Asosiy mavzular
3 october 2023

Narpaylik mahalla raisi dalada qo‘y boqib yurgan 13 yashar bolani ayovsiz kaltakladi 

Narpay tumani turg‘uni 7 sinf o‘quvchisi, Nurmuhammadov Umidjonni mahalla  raisi ayovsiz kaltaklab tashlaganini aytib, yordam so‘rab Eltuzga murojaat qildi.

“Samarqand viloyati Narpay tumani Oq oltin mahallasidan murojaat qilayapmiz mahallamizda vaziyat juda keskin, mahalla rayisimiz hech kimni odam o‘rnida ko‘rmaydi.

Mana kecha u, mehnatkash, mahallamiz fidoyisi bo‘lgan o‘qituvchi Jomonqulovaning 13 ga to‘lmagan farzandi Umidjonni ayovsiz kaltaklab tashladi. Azbaroyi urib do‘pposlanganidan, bolaning ichi to‘kilib bannisada yotibdi” deya bildirdi u Eltuz tahririyatiga.


Narpay turg‘uniga ko‘ra, voqea Nurmuhammedov Umidjon mahalla chekkasida qo‘y boqib yurgan mahalda yuz bergan, uning ikkita qo‘yi mahalla raisiga tegishli dalaga o‘tib ketib qolgan. U qo‘ylarni mayib qilgudek, urib tashlagani yetmay, bolani ham shafqatsiz kaltaklay boshlagan.


Uning tag‘in yozishicha, “Oq oltin” mahallasida yashovchi  o‘qituvchining voyaga yetmagan o‘g‘li hozir kasalxonaga yotqizilgan. Biroq, mahalla raisi bolaning ota onasiga bosim o‘tkazib, bolani  tezroq kasalxonadan chiqarib yuborishga urinmoqda. Narpay turg‘uni bolaning jarohat yetkazilgan badani aks etgan bir nechta fotosuratlarni ham jo‘natdi. Suratda bolaning yelka, qo‘li va oyog‘iga yetkazilgan zarbadan ko‘kargan izlarni ko‘rish mumkin.


Bu xabarni u mahallaning telegram gruppasiga ham tashlagani, biroq mahalla ma'murlari hammani bloklab tashlab, haqiqatni aytishga yo‘l qo‘ymayotganini Eltuzga bildirdi.

“Narpay tuman IIB raxbarlari, tuman hokimligi hammasining og‘zini yopib o‘tiribdi. Bolalar ombudsmeni esa telefonlarga javob bermayapti. Bolaning esa ahvoli juda og‘ir” deya yozdi Narpay turg‘uni Eltuzga.

Tag‘in o‘qing
17 august 2016
Rassom: Tuz Eltuz.com
13 january 2026
1993 yil 13 yanvarda Parijda imzolangan Kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konventsiya (CWC — Chemical Weapons Convention) insoniyat tarixida qurolsizlanish ...
26 february 2018
Kalamushlar kema cho‘kayotgani uchun emas, balki ularga qarshi kurashishga bel bog‘lagani uchun qochish harakatiga tushib qoldi. Bir necha kun ...
18 december 2025
Bundan roppa rosa 33 yil oldin, 1986 yilning 17-18 dekabr kuni Sovet Ittifoqi rahbariyati Olmaota ëshlarining isënini shafqatsizlarcha bostirgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...