Asosiy mavzular
6 november 2023

Makarevichning Toshkentdagi kontserti nega qoldirildi?

Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkentda o‘tishi rejalangan “Mashina vremeni” rok gruppasi kontserti qoldirildi. O‘zbekistonlik galerist Bella Sobirova, Toshkentda o‘tishi rejalangan “Mashina vremeni” kontsertining qoldirilgani sabablarini izohladi.

«Mashina vremeni» solisti Andrey Makarevichning ëzishicha¸ guruhga tahdid qilingan .

“Yana bir bor quëshli o‘lkangizga borishga chog‘lanib turuvdim. Ammo qandaydir kimsalar kontsert tashkilotchilariga bir necha bor tahdid qilganlar. Bilishimcha, mening Istroilni qo‘llab quvvatlashim bu tahdidlar sababi bo‘lgan. Men o‘zim yashaëtgan davlatni qo‘llab quvvatladim», dedi o‘z izohida taniqli Rossiyalik san'atkor.

Musiqachilarga aynan kim tahdid qildi? Va aynan kimdan tashkilochilar adresiga tahdid kelib tushdi? Bu savol javobi yo‘q. Ayni paytda bu holat xavotir uyg‘otadi.

Rasman guruh lideri Makarevich tarafidan tahdid haqida aytildi.  Bu esa jinoyat ishi ochilishi uchun sabab bo‘la oladi.

Gap bir guruh kimsalarniing tarmoqda o‘tirib, dunë kun tartibiga chiqqan nizo haqida aljirashi emas.  Gap konkret odamga o‘ldirish bilan qilingan tahdid haqida ketmoqda.  Bu esa, O‘zbekiston qonuniga ko‘ra, jinoiy harakatdir.

Odamning haëti va salomatligiga o‘lim bilan tahdid qilish O‘zbekiston Jinoyat Protsessual Kodeksining 112 moddasida xavfli jinoyat deya malakalangan.

«Taniqli qo‘shiqchi kontsertining tashkilotchilariga tahdid qilganlarni organ xodimlari topib esini joyiga solib qo‘yadi deb umid qilaman.

Agar tahdid qilganlar bartaraf qilinsa va davlatimiz «Mashina vremeni» rok guruhi xavfsizligini ta'minlasa, Andrey Makarevich o‘z qarorini o‘zgartirib Toshkentda kontsert berishidan umidvorman», deya yozdi tarmoqdagi sahifasida O‘zbekistondagi zamonaviy san'at galereyasi asoschisi Bella Sobirova.  

Eslatib o‘tamiz Rossiyalik mashhur bastakor va qӯshiqchi Andrey Makarevich Putinning Ukrainaga qilgan bosqinchilik urushiga qarshi pozitsiyasi uchun xorijiy agent deb e'lon qilingan, bunga Makarevich qo‘shiq bilan javob qaytargan edi.

Taqdirning taqozosi bilan taniqli «Mashina vremeni» guruhi solisti Makarevich Isroildan boshpana olishga majbur bo‘ldi va uning ta'kidicha endilikda u Toshkentlik mutaassiblar tahdidiga duch kelmoqda. Eltuz O‘zbekistonga oid voqealarni yoritishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk qoldiring.    

Tag‘in o‘qing
8 january 2026
Bizga Biznes-Ombudsman tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga ham taqdimnoma va ogohlantirish berayotganligi haqida xabarlar kelib tushmoqda, maslahat berishni so‘rashmoqda. Bizning ...
11 may 2018
Cobiq sovet davrida rangtasvir asarlar yaratib, yorqin shuhrat qozongan sanoqli o‘zbek rassomlaridan biri Ne'mat Qo‘ziboev bundan 14 yil burun, ...
21 may 2021
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi ...
27 september 2023
Adliya tizimi va qonunlar ishlamay qo‘ysa, davlat qaroqchi va talonchilar to‘dasiga aylanadi. Bu aqlli gapni bir ming yettiyuz yil ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...