Asosiy mavzular
3 november 2023

Nega xalq Munojotni emas Janzeni sevadi

Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,

MS: Voxay. vohay. Bu she'rni ëzdi Matchonop Omon. Kim bilmasa o‘zina ëmon. Nichiksizla xo‘jik birri mo‘chchi oybika, ëshulli ëshikichchila. Xazzatip yuripsilami ëlg‘onchida?

Bu yo‘lda biz necha qo‘rg‘ondan o‘tdik,

Adirlar, qumlardan, darg‘ondan o‘tdik.

Shoshmay, lekin qaytmay, haq deb har doim,

Bizdan ancha oldda borg‘ondan o‘tdik.

MS: Og‘o, qo‘ying galdi galmadi she'rlani. O‘lgan qotqonnon oyting.

Musappo osmon nyus

Andijonda bir xotin «jonimdan to‘ydim» deb uchinchi qavatdan pastga o‘zini otdi.

MS: O‘ldimi?

Yo‘q.  Qovurg‘alari sinib ketibdi. Kasalxonaga olib ketishdi.

MS: Xamma ari oldog‘on, joninnan  do‘yg‘onlar uchakdan o‘zini otavarsa yurtda xotin qolmin qirilb getadi. O‘zi qochon o‘zini uchakdan toshovadi bu monloyi qoro?

Rasmiy ma'lumotni o‘qib bersam.  Voqea 27 oktyabr kuni soat 23:30 larda Andijon shahar 3-kichik daha 7-uy, 22-xonadonda sodir bo‘ldi.

Fuqaro N.R.ning viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaati asosida profilaktika inspektorlari yetib kelishganida xonadon egasi N.G. uyning derazasi tashqi tomoniga chiqib, hayotdan to‘yganligini bildirib baqirayotgan bo‘lgan.

Xonadon eshigi berkligi sababli viloyat FVBning qutqaruv otryadi xodimlari chaqirtirilib, eshik ochib kirilgan. Derazaning tashqi tomonida turgan N.G.dan pastga tushishi aytilganida, N.G. o‘zining ehtiyotsizligi tufayli sirpanib ketib, 3-qavatdan tushib ketgan.

Oqibatda N.G. og‘ir tan jarohatlari bilan Shoshilinch yordam markazining viloyat filialiga olib borilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

MS: Og‘o, bu avvalam bo‘lg‘on. Bulani ota bovosi o‘zini uchakdan toshog‘on.

RT: Hozirgilarning ota bovolari «Chilidan qo‘lingdi tort. Yo‘qolsin Pinochet» deb mitinga chiqib bo‘lib, yana paxta dalasina kirib ketishardi. Bir tarix o‘qituvchisi qishning kuni ko‘chada bir soatcha turib kelardi. Nega deb so‘rasangiz. «Amerikadagi uysizlar sovuqda ëtganida men issiq uyga darrov kirib ketsam bo‘miydi» derdi. Bu mallim o‘pkasini sovuq oldirib tuberkyuloz bo‘lib o‘ldi. Kollektiv aqlsizlik bugun yuz ko‘rsataëtgani yo‘q. Doim shunday bo‘lgan. Shu bois telejodugar  Kashpirovskiy bu massani barmog‘ini uchida o‘ytanib o‘tirgan.

MS: Kollektiv ongsizlikni tarsakisi nichik bo‘ladi?

Kollektiv ongizlikning teskarisi individuallikdir!

Yer tagidagi kanareyka

Yil boshida Nyu Yorkda bo‘lganimda bir art kritik do‘stim choyga taklif qildi. Ertalabki nonushta. Breakfast. Bu do‘stimning aytishicha, Nyu York nonushtasi ikki qismdan iborat. Yeyiladigan va yeyilmaydigan qismlardan tashkil topgan. Yeyiladigan qismi yangi siqilgan apelsin sharbati. Pishloqli qora non va albatta kofe. Yeyilmaydigan qismi esa «Nyu York Tayms” qog‘oz gazetasi. Men bu do‘stimga «Shu zamonda ham odam qog‘oz gazeta o‘qiydimi? Mana smartfonda NT aplikatsiyasi bor. O‘qiyvur o‘sha yerda. Maqlasan, qog‘ozdi isrop qilib» desam unamadi. Ertalab NT o‘qish modern san'at bilimdoni bo‘lgan bu do‘sti aziz uchun o‘ziga xos ritual ekan. Uning aytishicha, kunning unumli bo‘lishi uchun bu ritual o‘ziga xos kosmodromning start maydoni ekan. Gapning to‘g‘risi, qog‘oz gazetani bir xafta oldin uchoq salonida ko‘ruvdim. «Frankfurter Alge Mayne» gazetasi. Lekin bugun ertalab Gazeta.Uzni o‘qidim. Telefonda albatta. Azamatga rahmat, yaxshi kontent qiladi. Muntazam o‘qiyman. Bugungi sonida Samarqand markazidan o‘tgan tunnelning shahar va uning aholisi uchun o‘ta zararli loyiha ekani haqida ëzilgan. Qadim shahar tagidan tunnel o‘tkazib laxim qazish, Yangi O‘zbekiston qaroqchi rahbarlarining pul o‘marishidan boshqa yumush emasligini qarg‘alar ham biladi.

