RTdan va'z: Gap moshda emas boshda
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
MS: Tuz og‘a, O‘zbekistonda “NIMA QILISh KYeRAK?”
RT: Nima qilmoq kerak «Chto delat?» bu masalaning ruscha qo‘yilishidir. Rus bloggeri Nikolay Gavrilovich Chernыshevskiy «Chto delat?» degan asarini 1863 yili Petropavlovsk qamog‘ida o‘tirib ëzgan edi.
Bilgichlar bu qissadan ikki xil hissa chiqaradi. Birinchi xulosa, “Rossiyada boshqa bunday yashab bo‘lmaydi va qutulishimiz uchun nimadir qilishimiz kerak» degan xulosa.
Ikkinchi hulosa esa “Nima ham qilardik, botgan botqog‘imiz shu” degan pessimitik kayfiyat.
Har holda bu qissa Rossiyaliklar zehniyatini o‘zgartirib, ularni 17-yildagi to‘ntarishga eltgan hamirturush o‘laroq ham ko‘rinadi.
1917 yil to‘ntarishi oqibati Rossiya davlatchiligi uchun saodatmand bo‘lmagani ham aniq.
MS: O‘rislarni qo‘ying Tuz og‘a. Botajoq yerina botib bo‘ldi vula. Masalan, amerikaliklar nichik yo‘l tutadi?
MS: Bu masalada amerikaliklarning tutumi boshqa. Amerikaliklar muammoni “NIMA QILMASLIK KYeRAK?” degan tarzda qo‘yib samarali hal qilishadi.
“Erkinlikni cheklamaslik, odamlarni kamsitmaslik, matbuotni nazorat qilmaslik, sudlardan mustaqillikni olib qo‘ymaslik” tarzida qo‘yib, muammoni islohot o‘zaniga burib hal qilishgan.
MS: Balki bizaram O‘zbekistonda “NIMA QILMASLIK KYeRAK?” degan amerikacha savol javobini o‘ylab ko‘rarmiz?
RT: Menimcha boshqaruv elitasi deb atalgan to‘daning quli bo‘lmasligimiz va erkinlikka intilishimiz kerak.
Agar mening bu fikrlarim malol kelgan bo‘lsa uzr. Chernыshevskiyning «Chto delat? deb nomlangan asari finalidagi gapga men ham qo‘shilaman.
«Agar gaplarimiz malol kelsa, indamay ham o‘tira olamiz».
Bu gaplardan 45 yil o‘tib Rossiya podshosi Nikolay va uning oilasi bolsheviklar tarafidan otib o‘ldirildi.
MS: Qadim zamonloda o‘risni yurtinda nadiyan zo‘r ëzg‘uvchila bo‘lg‘on. «Ëzg‘uvchilik» haqqinda aytib baring. Navchun bizada yo‘q buyuk ëzg‘uvchilar?
QORA FON
RT: Sovet paytida haqiqiy ëzg‘uvchilarning shedevr asari «chet elda bosilar» va «chet elda o‘qilib» ëzg‘uvchi mashhur bo‘lardi. Ularning mashhur bo‘lishini ikki omil kafolatlardi: birinchidan, Dovlatov, Boris Pasternak kabi «asari chetda bosilgan» ëzg‘uvchilar haqiqatan ham favqulloda talantli edi; ikkinchidan, bu talantli odamlarni yarq etib ko‘rgazadigan dahshatli qora fon bor edi. Bu dunëning oltidan birini egallagan, zambaraklaridagi atomboshlari ana-mana po‘rtillayman deb turgan jaholat imperiyasi – SSSR edi.
Shu ikki omil bois bu ëzuvchilarni dunë o‘qidi. (O‘shandayam o‘zbek nosirlari ëzgani To‘ytepadan nariga o‘tmagan. Holbuki, armani, gurji va boltiqbo‘yi ëzg‘uvchilari asarlari dunëga mashhur edi.)
MS: Kitob chiqorip selfi tushganlar kim unda?
RT: Bugun o‘zbek tilini zo‘rg‘a biladigan, na ingliz va na ruscha o‘qimaydigan «mardumi g‘ofil» «binnasalarni ëzib», qattiq va (negadir oq rangli) muqovada enasining pensiya puliga 500 dona bostirib, «ol ana ro‘mon jozib tashadim» deb, ko‘krak kerib o‘tiribdi. Bu «ëzg‘uvchi»ni bir qora kunda tug‘iliboq o‘lgan deya bemalol atasak bo‘ladi. «Nega ëzding?» deb so‘rasam, kafedradagi Sharapat apam «Ëz. Talantni go‘rga obketma» deb aytuvdi, deydi. «Nima haqda ëzding?» degan savolga javobi aniq: «Baribir hech kim o‘qimaydi. Qattiq oq muqovasi ochilsa, ichida yaxshi tikilmagan varaqlar to‘kilib ketadi. Enam ko‘ziga surtib, salafanini ham ochmay, tokchaga qo‘yib qo‘ydi. Boshqalar ham shunday. Eng muhimi «kitob chig‘ordi» deb selfiga tushsam bo‘ldi».
