldi.
Barcha ko‘zi o‘rnida qoziq o‘rni bo‘lmaganlar bu ayanch holatni bilib bo‘ldi.
Keyingi 7 kun aqli hushi joyida, esini tanigan o‘zbek oydinlari bu putinparast biomusorlarni la'natlab chiqdi.
Ammo bu biomusorlar bugun paydo bo‘lmadi. Ular atom portlaganida ham tirik qoladigan mog‘or zamburug‘lari kabi yashovchan. Bu axlat uyumi haqida kamina Rassom Tuz mana 8 yildan beri gapiraman.
Umumlashtirmang, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deyishadi. Qani guruch?
Bir tovoq kurmak ichida loaqal to‘rtta guruch bormi?
Qonida sotqin ota-bovolarining viruslarini tashigan bu primatlar galasi dars o‘rniga Karimov kitobini o‘qigani, darsdan keyin esa muttaasib mullalar tarafidan miyasi zaharlangani va yaxshi ovqatlanmagani bois hujayra to‘qimalari rivojlanmay qolgani uchun ham hozirgi kosmik tanazzul nuqtasiga yetib keldi.
Bu yo‘qotilgan avlod arosat davrida pul topish uchun tariqday sochilgan ota-enalarining baxti qaro bolalaridir.
Ular ona mexri va ota tarbiyasidan mosuvo qolaroq kallavaram qarindoshlar qo‘lida qarovsiz ajriq misol o‘sdi.
Haqiqiy haëtda bo‘yni qisiq, paqir panada bo‘lib yuradigan, kamida o‘risdan o‘ttiz, chechendan qirq marta kaltak yeb, ozariy prorab nazorati ostida qul kabi ishlaydigan, yilda bir marta borib Karimov haykalini yalab keladigan bu poda internetda izoh ëzganida barcha odob chegaralarini unutib «botirga» aylanadi.
Lo‘lidan botir chiqsa, o‘z kapasiga o‘t qo‘yar ekan. O‘zini kaltaklagan o‘ris taqirboshlardan eshitgan so‘kishlarni chala takrorlab, ukrainlarni va ularning muzaffar yo‘lboshchisi Voladimir Zelinskiyni¸ mustaqillik va erkinlikni so‘kadi.
Putin va umrida ko‘rmagan SSSRni maqtaydi.
Ey notavon! Sen izoh ëzishdan oldin o‘qish ëzishni, o‘ngacha sanashni o‘rgan. Butun tanangga ëyilgan kasallaringni davolat¸ Doridan pul qizg‘onmay. Umringda bir marta to‘yib ovqat ye. Hammomga bor. Tuzukroq kiyim kiy. Keyin internetga kirib, izoh ëzsammikan, deb, o‘ylab ko‘r. Yaxshisi, hech narsa ëzma. O‘ylab mushohada qil. Bilsang, dengiz karamida ozgina miya elementi bo‘ladi. Senda shu karamchalik miya yo‘q.
Qaysidir muttaasib cho‘pchakchidan eshitib, ëd olgan gaplaringni takrorlayverib, zerikmadingmi galvars? «Millatchi ukrainlar Donbassda o‘rislarni ezdi», «Putin 8 yil sabr qildi», «Urushni Amerika boshladi», «NATOga kirmaslik kerak edi», «Yevrey masqaraboz Zelinsiiyni o‘ldirish joiz», «Nega Suriyani emas, Ukrainani himoya qilasan?»
Bu gaplarni ëzgan notavon yana qaerdandir jasorat topib, «Tuz og‘a, neytral bo‘l. Nega tarapkashlik qilasan?», deydi.
Tasavvur qiling, bu taviyaning uyiga kirib, xotinini zo‘rlashyapti. Bu so‘tak esa, «neytral» maqomni ëqib olib, turibdi bez bo‘lib. O‘zini oqlaydi.
Matchon Suqulish: «Baribir ular xotinimni zo‘rlaydi. Aralashsam, meni mayib qilishadi. Nima qipti zo‘rlashsa. Qolaversa, xotinim ham chujoy asbob ta'mini totib ko‘rsin. Menam leviyga boraman-ku,»
Xuddi shunday. Boshqacha emas. Putin bosqinchilari birovning uyiga kirib, zo‘ravonlik qilishmoqda. O‘zbek dangasalaridan farqli fikrlaydigan ukrainlar zolimning boshini lom bilan urib ërishdi. Tanklarini molotov kokteyllari bilan ëqishdi. Uchoqlariini urib tushirishdi. Xarkovdagi oshpazlar bo‘lsa, ular yeydigan ovqatga tupurib ham qo‘yishdi. Videosi bor.