Ertalab soqol olaëtib ëki qahva ichaëtib podkast eshitaman. Bugun  Financial Timesning kundalik brifingini eshitdim. Kunni yangilik eshitishdan boshlashda xayr bor.  News you need to start your day (yaxshi slogan, menimcha)

Eshittirish oxirida AQShda qimmat konyakni sotib oladiganlar soni shu kunda ancha kamaygani aytildi. Olib boruvchi shu yerda bir maqol ishlatdi. «Bu AQSh iqtisodi uchun ko‘mir konidagi kanareyka emasmi» deb.

Gapning ochig‘i inglizchani chuqur bilmayman. Bu aydioma ma'nosini  Sirridan so‘rasam aytib berdi.

Qadimda konchilar ko‘mir shaxtasiga o‘zlari bilan qafasda kanareyka qushini olib tushishgan. Agar ko‘mir konida ugar gazi ko‘payib ketsa kanareykaning patlari tushib ketar va juda bezovta bo‘larkan. Bu esa konchilar uchun shaxtani tark qilishiga signal bo‘lgan. O‘ziga xos ogohlik uskunasi. Xavotir signalizatsiyasi.

Toshkentda zilzila bo‘lishidan uch minut oldin bir oshnamning xovliisidagi iti qattiq vovullagan ekan. Oshnam o‘g‘ri po‘g‘ri keldimi deb tashqariga chiqishi bilan yer silkinib uyining tomi ontarilib tushgan. It zilzilani oldindan bilib egasini o‘limdan qutqargan. Shu o‘rinda mavzuni o‘zimizga bursam. Biz uchun halokat va tanazzul signali nimada zuxur bo‘lmoqda? Samarqanddagi tunnelmi? Kollektiv jaxolatga botgan ommaning olis do‘latlardagi terrorchilarga otashin sevgisimi? Jinnixonadagi bemorni kaltaklaydigan tibbiët xodimlarimi?

Xoyu chitti gulga qarshi kurashdim, deb byudjetdan oylik oladigan vasyuk zamminstrmi? Siz nima deb o‘ylaysiz? Xo‘sh biz uchun Kenare in z qo‘o‘l mayn (canary in the coal mine)  degan tushuncha nimada aks etadi. Shunday indikator ëki lakmus qog‘ozi bormi?

MS: Og‘o, sizni o‘zingiz yer tiyindagi qonareykasiz. Odamlani ho‘pdan ogox qiladon signalizatsiya bu Eltuz jurnalistlari.

Rahmat Matchon Suqilish. Mana yutubda obunachilar soni yarim milliondan oshdi. Trosga sim, arqonga ip quvvat. Xozir bizni ko‘rib o‘tirganlar orasida obuna bo‘lmaganlar bo‘lsa shartta obuna bo‘lib bizni qo‘llasin. Layk bossin. Bir layk o‘n odamni olib keladi. Ko‘pdan quën qochib qutilmas.

MS: Lekin og‘o siz hamma gapnam oytmiysiz. Tsenzura bomi yo?

Tsenzura xalqning miyasida o‘tiribdi. Ular o‘zlari ishongisi kelgan ëlg‘onni rost deb o‘ylaydi. Rost gapni qabul qilmaydi. FBda tabu degan guruh bor. Men ham a'zoman. Tabu so‘zining ikki ma'nosi bor.

1. Polineziyadagi qadimiy diniy taqiqlar sistemasi.

2. Barcha taqiqlangan mavzular. 

Guruxdagilar esa faqat seksual mavzularni muhokama qilishadi. Sevgan qizing minnat qisa «nimao‘ladi». Birinchi kecha gol urolmasam penalti ëziladimi? Teshilib yamalgan  koptokni o‘ynasa «bo‘vurdimi»? Beshga bir qisa qo‘l qavaradimi va hokazo. Bu savollarni Yevropa va xatto Malayziya maktabidagi jinsiy tarbiya darsida muhokama qilib, javobi topilgani uchun ular buni alohida muhokama qilib o‘tirmaydi. O‘zbekistonda esa haqiqiy tabu mavzular bor.