MS: Bu «ëzg‘uvchi»ning kitobini nafaqat chet elda, balki To‘ytepada ham hech kim o‘qimaydi. Chunki «ëzg‘uvchi nol» o‘qig‘uvchi esa «harp tanimaydi»
RT: Achchiq haqiqat shuki, bugun dunëi dunda hech bir o‘zbek ëzg‘uvchisi asari o‘qilmayapti. Tolstoy o‘qilyapti, Dovlatov, Kafka, Pomuq, Xaruki Murakamini o‘qishyapti. Kitoblari sotilib turibdi. Ishonmasangiz – mabodo xorijga yo‘lingiz tushsa, ëki hoziroq Seul, Istanbul, Moskva, Stokxolm va boshqa xolmlarda bo‘lsang‘iz – shahar markazidagi kitob do‘konig‘a kiring. Agar bitta o‘zbek ëzg‘uvchisi kitobi sotilaëttanini ko‘rsangiz, kuëvligimda qaynanam ustimga ëpgan paxtali to‘nimni yechib, sizga padarka qilaman.
O‘zbekistondagi sharapat opalar, iltimos, hech bir mardumga «ëz» deb aytmanglar. Daraxtlarga achininglar…
MS: Neujeli hech kim yo‘q? Kim aniqlaydi kim zo‘rligini?
RT: Professional proza dunësining o‘z tosh tarozisi bor. 1901 yildan beri adabiët bo‘yicha Nobel mukofoti berib kelinadi. Ramber mukofoti bilan 1898 yildan beri nosirlar siylanadi. Gonkur sovrini (1903) «Femina» (1904), Shiller mukofoti (1905), Ispaniyadagi Fastenrata (1909), Pulittser mukofoti. AQSh (1903)- yilda ta'sis qilingan. Buker va Kafka mukofotlari ham bor. Bularni olgan o‘zbek ëzg‘uvchisi bormi?
MS: «O‘tkir Xoshimov ëzgan «Baxor qaytmaydi»da Alimardon anuv qizni ezg‘ilagan jayi zo‘r chig‘gan» «Said Ahmadning «Ufq» asarini o‘qib jiladim.
RT: Ey, barakatopkur! «jilab jilab» o‘qiganing har bir matn yuksak proza namunasi bo‘la olmaydi. Roman ëzish uchun hissiët va diddan tashqari kuchli bilim va zakovat lozim. 1918 yildan 1986 yilgacha SSSRda 312 marta 36,085 million tirajda chiqarilgan «Urush va tinchlik» romanini ëzgan Lev Tolstoy frantsuz tilidan tashqari nemis va inglizchani ham mukammal bilardi. Asar Norvegiya kitob klubi tarafidan dunë kutubxonasi durdonasi deya e'lon qilingan. Barcha davrlarning 10 ta buyuk kitoblari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa qo‘yilgan. The 10 Greatest Books of All Time), Bi-bi-si tuzgan dunëning 200 kitobi ro‘yxatida yigirmanchi o‘rinda turibdi. (ingl. The Big Read)
Menga «palon o‘zbek ëzg‘uvchisi kitobini o‘qig‘aningizda bundaychikin gapdi qilmasding‘iz» deb ta'na qilishdi. O‘zbek prozasi degan g‘arib kulbada nima musor bo‘lsa hammasini o‘qiganman. O‘qiganim uchun ham muqoyasa qila olaman. «O‘zbek adabiëti zo‘r bo‘lsa nega o‘lik» deb ham aytmayman. O‘lish uchun tug‘ilish kerak oldin. Tirik narsa o‘ladi. Ëzuvchi ëzishdan oldin laoqal o‘zi ëzmoqchi bo‘lgan tilni bilishi kerak. Saviya bo‘lishi kerak. Ëstiqday kitob chiqargan toshkentlik ëshi katta ëzg‘uvchi men bilan suhbatda «moshkichiri yemaganlarga achinaman» devdi. Ëzg‘uvchi O‘zbekistondan boshqa yerda mosh yo‘q deb o‘ylaydi. Xolbuki mosh tiqilib ëtibdi. Ammo gap moshda emas. Gap boshda. O‘sha boshida aytganim gap. Proza dunësining o‘z tosh tarozisi bor.
