Asosiy mavzular
12 april 2023

Ozodbek Nazarbekov o‘z mansab vakolatlarini suiste'mol qilayaptimi?

Shu kunlarda tarmoqda ochiqlangan bir qancha hujjatlar O‘zbekiston madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov shaxsining manfaatlar to‘qnashuvi ostida qolayotganini, yana ham aniqroq aytsak, o‘z mansab vakolatlarini su'iste'mol qilayotganini ko‘rsatmoqda.

Gap shundaki, korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestrining 2023 yil 23 mart xolatiga ko‘ra O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov — «BEST ORGANIZER» MChJning 42 foiz ulushiga egalik qiladi.

Aftidan, janob Nazarbekov O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq mamlakatda davlat xizmatchilariga tadbirkorlik muassisi bo‘lish taqiqlanganidan yo xabari yo‘q, yoki buni bilib turib bilmaslikka olmoqda.  

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan 2022 yil 8 avgustda imzolagan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, davlat xizmatchilariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, ularning muassisi bo‘lish, O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochish va chet elda ko‘chmas mulk olish taqiqlanadi.

Yuqorida tilga olganimiz «BEST ORGANIZER» MChJ teatrlar faoliyati orqali daromad topadi, teatrlar faoliyatini esa Madaniyat va turizm vazirligi tartibga soladi.

«BEST ORGANIZER» MChJning yana bir ta'sischisi, Ozodbek Nazarbekovning biznes sherigi — Dadaboev Ilyos Ibraximovich teatr faoliyati orqali daromad topadigan «ZOLOTOY RAKURS» MChJ (2%) va «Tanovor» MChJning (100%) ta'sischisi hisoblanadi.

Yuqorida nomi tilga olingan va Dadaboev Ilyos Ibraximovich rahbari yoki ta'sischisi bo‘lgan boshqa korxonalarning yuridik manzili bir manzil, ya'ni Toshkent shahri Chilonzor tumani Sharq tongi ko‘chasi 11/1 uy deb ko‘rsatilgan.

Dadaboev Ilyos Ibraximovich bundan ancha yillar avval Ozodbek Nazarbekovning prodyuseri yaqin yillarda esa Madaniyat vazirligining xodimi sifatida faoliyat yuritadi.  

Shuningdek, Dadaboev Ilyos Ibraximovich Ozodbek Nazarbekovning farzandi — Nazarbekov Ja'farbek Ozodbek o‘g‘li bilan ham biznes sherikdir: «ANDTOSH KELEJAK» MChJda Nazarbekov Ja'farbek Ozodbek o‘g‘li 50 foiz ulushga, Dadaboev Ilyos Ibraximovich esa 30 foiz ulushga egalik qiladilar.

O‘zbekiston Madaniyat va turizm vaziriga savol: O‘z mansab vakolatlaringizdan foydalangan holda nomi zikr etilgan shirkatlardan qancha daromad ko‘rgansiz? Ushbu daromadlaringizni rasman taqdim etganmisiz? Sizga biznes bilan shug‘ullanish mumkin emasligidan xabaringiz bormi? 

Eltuz Ozodbek Nazarbekov javoblariga ochiq ekanligini ma'lum qiladi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
31 october 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Ukam, men ko‘pni ko‘rgan, siz eslasangiz kerak Tojikistonda bo‘lgan urushni. Men o‘shanda Dushanbeda bo‘lgan, bir tomonda ...
5 november 2019
Deputatlikka nomzodini qo‘yishga uringan, biroq rad etilgan shahrixonlik shifokor Otabek Ahliddinovning saylovni tanqid qilgani uchun unga bosim bo‘layotgani haqidagi ...
5 april 2021
Muhtaram o‘quvchi, sizga bundan 38 yil oldin yuz bergan voqealarni gapirib beryapman. 38 yil oldin Ahmadshoh Mas'udning yashirin istehkomlaridan ...
17 december 2023
Klaster «saltanati»dagi fermerning uyushma tuzishga haqqi yo‘qmi? O‘zbek sudi uyushma tuzgan fermerlarni jazolaydigan klasterning «Ur to‘qmog‘i»mi? Bu savollar javobini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...