Asosiy mavzular
8 august 2022

Istanbulda Jahongir Otajonovning shaxsiy mashinasi o‘g‘irlab ketildi

O‘zbekiston va Markaziy Osiëda tanilgan 44 yashar pop qo‘shiqchi va siësiy faol Jahongir Otajonovning Turkiyadagi shaxsiy mashinasi o‘g‘irlab ketildi.

Eltuz tasarrufidagi mavjud videokuzatuv kadrlarida 30 iyul tongi 3 dan 2 daqiqa o‘tganida ikki nafar kapyushon kiygan jinoyatchi Reno mashinasini ugon qilgani aks etgan.

Istanbuldagi Alibeyko‘y mahallasidagi ofis oldida Otajonovga oid ikkita mashina turgan. O‘g‘irlik Ayyub Sulton (Eyüp sultan – çırçır mahallesi dönmez sokak no:60) qarshisida yuz bergan.

O‘tkan yili ayni shu manzilga jinoyat olami vakillari kelib_ «siësatga aralashma» deya Otajonovga tahdid qilishgan edi. O‘g‘rilar atay Renoni nishonga olishgan. Talonchilar Otajonovga tegishli Mersedes mashinasini ochib ichidan kalitni olib Otajonovlarning 2017 yilda ishlab chiqilgan Reno mashinasini o‘g‘irlab ketishadi.

Bu avtomobilning Turkiya bozoridagi narxi taxminan 20 ming dollar. O‘zbekiston rasmiylari Otajonovga mamlakatdan chiqish taqiqi qo‘ygani bois, Jaxongir Turkiyadagi mol mulkini tasarruf qilish huquqidan mosuvo qolmoqda.

Otajonovning to‘ylar va boshqa tadbirlarga chiqishiga yashirin taqiq mavjud. Chunonchi, uning o‘tkan xafta Urganch muzeyidagi kontserti ham «sirli mulozim»lar tarafidan taqiqlandi.

Eltiuz.com

Tag‘in o‘qing
5 september 2025
So‘zboshi Roman muallifi — tanikli turk tilshunosi Professor Axmad Beyjon Erjilosun turk dunyosida nomi chikkan olimdir. U Sovet Ittifokida ...
15 october 2015
Bundan bir qancha muddat avval Farg‘ona viloyatiga bosh vazir kelishi munosabati bilan paxta dalalarida terilgan paxta qayta chanoqlarga yopishtirib ...
21 october 2020
Qashqadaryoning G‘uzor tumanida 21 oktyabr kuni oylik maoshlari berilmaganidan norozi GTL ENTER ENGINEERING kompaniyasi ishchilari g‘alayon ko‘tarishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ...
12 september 2016
«Oila davrasida» gazetasi (08.09.2016) bugungi O‘zbekistonning oddiy aholisini eng ko‘p o‘ylantirayotgan muammolardan biri – bank plastik kartasi orqali moliyaviy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...