Asosiy mavzular
3 december 2023

DXX «Saydaz Medgorodok»ni «Krыshevat» qilgan IIB xodimlarini ushladi

Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari Toshkent shahar IIV uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlarini hibsga olganlar.

Eltuz insayderiga ko‘ra, 1 dekabr kuni DXX amaliyotida Toshkent shahar IIV uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limining boshlig‘i va uning  uch nafar xodimi ushlangan.

Taxminlarga ko‘ra, ichki ishlar xodimlari “Saydaz medgorodok” laqabli kriminal avtoritet Saidaziz Saidalievni “krыshevat” qilganlikda gumonlanmoqda. 

Toshkent IIBB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari doirasida bir qator jinoiy holatlar aniqlangan.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi Saidaziz Saidaliev va boshqa bir nechta shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Fevral oyida Eltuzga bir-biridan mustaqil manbalar xalq orasida “Salimboyvachcha” deb tanilgan Salim Abduvaliev sobiq bokschi Saidaziz Saidalievni Toshkent shahriga smotryashiy qilib qo‘yishga urinayotgani haqida xabar bergan edi.

O‘shanda Eltuz manbalariga ko‘ra, 73-yashar Salim Abduvaliev O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” Baxti Tashkenskiyga murojaat qilib, Saidaziz Saidalievning Toshkentga smotryashiy qilishga “dobro” berishni so‘ragan.

Biroq, Baxti Tashkentskiy jinoyat olamida yaxshi nomga ega bo‘lmagan Saidaziz Saidalievga bunday vazifani ishonib topshira olmasligini aytgan.

“Saydaz Medgorodok” besh yil muqaddam hozirda marhum MMA jangchisi Murod Xonto‘raevni pichoqlab jarohat yetkazganlar tashkilotchisi sifatida tanilgan.

2018 yil 26 noyabrda Toshkent savdo markazi yaqinida bir guruh shaxslar Murod Xonto‘raevga hujum qilib sonidan ikki marta pichoqlagan edilar.

Eltuz manbalari ikki sportchi o‘rtasida Toshkentda ta'sir kuchini kuchaytirish uchun qonli raqobat bo‘lganini aytishadi.

Mazkur hodisadan bir necha oy o‘tib bir qancha shaxslar javobgarlikka tortilgan esa-da, Saidaziz Saidaliev jazodan  qutulib qolgan edi.

Eltuz insayderlariga ko‘ra, “Saydaz medgorodok” Murod Xonto‘raevga hujumni Parijdan turib boshqargan.

Murod Xonto‘raev mazkur hujumdan omon qoldi, ammo oradan uch yil o‘tib avtoavariyada halok bo‘ldi.

Ushbu hodisa Saidaziz Saidaliev obro‘siga putur yetkazdi.

Oradan besh yil o‘tib loyqa suvlar tiniqlashmoqda – bu gal Saidaziz Saidalievning qamoqdan qutulib qolishi dargumon, deydi Eltuz manbalari.

Eltuz jinoyat olamiga aloqador shaxslarning qamoqqa olinishi bilan bog‘liq voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
9 march 2018
BMT maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid shu yilning 2 mart kuni Jenevadagi Inson huquqlari kengashida O‘zbekistondagi diniy vaziyatga doir hisobotini ...
30 september 2016
Rassom Elsevar eltuz.com nashriga jo‘natgan navbatdagi suratida masjidda ikkita e'son qutisi paydo bo‘lganini aks ettirgan Ayrim masjid imomlar, paxta ...
14 march 2022
Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda minglab rossiyaliklar gala-gala bo‘lib Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanktsiyalardan qochib, O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chib kela ...
17 april 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 44-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Paul Valeri amerikalik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...