1. Mamlakat oliy rahbari va oilasi.

2. Navoiyda qazib olinaëtgan oltin. 3. Mamlakat rahbariyati, shou biznes va umuman jamiyatdagi gomoseksuallar. 4. Amir Temurning butun butun shaharlarni ësh go‘daklarigacha qo‘shib qatli om qilgani. 5. Shoir va muxolifatchi Muxammad Solix mavzusi. 6. 1991 yildan 2023 yilgacha O‘zbekiston hududining qisqarishi. Qo‘shni turkman va qirg‘izlarga berib yuborilgan yerlar. 7. Shayx Muxammad Sodiq va boshqa mullalarning KGB seksoti bo‘lgani. 8. Grand korruptsiya (katta rahbarlar korruptsiyasi) 9. KGB, SNB jinoyatlari. 10. O‘zbekistondagi yashirin seks turizm. 11. Yuliy Yusupovning pilla masalasidagi sudi.

Xullas tabu mavzular faqat qizlarning minnat qilishi bilan tugamaganligini ko‘rib turibsiz.

«Nega xalq bizdi emas Janzini sevadi.»

Madvazirlikdagi otarchi sxo‘dkasidan reportaj

MS: Og‘o navchun xalq Jonziy bilan Gulmirani yaxshi go‘radi?

Saëz otarchilar to‘yga ko‘p chaqirilib «xalq ishtaxa bilan yeëtgan» saëz ashlachilarga qarab vovulladi.

27 oktyabr kuni Madaniyat vazirligi otarchilarni  yig‘ib o‘tkazgan majlisini ikki og‘iz so‘z bilan shunday atash mumkin.

O‘zlari yaqinda zapretdan chiqqan «xopz»lar to‘yga ko‘p chaqirilib   omma orasida reytingi oshib ketganlarni zapret qilishni talab qilishdi.

So‘zga chiqqan G‘ulomjon Ëqubov «Biza qolib to‘yga negrlarni chaqirishvotti» deb qayg‘irib timsoh ëshlarini to‘kdi.

Bu xalq artisti «negr» deb aytish irqchilik ekanidan behabar.

Yana bir naftalin xola Munojot Yo‘lchievaning ham nutq madaniyati yo‘q shallaqi xotin ekani majlisda yaqqol ko‘rindi.

«Ko‘ti bilan kulyapti» dedi u anjan bozoridagi emchak xalta sotadig‘on shallaqi xotinlar kabi.

Bu xopzlar «reytingni xalq emas, maxsus komissiya belgilasin» deb dodlashdi.

Qizil kastm kiyib, mo‘ylov qo‘yib, saksonlar retro ruhida qo‘shiq kuylab, yutubda millionlab prosmotrni bir kunda oladigan Hamdam Sobirovning «sho‘hrati» bu otarchilarning patagini kuydiribdi.

Yutubni kattalariga «etiyluk bulani piligini ko‘tarmasin» deb talab qilishdi qari otarchilar.

Barta Davidova qo‘shiqlarini tekinga aytib, ati chiqqan Munojot «bundan bag‘iga biravdi ashlasini aytgan odam ming do‘llar bersin» deb chakak cho‘zdi.

Keyin aqlsiz boshini aqlli sochlar tark qilgan g‘ijjakchi chiqib «Nega Zulayxoni ashlasini etvossla» deb prava kachat qildi. «liftdagi videoni qo‘yib million prosmotr ogan yutuberlar dolya bersin» dedi Abxoshimaka.

Xullas, bu ashlachilar gapirmay faqat qo‘shiq aytgani tuzuk. Qovoq kallasida alif yo‘q joxillar bular.

Yig‘ilishga boshchilik qilgan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov basharasini vor zakonlarning vasëklariga o‘xshatib «votti votti» qilib binnarsalarni aljidi.

Alam qiladigani, otarchi  Ozot boshqaraëtgan vazirlikning saëz otarchilar sxo‘dkasiga aylanib qolganida.

Yuz yil oldin Turkistonga kelgan antropolglar «xalq shu qadar sevib to‘ylariga chaqirib o‘ynatadigan kokilli bachchalar san'atkormi ëki yo‘qmi» degan savolga javob izlashgandi.

MS: Shu zomminstrni gaplarini ëngsilab barsangiz.

Madvazir zami  Boxodir Axmedo‘pning dialo‘gga aylangan   mo‘no‘lo‘gi!!!

Nima bo‘votti? Naga qo‘shularni asini chiqarvordiylar. Man oldin vazir bo‘ganman. Manov bola xozir vazr. Lekn vohtida to‘ylarni qizdirgan rosa. Man Turtsuyaga borganman. Turtsuyaga borganman jallav. Ulani bittayam restoranligida chet do‘latti tilida qo‘shu etilmas ekan. Jallavla, hamma restoranida faqat turkcha etilar ekan. Buni kultura deydi Turtsuyada.

