Asosiy mavzular
21 november 2016

Dastur bor, munosib mehnat yo‘q

«Xalq so‘zi» gazetasi (19.11) O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki ishtirokida mamlakatda Munosib mehnat dasturining amalga oshirilishi holati va istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilganini xabar qildi.

Maqolada O‘zbekistondagi Munosib mehnat dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangani ma'lum qilinadi.

Maqola aholiga munosib mehnat shart-sharoitlarini yaratish bo‘yicha qonunchilik asoslari mustahkamlanayotgani, ishchi-xizmatchilarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqlarini ta'minlashda qator natijalarga erishilayotgani kabi umumiy gaplardan iborat.

Agar adashmasak, mazkur dasturda qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta xomashyosi yetishtirish sohasiga oid masalalar ham kiritilgan. Masalan, Xalqaro mehnat tashkiloti bu sohadagi majburiy mehnatni bartaraf etish masalasini ko‘ndalang qo‘yayotgani, Jahon banki esa har bir viloyatdan bittadan tumanda o‘z monitoringini tashkil etgani haqida ma'lumotlar bor.

Tabiiyki, maqolada bu masala yuzasidan birorta arzirli gap yo‘q. Faqat undan «hukumatimiz tomonidan 2016-2018 yillarda qishloq xo‘jaligidagi xodimlar mehnat sharoitlari, bandligi va ijtimoiy himoyasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlanib, amaliyotga tatbiq etilayotgani»ni bilib olishimiz mumkin, xolos.

Eng e'tiborlisi, maqolada «xalqaro tashkilotlar vakillari mamlakatimizda XMT konventsiyalari ijrosi doirasidagi ishlar va O‘zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan olib borayotgan konstruktiv aloqalarini ijobiy baholagani» ta'kidlanadi.

O‘zbekiston XMTning majburiy mehnat va bolalar mehnatiga oid konventsiyalari talablarini muntazam buzib kelayotgan, xususan, joriy yilda ham paxta yetishtirish tarmog‘ida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan keng foydalangan bir paytda ijobiy baholash to‘g‘risida qanday gap bo‘lishi mumkin?

Balki «Xalq so‘zi» yana o‘z mushtariylarini aldadimikin?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 march 2020
2020 yildan O‘zbekiston paxtaga davlat buyurtmasidan voz kechadi. Prezident Mirziyoev farmoniga ko‘ra, 2020 yil hosilidan boshlab viloyatlarning paxta yetishtirish ...
9 september 2021
6 centyabrdan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili boshlandi. Ayni paytda viloyatlardan poytaxtga kelib o‘qiyotgan talabalar uchun turar-joy ...
25 january 2022
Toshkentning barcha hududlarida elektr energiyasi o‘chgani sababli Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida vaqtinchalik metro harakati to‘xtadi. Hozircha mobil aloqa ishlamoqda. ...
7 december 2025
1941 yilning 7 dekabr kuni (mahalliy vaqt bilan 8 dekabr) fashistlar Germaniyasiga ittifoqchi bo‘lgan Yaponiya Amerika Qo‘shma shtatlarining Pyorl-Xarbor ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...