Asosiy mavzular
2 may 2023

IShID yetakchisi Al Qurayshiy o‘ldirildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kuni kechqurun Turkiya razvedka kuchlari tomonidan “Islomiy davlat” guruhi yetakchisi Abulhusayn Al-Qurayshiy (yoki Al-Qurayshiy) o‘ldirilganini ma'lum qildi. 

Turkiya prezidenti «TRT Turk» kanaliga bergan intervyusida “bu shaxs o‘tgan kuni Turkiya Milliy razvedka tashkilotining Suriyadagi amaliyoti chog‘ida o‘ldirilgan”,  dedi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, turk xavfsizlik kuchlari Abulhusayn Qurayshiyni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgandi. 

Suriyadagi xavfsizlik va mahalliy manbalar, bu operatsiya Suriya shimolida joylashgan, Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan isyonchi guruhlar nazorati ostidagi Jandarish shaharchasida bo‘lib o‘tganini bildirmoqda. 

Reyters axborot agentligining ushbu shahar aholisiga tayanib xabar berishicha, to‘qnashuvlar shanba kuni kechqurun boshlangan va bir soat davom etgan va nihoyat portlash ovozi bilan tugagan.  Shundan so‘ng xavfsizlik kuchlari odamlar yaqinlashmasligi uchun hududni o‘rab oldi. 

IShID 2022-yil noyabrida Suriya janubida guruhning avvalgi rahbari o‘ldirilganidan keyin Al-Qurayshiyni o‘z rahbari etib tayinlagan edi. 

2014-yilda “Islomiy davlat” ekstremist guruhi Iroq va Suriyada katta hududlarni egallab oldi va sobiq yetakchi Abu Bakr Al-Bag‘dodiy o‘zini “xalifa” deb e'lon qildi. 

Iroq va Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchlar hamda Suriyada Eron va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kuchlarning hujumlaridan so‘ng IShID bu hududlardagi nazoratini yo‘qotdi. 

Ammo, aytilishicha, bu guruhning minglab tarafdorlari hamon Suriya va Iroqning chekka hududlarida yashirinib, kutilmagan hujumlar uyushtirishga qodir. 

AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari kurd kuchlari bilan birgalikda Suriyada IShIDga qarshi kurashni davom ettirmoqda.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
6 june 2022
1922 yilning 6 iyunida Xalq komissarlari kengashi dekretiga ko‘ra, Adabiyot va nashriyot ishlari bo‘yicha bosh boshqarma (Glavlit) tashkil etildi. ...
26 january 2016
O‘zbek rasmiy ruxoniylarini tamsil qilgan nashr har bir fuqaro o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yhatini belgiladi. “Har bir o‘zbek o‘qishi ...
4 july 2016
O‘zbekistonda keyingi o‘n yilda aholiga majburiy singdirilib kelinayotgan naqd pulsiz to‘lov tizimi, hukumatning naqd va elektron pul o‘rtasidagi tafovutni ...
26 november 2023
Shou loyihasidan ko‘rsatuv homiylari, va prodyusserlari bosimi ostida bir necha iste'dodli yoshlar chetlatildi. 12 finalistdan biri bo‘lgan Vlada Kim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...