Bu normal. Zulmga va zolimlikka munosabat butun dunëda ana shunday bo‘lib kelgan ming yillardan beri.
Ammo otangni o‘ldirganga onangni ber¸ bir yuzingga ursa, ikkinchi yuzingni tut, seni tosh bilan ursa, osh bilan ur. Egilgan boshni qilich kesmas, kabi bir tiyinga qimmat matal va maqol to‘qiydigan qavm ham bor.
Bu qavm to‘qigan latifa:
LATIFA
Bir erkakning uyiga bosqinchi kirdi. Bosqinchi uydagi erkakning qo‘lidan tutib, ëtoqxonaning bir chekkasiga olib bordi. Keyin bo‘lsa, qo‘liga bo‘r olib, polga doira chizdi. Erkakni shu doira ustida turg‘izib qo‘yib. «Chiziqdan chiqsang, o‘ldiraman», dedi. Shundan so‘ng, bosqinchi bu erkakning xotinini yechintirib, biror ikki soat zo‘rlab uydan chiqib ketdi. Eridan xapa bo‘lgan xotin: «Qanday odamsiz? Ko‘z oldingizda meni zo‘rlashdi. Siz tomoshabin bo‘lib turdingiz,» deydi. Erkak yesa: «Xotin, seni anavi bosqinchi zo‘rlaëtganda ikki marta chiziqdan chiqdim,» dermish.
+++
Shu yerda kulinadi. Ey bo‘ying bo‘yraga yetmagur, notavon. Aslida yig‘lash kerak. Yig‘laganda ham, ikki qo‘lni tizzaga urib, qaqshab -qaqshab yig‘lash joiz. Kerak emas egilgan bosh. Unaqa egiladigan boshni qilich kessin.
Mutelik va siniqlik g‘oyasi ëshi kattadan chiqsa, ëki aksar ko‘pchilik shunday yakdil fikrga kelsa ham, uning narxi sariq chaqa.
(Video)
Ikki mantiqni eslatsam. Birinchidan ahmoq odamning ëshi kattaysa, aqlli bo‘lib qolmaydi. Qaytangga, qarilik bilan bog‘liq kasalliklar qo‘shilib, marazmatikka aylanadi. Ëshligida komsorg partorg bo‘lib SSSRni ulug‘lagan odam, qaysi lavozimga chiqsayam, eski aqidasidan voz kechmaydi. Ko‘r tutganini qo‘ymaydi, deganday gap. Kecha Putinparast otasi bilan kelishmagan o‘g‘il uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgani haqida o‘qidim. To‘g‘ri qiladi. Bu sovetparast chollarni bitta lagerga qamab qo‘yish joiz. Quloq tinchiydi
Ikkinchi mantiq. Mingta ahmoq bir joyga yig‘ilsa, mingta ahmoq bo‘ladi. 35 million qo‘rqoq bir joyga yig‘ilsa, 35 million qo‘rqoq bo‘ladi. Son sifatga aylanmaydi.
Men saylovdan keyin ham gapiruvdim. Endi «ishim yurishmadi» «uchta tug‘dirdim malibu bermadi» «sovuqdan kasal bo‘ldim» deya shikoyat qilmang, degandim. Chunki siz bu formatni ëqlab ovoz berdingiz. Shu bois siz bu azoblarga loppa loyiqsiz.
Xalqaro jamiyat Rossiyani moxovxona kabi izolyatsiya qilar ekan, eng avvalo, siz zarar ko‘rasiz. Ukrainadan Rossiyaga haydab kelingan o‘rislar sizning qo‘lingizdan ishingizni oladi. Rubl qadrsizlangani uchun topish tutishingizdan baraka ketadi. «Men Putinni maqtovdim», desangiz, birov qayrilib ham qaramaydi.
Ho‘lu quruq baravar ënadi. Kemaga tushganning joni bir.
Bu tavqi la'nat, fikri va kelib chiqishidan qat'i nazar, barcha o‘zbekistonliklar ustiga bir vagon qora balchiqday tushadi.
