Asosiy mavzular
9 september 2023

Ismoyil tabib jamoasi jurnalistlarni do‘pposladi

8 sentyabr kechki soat 17 lar  atrofida Pop tumani Oqtepa o‘rmon bo‘limi 28 konturiga borgan Aspekt 24 jamoasi o‘zidan shifokor yasab olgan – Ismoil tabib oilasi va qarindoshlari tomonidan do‘pposlandi.

Ismoil tabib jamoasi jurnalistlar jamoasini telefon va kameralarini ham tortib olganlar.

Jurnalistlar bu joyga Sarvar Yahyoev ismli shaxsning murojaatini o‘rgangani borgan bo‘lishgan.

O‘zini mazkur yerlar egasi deb tanitgan Ismoil tabib va jamoasi Aspekt 24 operatori va yana bir xodimiga pichoq bilan hamla qilganlar.

Jurnalistlar tog‘ oralab qochib, shifoxonaga yetib borishgan. Jamoaning ikki a'zosi tunni shifoxonada o‘tkazgan.

Tabiblar jamoasi a'zolaridan qanchalik talofat ko‘rilgani haqida Eltuzda ma'lumot yo‘q. Bu taraf fikri hozircha yopiqligicha qolmoqda. Eltuz voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang! 

Tag‘in o‘qing
12 may 2022
Qo‘yin cho‘ntagida O‘zbekiston pasporti bo‘lmagan ammo o‘zbek adabiëti uchun juda muxim siymolardan biri ëzuvchi Hamid Ismoilov. U kishi telegramda ...
12 june 2022
Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanaëtgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilaëtgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston ...
29 may 2023
Oliy Sud qabuliga borgan Eltuz obunachisi Odilbek shikoyat maktubi: “Juma, 26 may kuni Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ...
13 july 2017
15 iyuldan tabiiy gaz, issiqlik va elektr narxlari qimmatlaydi. 21 iyuldan esa suv narxlari ko‘tariladi. O‘zbekiston moliya vazirligi reestriga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...