ART-DURBIN
21 november 2023

Rassom Tuzning qattiq X-Factori

O‘zbekiston X faktor shousini o‘tkazadigan dunëdagi 58 davlatdan biri bo‘ldi.

Qadrli muxlislar, bugungi mavzuimiz 19 noyabr kuni 12 nafar finalistlarni sahnaga chiqargan X faktor shou loyixasiga bag‘ishlanadi.

Talantlarni izlab topib yuzaga chiqarish barobarida real shouni taqdim qiladigan ushbu TV loyiha olqish va tasannoga loyiq.

Bu loyiha asosiy sponsori – O‘zbekiston ekologiya vazirligi. Balki shu bois madvazirlikdagi naftalinlar bu loyihani sazoyi kesakbo‘ron qildi, deya izohlagan edi so‘nggi ziddiyatli mojaroni Rassom Tuz.

Ammo bugun gap bu haqda emas. Gap shouning el orasida mashxur bo‘lib sevilgani haqida. Shouda o‘zbek tiliga urg‘u beriladi. Hatto Lola ham o‘zbekcha jumlalarni ëdlab, chiroyli talaffuz qilmoqda. Aytish joizki ayrim postsovet hududlarida, masalan Qozog‘istonda rus tilida olib boriladi.

Shu bilan birga X Faktor O‘zbekiston zamonaviy madaniy dunyo bilan baravar qadam tashlayotgani ko‘rinmoqda va shouda ingliz, frantsuz, moldavan va fors tilida ham qo‘shiqlar aytishdi.

Olib boruvchilar haqida. Asosiy motor bu shlyapa kiygan Ibrohim. Qoshlari Akaevnikiga o‘xshaydigan bu jyuri a'zosi maksimum samimiyligi bilan shouning jonli bo‘lishini ta'minlamoqda.

Lola Yo‘ldosheva o‘zining teran fikrlarini rus tilida aytadi. Kamerada Lolaning mayus va ba'zan o‘ychan ko‘zlarini ko‘rib uning samimiyligiga ishonamiz. Lola – shouning urib turgan yuragi.

Ravshan Komilov, mening nazarimda, shouda «to‘y generali» rolida. Umumiy gaplarni gapiradi. Qatnashchilardan biri Muxammadali Shirinovning ismini bilmay «Jingalak» deb chaqiradi. Xorazmlik qatnashchi Javlon Sapaevni Buxorodan deb aytadi. Sahna ortida ustozlik qilish ishlariga ham vaqti bo‘lmagan ko‘rinadi.

Dunëda Jasmin degan ashlachi borligini shu X faktordan bildim. Jyuri a'zosi sifatida «O‘ppaaa» deb olqish aytib o‘tiradigan quvnoq va ayni paytda mushfiqa bir qiz. Maksimum samimiy va ëqimtoyligi bilan tomoshabinlar mehrini qozona oldi.

Ko‘rsatuvni Toshkent to‘ylarining krutoy boshlovchisi Nilufar Sotvoldieva obormoqda. Darrov aytaman, jyuridagilarga xos samimiyatni bu opaxonda ko‘rmadim. To‘y o‘tkazaëtgandagi sun'iy format qolipidan chiqa olmayapti. Holbuki X faktor maksimum erkinlikni talab qiladigan format.

X Factor —muallifi Saymon Kouell bu dasturni o‘ylab topganda tarmoq rivojlanmagan edi. Shu bois asosan teledastur o‘laroq taqdim qilinadi.

Bugun esa dunëda televizor ko‘rmaydiganlar soni millionlab. Ular ko‘rsatuv qachon yutubga qo‘yilarkan deb kutib o‘tirishmaydi.

O‘zbekcha X Faktorni ham poka asosiy rasmiy yutubga yuklangunicha pirat qaroqchilar tarmoqqa qo‘yib ëtibdi. Menam co‘nggi finalistlar ishtirokidagi videoning pirat versiyasini ko‘rishga ulgurdim.

Ovoz berish jaraënida qo‘shiq aytgan Munisa Rizaeva «Olloh X faktor tomonida» dedi. Menga qizig‘i u buni qaerdan bilibdi. Muso payg‘ambar kabi xudo bilan gaplashibdimi. Nahotki shou biznesni ham yaratgan qo‘llab quvvatlasa?

Eng muhimi – ko‘rsatuvni millionlab tomashabinlar qo‘llab quvvatlamoqda. Shu bois Eltuz jamoasi ham shou atrofida kechayotgan voqealarni sharxlab borishga qaror berdi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang. 

Tag‘in o‘qing
20 december 2016
Mahrum prezident Islom Karimovning har bir chiqishi, va'dalari ortidan xalqning turli qatlami vakillarining bu chiqishlarga munosabat bildirishi sovet davridan ...
20 march 2020
20 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirilgani qayd etilgan shaxslar soni 33 nafarga yetdi. Dastlab O‘zbekiston epidemiologiya markazi Frantsiyadan qaytgan ...
31 october 2025
Eltuzga yetib kelgan videoda ayolninng eri va qaynonasi tomonidan tahqirlanib, kaltaklangani aks etgan. Toshkent shahar Shayhontohur tumanida olingan videoni ...
26 april 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...