Asosiy mavzular
31 august 2023

Moskvada elchixona vakili harbiyga chorlov qog‘ozi tarqatdi

Moskvada o‘zini elchixona vakili deya tanishtirgan shaxs o‘zbek migrantlarga harbiy xizmatga chorlov qog‘ozi tarqatayotgani haqida xabar Eltuzga yetib keldi.

Suratdagi harbiy xizmatga chorlov qog‘ozi Moskvadagi Federal Migratsiya Xizmati binosiga borgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga tarqatilmoqda.

Suratni yuborgan Eltuz obunachisining aytishicha, chaqiruv qog‘ozlarini o‘zini “O‘zbekiston elchixonasi vakili” deya tanishtirgan shaxs muhojirlar qo‘liga majburlab tutqazmoqda ekan.

“Imzo qo‘ymasangiz, patentingizni bermaymiz deb qo‘rqitishmoqda. Eng alam qiladigani, bu ishga O‘zbekiston elchixonasidan kelgan ma'sul xodim bosh bo‘lib turganidir. Bu ish uchun elchixona xodimiga O‘zbekiston rahbariyati chora ko‘radi degan umiddaman,” deb yozadi Eltuz obunachisi.

Biroq Eltuz ushbu xabarni o‘z manbalari orqali tasdiqlay olmadi.

Biz O‘zbekiston elchixonasi vakillarining FMS (Federal Migratsiya Xizmati) binosiga borib, muhojirlarni Rossiya qurolli kuchlari safiga chorlashiga ishonmaymiz.

O‘zini elchixona vakili deb tanishtirgan shaxs mehnat muhojirlari ishonchiga kirib, ularni aldov yo‘li bilan urushga yollashga urinayotgan bo‘lishi mumkin degan fikrdamiz.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi Ishlar Vazirligi ushbu xavotirli xabarni o‘rganib chiqadi degan umiddamiz.

Eltuz o‘z ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Videolarimizga layk bosishni, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
6 april 2015
O‘zbekiston Inson huquqlari markazi direktori Akmal Saidov deyarli 20 yildan buyon xalqaro tashkilotlarda Islom Karimovning himoyachisi bo‘lib chiqishlar qilib ...
29 april 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobining davomi. Matnning audioversiyasini muallifning o‘zi o‘qigan. Boshi “Eltuz”ning “Imperativ” ruknida. Davomi bor.) ...
7 november 2016
Ayrim siyosiy partiyalarning nashrlari siyosiy hushyorlikning yorqin namunasini namoyon etdi. «Adolat» partiyasining shu nomdagi gazetasi (4.11) ilk sahifasini saylovchilarni ...
8 august 2018
«Bizdan oldin kelgan ikki etapning ham «lomka»si dahshatli bo‘lgan. Kaltakdan o‘lganlar, bir umrga mayib bo‘lganlar ham bo‘lgan ekan. Birinchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...