Asosiy mavzular
4 october 2023

Codiq Samarqandiyga ergashganlar tergovga tortilmoqda

Kattaqo‘rg‘onlik 49 yashar Sodiqjon Yusupovich Muhammadiev tarqatgan diniy mazmundagi videolarni  muhokama qilganlar tekshirilmoqda.

Hozir Sodiq Samarqandiy taxallusi bilan Turkiyaning Istanbul shahrida, IIV ta'biricha, «diniy ektremistik faoliyat» yurgizaëtgan Muhammadiev xalqaro qidiruvga berilgani ochiqlandi.

Toshkent  Shahar ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tarqatgan videoda Sodiq Samarqandiy tarafidan o‘zbek ëshlari ekstremistik va terrorchi tashkilotlar safiga ëllanaëtgani aytiladi. Video rolikda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 1974 yili tug‘ilgan Sodiqjon Muxammadievning «dinni o‘rgatish niqobi ostida jixod propagandasi» ya'ni  ekstremizm va terrorizmni targ‘ib qilaëtgani urg‘ulanadi.

Rolikda aytilishicha, birgina Toshkent shahrida 40 dan ziëd kishiga Sodiq Samarqandiy ta'siriga tushib ekstremistik faoliyat yuritgani uchun jinoyat ishi ochilgan.

Bundan tashqari, kamida 10 nafar o‘zbek vatadoshi Sodiq Samarqandiy tarafidan ëllanib, Suriyadagi urush jabhasiga borib, xalqaro terroristlarga qo‘shilgani aytiladi.

Toshkent shahar IIBga ko‘ra Sodiq Samarqandiyga qarshi bir qator jinoyat ishlari ochilgan.

Sodiq Samarqandiy video maruzalaridan ruhlanib ektremistik faoliyat bilan shug‘ullangani uchun respublikaning boshqa hududlaridagi kishilar ustidan ham jinoyat ishlari ochilib, jazoga tortilgan.

Jumladan, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va tayyorlash taqiqlangan materiallarni tarqatishda ayblangan Qo‘shtepalik o‘qituvchini 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

Sudning hukmiga ko‘ra, o‘rta maktab o‘qituvchisi «Sodiq Samarqandiy»ning  «jihod», «hijrat» va «shahid» amallarini bajarishga undovchi diniy ma'ruzalarini ko‘chirib tarqatgan va mamlakatda Tolibon formatidagi shariat davlati o‘rnatilishini targ‘ib qilib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, din davlatdan ajratilgan. Diniy tashkilotlar va konfessiyalar faoliyati O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Eltuz o‘zbeklarning diniy ekstremizmda ayblanishi bilan bog‘liq voqealarni o‘rganishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzgatib boring, kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
17 may 2018
Toshkentda sodir etilgan 1999 yil 16 fevral portlashlardan ikki kun o‘tib, Muhammad Bekjonning akasi yashaydigan Yangibozordagi uyni Xorazm viloyati ...
6 september 2016
Yulduz Usmonova 5 sentyabr kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida Karimovning janozasi haqida gap boshlab, unga dunyoning butun podsholar ...
3 november 2020
Suratkash Aleksandr Barkovskiy mulohazalari O‘tmishda O‘rta Osiyodagi bir qancha muazzam saltanatlar va yuksak madaniyatli xalqlarga beshik bo‘lgan bugungi O‘zbekiston ...
18 december 2023
Shunday qilib X Factor ning eng kuchli uchligi ma'lum bo‘ldi. 17 dekabr kuni finalistlar Hayriniso Akbarova, Javlon Safaev va Shoxruhxon Halimxonovlar g‘oliblik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...