Asosiy mavzular
10 january 2023

Davlatga «hiyonat qilgan» zam.hokim nega qamoqdan qo‘yvorildi?

Rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, yetti yarim yilga yilga qamalgan Jizzax zamhokimi va sheriklari muddatidan oldin shartli ozod qilingan.

(Agar bu ma'lumot noto‘g‘ri bo‘lsa, GUIN ya'ni – Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi raddiya berishi mumkin)

2021 yilning dekabrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov va uning sheriklari ishi yuzasidan hukm o‘qigan edi.

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati tarqatgan ma'lumotga muvofiq, sud sobiq zamhokim Akram Rahmonqulovni mamlakat Jinoyat kodeksining yettita moddasi bir qancha bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topib, unga nisbatan 7 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida (111 million 500 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan edi. Shuningdek, u “2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum” qilingan. Mazkur ish yuzasidan qolgan 26 nafar sudlanuvchiga nisbatan esa turli miqdordagi jarima jazolari qo‘llanilgan.

2021 yilning 10 yanvar kuni Jizzax shahrining “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida qurilayotgan 6 qavatli uylardan biri hech bir tashqi ta'sir yoki tabiiy ofat oqibatisiz qulab tushgan, hodisani o‘rgangan hukumat komissiyasi bu ishda javobgarlikni Jizzax viloyati hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosariga yuklagan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yilning 15 yanvar kuni Toshkentning Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida Jizzaxda ko‘p qavatli uy qulashi uchun javobgar bo‘lgan hokim o‘rinbosari va uning komandasi “prezident siyosatiga xiyonat qilgani” va javobgarlikka tortilishini aytgan. Prezident Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga vaziyatni nazoratga olish va ularga nisbatan chora ko‘rish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Mazkur ish bilan shug‘ullangan Bosh prokuror 2021 yil aprelida “tergovda Rahmonqulovga tegishli korxonalarda 12 mlrd so‘m, Jizzax shahridagi Eski shahar buyum bozorida qurilgan 172 ta savdo do‘koni, ko‘p qavatli uylarda 14 ta xonadon, 43 ta avtomashina, 37 ta boshqa ko‘chmas mulklar borligi aniqlanib, zararni undirish uchun xatlandi. Hozirda Rahmonqulov va uning 10 nafar jinoiy sheriklari qamoqqa olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deya bayonot bergan edi.
Asnoda, shuncha jinoyat qilgan zamhokim ikki yilda chiqib keladimi? Davlatga va prezidentga xiënat qildi, degan gaplarning zalvori qani? degan savollar tug‘iladi. O‘z navbatida Eltuz bu savollarning javobini qidiradi va bu yuzadan tomonlarning munosabatini kutadi. Bizni kuzatib boring. Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
3 february 2021
Joriy yilning 30 yanvar kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan yutubdagi «Xalq fikri» ...
8 january 2026
20 mingga yaqin  noqonuniy yo‘llar bilan umraga yuborib anjanchasiga kiydirgan 13 aprs din tujjori qamag‘da. 42 yashar anjanlik xotin  ...
25 december 2025
Assalomu alaykum Eltuz. Biz Buxoro shahri Shayxon mahallasi aholari tomonidan murojaat yo‘llayapmiz. Mahallamizda bolalar maktab va bog‘chaga, kattalar esa ...
22 january 2023
Joriy yil boshida sobiq jismoniy tarbiya va sport vazirligining  bir nechta yuqori mulozimi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining  167-moddasi 3-qismi, «a» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...