Asosiy mavzular
10 october 2022

«Spark» egasini o‘ldirib yoqib yuborgan jomboylik giyohvandfurushlar qamaldi

Samarqand shahrida yashovchi Safarov Aminjonni bolg‘a va tesha bilan urib o‘ldirib murdasini uning Spark avtomobiliga qo‘shib yoqib yuborgan jomboylik 3 nafar erkak sud hukmi bilan uzoq muddatga qamaldi.

Jizzax viloyat prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 2021 yilning 22 dekabrida sodir bo‘lgan.

28 dekabr kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tuman Ichki ishlar bo‘limiga Mirzabuloq mahallasi Nayman qishlog‘idagi Abdumajid Abdug‘affor Fermer xo‘jaligi dala maydonidan yonib ketgan holda zovurdan topilgan davlat raqami bo‘lmagan Spark avtomashinasi topilgani haqida xabar kelib tushgan.
G‘allaorol tuman prokurori Samandar Razzoqovning tezkor IIB xodimlaridan iqtibos keltirib bildirishicha, yonib ketgan oq rangli Spark avtomobili ichidan noma'lum shaxs murdasi topilgan. Shu kunning o‘zida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlariga kirishilgan.

Jizzax viloyat huquq tartibot vakillar, sud, prokuratura va ichki ishlar tergov xodimlaridan iborat guruh tomonidan o‘nlab tergov taxminlari ishlab chiqilgan va surishtiruv ishlari olib borilgan.

Natijada Spark avtomobili egasi Samarqand shahar, Zarafshon mahallasi, Muruntov ko‘chasi 5 uyda yashovchi, Aminjon Safarov ekani aniqlangan.

Jizzax viloyat prokururaturasi katta tergovchisi Otajon Qodirovning matbuotga bildirishicha, voqeaga giyohvand moddasi oldi sottisi sabab bo‘lgan.

2021 yilning oktyabr oylarida maqtul Aminjon Safarovga 290 gramm marixuana moddasini 500 dollarga sotgan 32 yashar Abdullaev Akmal pulini so‘raganida bermagan va yana so‘ragan taqdirda tegishli idoralarga xabar berishini aytgan.

Shundan so‘ng A. Abdullaev qarzini bermagan A. Safarovni o‘ldirish rejasini tuzadi bunga hamqishloqlari Bahoev Yashin va Qodirov Elmurodlarni jalb qiladi.

Ular 2021 yilning 22 dekabrida Safarov Aminjonga qo‘ng‘iroq qilib, giyohvandlik vositasi taklif qilishadi. Uchrashuv uchun Samarqand viloyati Jomboy tumani Qoraariq qishlog‘idagi soy bo‘yi tanlanadi.
Safarov o‘zining Spark rusumidagi mashinasida voqea joyiga yetib keladi. Va u yerda uni uchovlon bolg‘a va teshalar bilan urib o‘ldirishadi.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyat izlarini yashirish maqsadida Safarovning jasadini uning avtomombiliga joylab G‘allaorol tumaniga olib kelishadi. Mashinani Zovurga ag‘darib yoqib yuborib, avtomobilning davlat raqamini yashirib, uchovlon voqea joyini tark etishadi.

Sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, Safarovning o‘limi uning hayotiga tahdid soladigan ochiq yuqori va pastki jag‘ suyagi sinishi jarohati, qattiq jism ta'sirida yetkazilgan zarba natijasida yuzaga kelgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax sudining 2022 yil, 14 iyundagi hukmi bilan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda jinoyatga qo‘l urgan Akmal Abdullaev, Yashin Vafoev, Elmurod Qodirovlar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97 moddasi 2 qismi, 164 modda qismi 3 qismi d bandi va boshqa moddalar bilan aybli deb topilib jazo tayinlandi.

Abdullaev Akmal 20 yil, Vafoev Yashin 19 yil, Qodirov Elmurod 16 yil ozodlikdan mahrum etildi. Aminjon Safarovning uch nafar farzandi yetim qoldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 october 2015
Bugun ertalab taksida ishga ketayotgan mahalimda,meni qitmirligim ishga tushib hukumatni va siyosatni maqtashga tushdim. Shu mahal taksi haydovchisi menga ...
30 september 2023
Eltuzga kelib tushgan anonim maktubda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta'minlash departamentidagi korruptsiya va noto‘g‘ri boshqaruv haqida so‘z boradi.Departament ...
22 october 2022
Muxbir: To‘liq asarlar to‘plamingiz chiqayotgan ekan. Adashmasam, 9 tom. Bu juda katta hajm! Men hursand bo‘ldim. Turklar buni «Kulliyot» ...
27 july 2019
O‘zbekistonda keng urchigan poraxo‘rlik mavzusi rassom Elsevar talqinida. Rassom Elsevar 2016 yil 20 yanvar Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...