Asosiy mavzular
30 november 2023

Turkiyada fohishalik qilgan 49 nafar o‘zbekistonlik xotin qo‘lga olindi

Turkiyaning Sakarya shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 49 nafar o‘zbekistonlik xotin qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, Sakarya viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘limi Axloq byurosi guruhlari, Sakarya Bosh prokuraturasi boshchiligida joriy yilning 25 noyabr kuni kechqurun Sakaryaning Qorasu tumanida 10 ga yaqin manzilda reyd o‘tkazgan.  

Operatsiya davomida jami 61 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanib kelgani, ularning 49 nafari O‘zbekiston, 8 nafari Ozarbayjon va 4 nafari Turkmaniston fuqarolari ekani aniqlangan. Ushbu ayollarni sotish orqali intim xizmatlarni tashkil etishga esa yana bir o‘zbekistonlik ayol boshchilik qilgan. Reyd davomida u va fohishalik xizmatlari uchun joy ajratgan 5 kishi ham qo‘lga olingan. 

Qayd etilishicha, fohishalarning 4 nafarida orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (SPID) aniqlangan. Tashxis natijalari Anqaradagi laboratoriyaga qayta analiz uchun yuborilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbek ayollarining asosiy mijozlari Sakarya va Xo‘jayli viloyatlaridan bo‘lgan. Shuningdek, mijozlar orasida Istanbuldan kelgan mehmonlar nomi qayd etilgan.  61 nafar ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lgan erkaklar soni 1000 nafardan oshadi. 

Ayni paytda, ayollar bilan jinsiy aloqa qilgan 100 ga yaqin erkakning ism-familiyalari qayd etilgan ro‘yxat ham qo‘lga kiritilgan. Bu haqda Turkiya mahalliy matbuoti xabar tarqatmoqda. 

Rassom Tuzdan achchiq izoh: Uyalganidan “seks” so‘zini “keks”deb ishlatadigan 35 million aholi 85 millionlik Turkiyaga 30 yildan beri jalab yetkazib bermoqda.

Bir milliarddan ko‘p odam yashaydigan Hindistonda o‘zbek xotin degani jalab degan ma'no kasb qilib ulguribdi.

Tilida uyatchan, amalda esa tormozi yo‘q shahvat. Balki oltin o‘rtaliqni toparsizlar? Seksdan uyalmanglar.

Har kuni qilib yurgan ishingiz. Balki maktabda seks tarbiya darslari bo‘lmagani uchun o‘zbek qizlari Istanbul, Dehli¸ Dubay va Piterda ayag‘ini anttena qilib ëtibdi, deya yozdi rassom Tuz o‘zining hos sahifasida.

Hozirda Turkiyada jalablik qilgan xotinlarni O‘zbekistonga deportatsiya qilish uchun viloyat Immigratsiya boshqarmasi bilan birgalikda jarayonlar boshlagan. 

Eltuz voqealar rivojini yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing. 

Tag‘in o‘qing
2 august 2021
Ikkita kokiliga ikki xil bantik taqqan sepkilli qiz aslida 23 ëshda. Ismi Nazokat, ammo o‘ziga NOZI deb ism qo‘yvolgan. ...
23 september 2025
O‘zbekistonda bolalar va inson organlari savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bu haqda «Eltuz» messenjeriga kelayotgan xabarlar hamda ...
15 may 2025
Bugun Eltuz tahririyatiga Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidan yana bir murojaat kelib tushdi. Murojaatda aytilishicha, «Aloqa sifat savdo» MChJ tomonidan ...
31 may 2017
Jizzax shahrida o‘tgan “Barkamol avlod” sport musobaqasi gala kontsertida qatnasha olmagan xonanda Shahnoza Otaboeva litsenziyasidan mahrum qilindi. Xonanda bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...