Asosiy mavzular
19 september 2023

Xonqa hokimi o‘z qo‘l ostidagilari ketiga shampan shishasi tiqmoqchi

Agar Ginnesning qo‘lostidagilarni nafsoniyatiga tegish, g‘ururini toptash, tahqirlash, so‘kinish va urish singari yo‘nalishlarda ham reytingi bo‘lganida edi, g‘oliblikni yaqin yillarda o‘zbekistonlik amaldorlardan hech kim tortib ololmasdi.

Taniqli sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidovning bu borada ajoyib gapi bor: «So‘kinish bu aslida orqadan chiqishi kerak bo‘lgan narsaning og‘izdan chiqishidir».

Ammo navbatdagi so‘kong‘ich qahramonimiz – Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov – taniqli sport sharhlovchisi iborasining butkul teskarisiga oid.

Murodbek Saparboevich – og‘izdan chiqqan narsani orqaga kiritish orzusidagi tip.

Moliyadan chiqqan bu hokim bolaligida zo‘rlangan bo‘lsa kerakki, qo‘l ostidagilari orqasiga shampan shishasini tiqish bilan tahdid qiladi.

Eltuzga yetib kelgan audio Murodbek Davlatov o‘tkazgan majlisdan bir parcha xolos.

U o‘z so‘zlarining internetda tarqalishidan ham qo‘rqmaydi.

Hokimning aytganlarini so‘zma so‘z keltiramiz:

Audio

Muradbek Saparboevich yana shampan shishasini orqa teshikdan kiritib, boshqa teshikdan chiqarish bilan ham tahdid qiladi:

Audio

Shunday qilib, yilning eng so‘kong‘ich hokimlari nominatsiyasi bo‘yicha ro‘yxatga Xonqa tumani hokimi ham kirdi.

Qoyil yoshulli. Faqat tushunmay qoldik – siz haqorat qilgan shaxsning bo‘yi pastmi yoki siz nazarda tutgan shampan shishasi shunchalar kattami?

Eltuz so‘kong‘ich hokimlar ro‘yhatini tuzishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
29 january 2026
Rossiyada migrantlarga bosim kuchaymoqda. Endi migrantlarning tibbiy tekshiruv kasalliklari ro‘yxati kengaytiriladi.  Putin ostidagi hukumat migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini ...
8 january 2019
Toshkentda mashinalarga quyiladigan metan gazning narxi 1950 so‘mdan 2200 so‘mga ko‘tarildi. Buni ko‘pchilik qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) olish boshlangani ...
17 january 2026
Muhammad Solih KARIMOVGA «YaShIL XAT» 1995 yil mart oyi oxirida Olmon Parlamentidagi «Yashillar partiyasi» fraktsiyasi rahbarlaridan biri asli turk ...
27 august 2019
«Bir tomondan, dindorlarni ta'qib qilish ayni cho‘qqisiga chiqqan payt, boshqa tomondan, ota-onasini qariyb bir yildan beri ko‘rmaganligi… Axiyri, u ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...