Halimaning ong osti istagi
MS: Telegram kanali foydalanuvchilarinnan biri qiziqchi Halimani so‘kingan audiosini chiqarib, uni o‘zbek ayolina xos bo‘lmag‘an shallaqi dab ayblabdi.
RT: Tuzning bunga javobi shu: Eltuz politsiya de moralo emas. O‘zim oddiy haëtda Halimadan o‘n marta ko‘p so‘kinaman.
O‘rtacha statistik o‘zbek erkagi bir sutkada 30 marta «onangni…» deb so‘kar ekan. (regioniga qarab oyingni, opangni, buvingni, enangni, chechangni va achangni deya ishlatiladi)
Masalan, bitta yigit mix qoqaëtib bolg‘a toyilib ketsa ham, «onangni binnasa qilay…» deydi.
Selektor majlislari, prorab budkalari va har qanday korxona yig‘ilishida rahbar erkak (ba'zan xotinlar ham) o‘z qo‘li ostidagilarni bir-bir onasini so‘kib chiqadi.
Ba'zan qari onaning o‘lgan bo‘lishi inobatga olinib, «onangning go‘riga jinsiy aloqa qilay…» deb ishlatiladi.
Qurilish bo‘laëtgan joyda prorabning budkasi bo‘ladi. Bitta konteyner uy. O‘sha joyda ertalab «staff miting» bo‘ladi. O‘sha joyda ëmmon so‘kiladi lekin. Bu shunday jaraën. Boshqasini o‘ylab topishmagan. Polshadagi qurilish maydonidagi budkaga kirib, telefon zaryad qildim. Yarim soatda prorab 50 marta «kurva», deb baqirdi. (Jalap degani bu kurva)
MS: Yo‘qay! Amerikalarni budkasindam shu gapmi?
RT: Nemisning budkasiyam shu.
Bugun o‘zidan «farishta» yasab olganlar qiziqchi Halima so‘kindi deb turib o‘zlariyam so‘kinib qo‘yishmoqda.
Halimani ayblaëtgan so‘zamol, aqlli taqsirlarning izohlaridagi uyat so‘zlar son-sanoqsiz.
Bu so‘kishlarni doimo ishlatadigan artist aël Halimaning navbatdagi haqoratli monologi tarmoqqa tarqab idorada muhokama qilinganida bu xonim «so‘kish bu so‘z yasovchi qo‘shimcha» deb o‘zini oqlagan edi.
Psixolog Freyd nazariyasiga ko‘ra bu holat «ong osti istagi» deb ataladi.
NYeGA HAMMA ChOH QAZIYDI?
Ishi, kasbi bor va pul topaëtgan odamning qiziqchi Halimaga xat ëzishga vaqti ham, ishtiëqi ham bo‘lmaydi. Pul topmaydigan bekorchi, yaxshi ovqatlanmaganidan raxit bo‘lib qolgan pajmurdalar tarmoqda o‘tirib, «mashhurlarga» ëzadi.
Mashhurlar ham, «bor yo‘qol» deb, bir aytadi¸ ikki aytadi. «Dovodit qilinsa», keyin so‘kib beradi. Xuddi shu so‘kishni ëzib olib, o‘zidan «avrat qorovuli» yasagan irkitlar bu audiioni elga tarqatadi.
O‘zbekistonning bugungi kuni haqida bir-biriga potentsial dushman bo‘lgan va bir-birini shantaj qilishga tayër o‘n millionlar degim keladi. O‘zini do‘st deb atagan kimsa ham, siz bilan telefonda gaplashsa, albatta ëzib oladi. Mesenjer ëzishmalari va SMSlarni skrin qilib qo‘yadi. Agar mabodo telefoningiz birovning qo‘liga tushib qolsa, o‘sha birov jigaringiz bo‘lsa ham, ichidagi sizga qarshi ishlatish ehtimoli bo‘lgan rasm va infolarni kopiya qilib, o‘ziga o‘tkazib qo‘yadi. Aka ukaga. Kelin qaynanaga. Er o‘z xotiniga va do‘st do‘stga qarshi donos yig‘adi. Maktab bolasi ham o‘qituvchi koyiganini telefonga ëzib oladi. Uchrashuvga chiqqan qiz ham sovchilikka borgan xolalar ham tinimsiz bir-birini «zapis» qiladi.
Ba'zi xotinlar esa to‘shakda eriga berganini telefonga olib qo‘yadi. «skrinlarni yuboraymi?» deb shantaj ohangida gapirish bularning qon-qoniga singib ketgan.