Matchon suqilish: Vazzir doyi Turtsuya emas Turkiya deb aytiladi. Madvazirning zami bir davlatni odini do‘g‘ri aytolmasligi indi uyat!

RT: Turkiyada 71 mingta musiqiy dasturli restoran bor. Shulardan kamida uch mingi faqat ingliz, ispan, frantsuz ëki arabcha muzika qo‘yiladi. Inglish pab va jaz restoranlarida inglizcha qo‘shiq eshitiladi. Surëniy, fors va rus tilida qo‘shiq aytiladigan restoranlar ro‘yxatini vazirlik matbuot kotibiga bersak sizga yetkazar. Xullas Salimboyning ko‘rpachasida o‘tirganiniz yo‘q. Oldi qochdi gap aytishga uyalmaysizmi.

MS: Gurungni davomini oyting.

RT: Bitta qiz, telvozorga chiqvolib onangi sikay deb qo‘shu etvotti. Yana bittasi kepkasini bostirvolib vorovskoy qo‘shu etvotsa jyurida o‘tirgan xarrip voy dood deb suyunib ketvotti. Hamma ëq xoyu chittigul bo‘p ketti. X-faktoringni onasini eshak quvalasin

MS: X Factora ilishadi biloni hammasi.

RT: O‘zbekistonda birinchi marta xalqaro andazada X Factor tanlovi bo‘lyapti. Jyurilardan biri xonqali bratning qizi Lola Yo‘ldosheva. Bu tanlov qoidasi bo‘yicha ko‘chadagi bomj ham unda qatnashishi mumkin. Madvazirdagilar shou nimaligini bilmas ekan.

MS: Parodiyani asirtiring yoshulli.

To‘g‘ri san'atti abjag‘ini chiqargan o‘zim bo‘laman. Lekin o‘sha vox talabi shu edi. Abjag‘ini chiqar desa sharrta olib tepkilab tashaganman. Lekin shu bo‘qdi billa yedik sila bilan. Lekin meni tepkilashganda bittang ënimda turib bermagansanla. Bu degani u davrri ëmonlivuza degani emas. O‘sha davr shunaqa edi. O‘tkan ishga solovot. Xozir endi boshqa dudkaga tansa qilamiz.

Manga qara san mani tilpunga ovossanmmi xarrip. Ertaga chiqarvorib mani podudar qo‘ymoqchimasan yiban. Ëqmasa tur chiqib ket. Oldin vazir bo‘ganman xozir zamman. Zam! Zam bo‘ldi am bo‘ldi deganlar palonimdi yepti. Endi do‘lat tili masalasida ham to‘g‘ri etilvotti. O‘richcha qo‘shib, xarripcha aralashtirib gibrid qip tashadu. Tilam kirib ketdi kiradigan joyiga. Bilaman, anu krisa baribir ëzvolvotti gapimni. Bu gapim menga ur to‘qmoq bo‘lib keladimi, ë sur go‘shtli  moshkichiri bo‘libmi bilmiyman to‘g‘risi.

Matchon Suqilish: Bilmasang nishatib o‘tiribsan bu lavozimda. Mamlakatda shuncha muammo duribdi. San bo‘sang xoyu chittigulga qarshi kurashjaksan. Vazirlik songa o‘xshag‘on kriminal bashara vasyukladan tozalanishi garak!

RT: Madaniyat avvali nutq madaniyatidan boshlanadi. Bu nutqning labzakdagi qassobnikidan nima farqi bor?

So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim,

O‘z zamonin rost etar qavmi marddir asli kim,

Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,

Ey Navoiy qilma Jamshidu Faridun vasfikim,

Shoh G‘oziyga karam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

MS: Sho‘rda tormoza bosib uringpotyani. Oyting ënqi gapni

Assalom O‘zbekiston! Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
23 december 2015
Eltuz Mamadali Mahmudov bilan jurnalist Maloxat Eshonqulova qilgan videosuhbatning birinchi qismini e'tiboringizga havola qiladi.
4 november 2021
O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi o‘qituvchilarni kelgusi 2022 yil uchun gazeta va jurnallarga obuna qilish kampaniyasini boshladi. «Eltuz» suhbatdoshlari bu ...
23 november 2025
Jurnalist Navbahor Imomova yozadi: Itni ham, bitni ham mehmonga chaqirib, tekin boqib, yana qo‘liga bebaho durdonalarni tutqazib, ta'zim qilib ...
8 march 2024
Keldi pok gulgun zamon, hammomga boshlanglar meni… Anvar Obidjon MS: Nichiksizla mo‘chchi oybika xo‘jik brrilo. Hazzatishma nerina galdi. Matchonboy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...