Asosiy mavzular
19 april 2022

IIB siësiy faol A'zam Turg‘unov uyini tintuv qilmoqchi bo‘ldi

O‘zbekistonlik huquq faoli  69 yashar A'zam Turg‘unovning uyiga 19 aprel kuni ertalab 9.00 lar atrofida tintuv o‘tkazish qarori bilan to‘rt nafar IIB xodimlari va uchastka noziri tintuv qilish maqsadida kelgan. 

Turg‘unovning Eltuzga bildirishicha, to u yetib kelmaguncha uyidagilar IIB xodimlarini uyga kiritishmagan. 

“Bu paytda men yangi inson huquqlari tashkilotini ro‘yhatdan o‘tkazish uchun huquqshunos oldiga ketayotgan edim. Telefon bo‘ldi. Shoshilinch uyga qaytishga majbur bo‘ldim. Qarasam haqiqatan ham eshik tagida, tanish podpolkovnik Miraziz degan yigit, yana fuqarolik formasidagi uch to‘rtta yigit turishibdi. “Tinchlikmi?” desam ”Mana shunday jinoiy ish ochilgan” deya tushuntira boshlashdi. Aniq qaror, muhrlari, J.Karimov degan tergovchining imzosi bor. Lekin menga undan nusxa berishmadi” deya bildirdi Turg‘unov voqea yuzasidan Eltuz muxbiriga bergan intervyusida.

A'zam Turg‘unovga ko‘ra, unga ko‘rsatilgan tintuv qarorida uning o‘g‘li 35 yashar Laziz Turg‘unov ismi sharifi ko‘rsatilgan. Shuningdek, qarorda yozilishicha, hujjat qaysidir fuqaro Erkinov Muhammadaminga qarshi Jinoyat kodeksining 244-2 moddasi bo‘yicha ochilgan jinoiy ish yuzasidan rasmiylashtirilgan.

Turg‘unov, o‘g‘lining bu shaxsga nima aloqasi borligi, nima asosda tintuv qarori chiqarilgani tushuntirishlarini talab qila boshlaydi.

“Shunday deb turganimizda, chetda turganlardan bittasi yugurib keldida, meni chetga tortib. “Uzr. Nariyog‘dan bizga telefon qilishdi. Shunga, dedi uzr. Anaqa qildik dedi. Hullas tintuv boshlanay, deb turganida to‘xtatildi” deydi Turg‘unov.

U qarordan nusxa berishlarini so‘ragan. Qanday tushunmovchilik bo‘lishi mumkin. Qarorda uning uy manzili, o‘g‘lining ismi sharifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Biroq unga hujjat nusxasini berishmagan. 

“Bu gaplarning endi ahamiyati yo‘q. U yoqdan “otboy” qilishdi deb, ketvorishdi” deydi Turg‘unov. 

Huquq faolining tag‘in bildirishicha, o‘g‘li orqali unga bosimlar yangilanishi mumkin. Bu bejiz emas. Chunki uning o‘g‘li Laziz Turg‘unov, u tashkil qilayotgan “Inson huquqi faollari uyi” ta'sischilari qatorida ham faoliyat yuritmoqda. 

“Asli ko‘p ishlarni o‘g‘illarim bilan birga boshlaganmiz. Bir necha bor ular qo‘shni davlatlardagi seminarlarga borib kelishdi. Keyingi paytlarda ishlarim ancha yurishganday edi. Bundan avval Maxsus ma'ruzachi bilan uchrashdim. Siyosiy mahkumlarning oqlanishi, reabilitatsiyasi yuzasidan ancha ishlar qilindi. O‘zi shunaqa bo‘ladi odatda. Sal ishing yurisha boshlasa, bu yoqdan qitmirliklar ham boshlanadi” 

Turg‘unovning Eltuzga tag‘in bildirishicha, aprelning dastlabki kunlarida, ayni podpolkovnik unga tez tez telefon qilgan. Qaerdaligini bilmoqchi bo‘lgan. Biror yoqlarga chiqib ketib qolmasligini so‘ragan.

Qamoqlarda toblangan faol

Shu kunlarda yana o‘zbek kuchishlatar tizimlari diqqat e'tiborida qolaëtgan A'zam Turg‘unov   dunëga tanilgan siësiy faoldir. 2019 yilda qarorgohi Pragada joylashgan People in Need (“Muhtoj odamlar”) xalqaro inson huquqlari tashkiloti A'zam Turg‘unovni “Adolatsizlik hikoyasi” xalqaro mukofotiga loyiq deb topgan edi. 

 «Adolatsizlik hikoyasi» mukofoti «totalitar rejim tomonidan ta'qib etilgan shaxslarga» berib kelinadi.

A'zam Turg‘unov prezident Islom Karimov davrida kasbiy faoliyati uchun qamalib diktator  o‘lgandan so‘nggina ozod etilgan taniqli siësiy arboblardan  biridir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 december 2025
2025 yil davomida ham O‘zbekiston mahalliy boshqaruv rahbarlari — hokimlar — tez-tez almashtirilganini kuzatdik.  Bu tendentsiya ayniqsa oxirgi yillarda ...
9 may 2016
GM Uzbekistan shirkatiga aloqador yuqori mulozimlar uzoqlikka yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqda. Avtosanoat ishi bilan bog‘liq ikki MXX mulozimi ...
25 february 2019
«O‘tgan ikki yil mobaynida O‘zbekiston siyosiy elitasining tashqi ko‘rinishi o‘zgardi. Elita avvalgidan ochiqroq, aholi bilan yangi aloqalar o‘rnatishga tayyor, ...
11 october 2016
«O‘zbekistonda chiqish vizasini bekor qilishga da'vat» deya nomlanib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida Shange.org ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilingan petitsiya, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...