Odatda urush bo‘laëtgan paytda shunaqaga yaqin holatlar kuzatilgan. O‘zbekistonda urush bo‘laëtgani yo‘q-ku. Nega hamma bir biroviga choh qaziydi?
MS: Bir ertak oytib baring indi.
Erte
Bir do‘latti poshshosi vazirlik tuzishga ishqivoz ekan. Shunday vazirliklardan birining oti «ko‘knori vazirligi» ekan. Buning ëniga nasha, geroin, lirika, tramadol, kokain, morfin kabi o‘nlab vazirliklar qo‘shilibdi. Qoidaga ko‘ra, eng uchiga chiqqan bangilar vazir bo‘lar ekan. Bir kuni Moliya vaziri bilan Hazina vaziri ularning ortidan iqtisod¸ qog‘oz pul va chaqa vazirlari poshshoning oldiga kelib shu narkotik sektordagi o‘nta vazir yaxshi ishlamayapti. Shuni tarqatib bitta qisak deyishibdi. Poshsho rozi bo‘lib bittasini qoldiringlar debdi. Vazirlar qaysi birisini deb so‘rashibdi. Poshsho ularga qarab “Hammasini bir xonaga yig‘ing. Kayf qilib o‘tirishsin. Keyin o‘t qo‘yib yuboring. Kim qochmasa o‘sha vazir bo‘ladi” debdi.
Narkotik sektoridagi 10 ta vazir uzun qisqa bo‘lib kelishibdi. Bittasi tomiriga urdi. Bitasi xidladi. Bittasi chilim chekdi. Xullas o‘tirishibdi vazirlar qiyshayib kayf taraq. Qo‘lllarida bloknot. Shu payt shotirlar kelib, xonaga o‘t qo‘yvoribdi. Vazirlarning kayfi tarqab qochib keta boshlabdi. Bittasi bo‘lsa suzilganicha o‘tiraveribdi. Dunëni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan xilidan edi. Shotirlar ko‘pik sepib o‘tni o‘chirishibdi. 9 ta vazir ishdan olinib, barcha narkotik vazirlari birlashtirilib bitta vazir bo‘libdi.
Qog‘oz pul, bankomat, chaqa va sariq chaqa vazirliklari xursand bo‘lishibdi. Iqtisod, moliya, cho‘ntak va poshsho oilasi cho‘ntagi vazirlari bundan sevinibdi.
Ammo ishsizlik, qashshoqlik, sovuq uy, chiroqsiz ko‘cha, uyqusizlik va uysizlik vazirlari esa xafa bo‘lishibdi. Chunki ishsiz qolgan bu 9 bangi ularning ixtiëriga o‘tgan edi.
+++
Erte tugadi. Endi siyib kelib, ishi borlar ishiga, o‘qishi bor o‘qishiga borursin. 120 vazir soyasidagi do‘latda bugunam, ertagayam tinchlik bo‘ladi.
Jaholat, xabarsizlik va bilimsizlikdan esa qo‘rqoqlik kelib chiqadi. Bularning nikohidan esa mutelik tug‘iladi.
Mutening tomirida faqat qullik qoni oqadi.
MS: Kanaldagi komentlarimizni rassom Tuz navchun o‘chiradi, bizani chyorniyga diqisha na haqqi bor uni, demokratiya qani dab yozibdila odamla. Shu gaplara na diysiz?
RT: Keyingi bir hafta ichida men blok qilganlar joxil, qo‘rqoq va mutelar edi.
Ular ëzgan aji-buji kalaka–malyakalarani o‘chirib tashlasam, “Demokratiya bu bizning ham so‘z erkinligimi bor” deb haq talab qilishdi.
Javob shu. Sizlarda hech qanday haq huquq yo‘q.
Quturgan itda qopish huquqi bo‘lmagani kabi.
Sizlarning eng so‘zamol eng biyroningiz ham militsiyaning oddiy serjanti oldida tili tutilib ënidagilarni sotishni boshlab yuboradi.
Millionta isbotimiz bor.
Eng kattangizdan tortib, eng maydangizgacha bir-biringizga qarshi ko‘rsatma ëzgansiz.
Bu ko‘rsatmalar turibdi joyida. Bulgakov aytgandek qo‘lëzmalar ënmaydi.
Bularga qarab, Rauf Parfi aytgan satrlar mana bu:
Oqni qora deysan tillani temir
Nohaqsan sarqitni osh deb urasan
Karmisan? Ko‘rmisan? Nimasan axir.
Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!
Rassom Tuz