O‘zbekiston degan mamlakatni 2016 yildan boshlab Rossiyaning jar tomon ketaëtgan eski kizil parovoziga boylab qo‘ygan iqtidor ham, Rossiya ko‘chalarini supuradigan gastarbayter ham, kunora vazirlik ochib yurtni vaziristonga aylantirib, byudjetni kalamushday kemiraëtgan mulozimlar ham birday zarar ko‘radi.
Darvoqe, yangi O‘zbekiston me'mori tagi namanganlik o‘ris oligarx Alisher Usmonov G‘arb sanktsiyalari ro‘yxatiga kirib sarvatidan ayrildi. Nemis hukumati sanktsiyalarga duchor bo‘lgan Usmonovning 156-metrli yaxtasini musodara qilishdi. Alisher akaning onasi «Dilbar» nomini olgan yaxta uncha qimmat emas – 600 million dollar xolos. O‘zi bittayu bitta o‘zbekni hech tinch qo‘yishmadida. Dilbarim deya yig‘lamoqda Usmonov xonumonidan ayrilgan boshqa o‘ris oligarxlariga jo‘r bo‘lib.
Ayni paytda millionlab o‘zbeklar ham sarvatidan ayrilib, ishsiz kuchsiz qoladi. Pulning barakasi uchadi.
Cherchill aytganiek: «kollektiv aqlsizlik uchun kollektiv jazo lozim»
Cherchill bu gapni 1945 yili Drezdenni bo‘mbalaganida aytuvdi. O‘shanda «hamma nemis ham aybdor emas. Gilam qilib bombalasak, begunohlar ham o‘ladi» deb e'tiroz bildirishuvdi. Ammo birovning yurtiga bosib borgan Gitlerni ëshu qari maqtaganini Cherchill bilardi. Bugun o‘zbekning ëshi qarisi Putinni maqtaganini Rassom Tuz yaxshi biladi. Putin mafkurachisi Jirinovskiyning oëg‘i tagiga qo‘y so‘yib kutib olgan, tolibon terrorchilariga bahmal ishton tikib beradigan jamiyat – majburiy davolanishga mahkum.
Anjanliklar aytganday «battar bo‘lish».
Endi asosiy gapni aytsam. Ukraina urushda mutlaq g‘olib bo‘ladi. Bunga shak-shubha yo‘q.
Ho‘kizday bir odam ëshgina bolakayni hammaning ko‘zi oldida urib yiqitsa, hech kim bu ho‘kizni g‘olib, demaydi. Borib zolimning yuziga tupurishadi. Balki ko‘plab ko‘maklashib u zolim ho‘kizni urib o‘ldirishadi. Yerda yiqilib ëtgan bolakayni esa suyab, turg‘azib suv berishadi. Qo‘llab-quvvatlashadi. Insonlik qoidasi bu.
Mabodo o‘sha ësh bola bu ho‘kizday zolimni lom bilan urib boshini ërsa, hamma yana bolakay ënini oladi. Chunki u zolimni jazoladi. Bu holatda ham boshi ërilib ëtgan zolimni ko‘pchilik kelib, tepkilab, o‘ldirib tashlash ehtimoli katta.
Ko‘pchilik sevmaydigan ammo tarixiy shaxs bo‘lgan Vladimir Leninning bir gapi bor: «Erkinlikning mazmuni kurashdir. Kimki kurashsagina, u erkindir»
Bugun Rossiya bosqiniga qarshi kurashaëtgan Ukraina allaqachon yengish dovulini chaldi. Bu dovul sasi ellardan ellarga yetib bordi. Ukrainaning muzaffar sariq moviy bayrog‘i esa qo‘llardan qo‘llarga o‘tdi. Ukraina va uning azamat yo‘lboshchisi Volodimir Zelenskiyga atab rivojlangan dunë parlamentlari qarsak chalmoqda. Olqishlar g‘oliblar uchundir.
Ko‘klam keldi. Ko‘klam kelganda yerlar yumshab tank va BMP lar botqoqqa botib, chiqolmay qoladi. Ular ustidan turklarning bayroqdoni uchib o‘tadi. Ammo yumshagan yerdan chechaklar o‘sib chiqadi. Bahor kelsa, o‘rtoqlar uyg‘onadi o‘tloqlar.
Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!
Rassom Tuz
