Asosiy mavzular
10 december 2023

X Factorda Changak lazgi

“Changak bo‘lasan changak, Osmona garib angak”. Javlon Sapaevning changak lazgisi X Factorni ontarib tashadi!!!

Calom xonimlar va janoblar, yaxshilab o‘tirib olinglar, Eltuz O‘zbekistonda davom  X-Factor teleshousining to‘rtinchi jonli yoyini tahlilini boshlaydi.

Yigirma yil avval britaniyalik teleboshlovchi Saymon Kovel  X Factorga asos solganida bir kun kelib bu shouda Changak lazgisi aytilishini tasavvur ham qilmagandik.

Tarmoqlarda “Javlon Chataq” laqabi bilan tanilib ulgurgan xorazmlik Javlon Sapaev  X Factorning to‘rtinchi jonli efirida “Changak lazgi”sini aytgan vaqtida jyurilar o‘tirgan joyidan turib, angakini osmonga kerib raqsga tusha ketdi.

O‘tgan jonli efirda to‘rt jyurining birisi Lola Yo‘ldosheva tomirida xorazmlik qoni oqishini aytib, Javlon Sapaevga lazgi buyurgandi.  

“Bo‘ldi sestra, man lazgi aytsam siz o‘ynasangiz bo‘ldi”, degan edi Javlon.

Xonqali bratning qizi nafaqat o‘ynadi, lazgi so‘nggida sahnaga chiqib Javlon Chataq bilan selfiga ham tushdi.

Javlon Sapaev uchun lazgi to‘g‘ri tanlov bo‘ldi, u X Factorning navbatdagi bosqichiga birinchi bo‘lib o‘tdi. Lekin uning yetim bolalarga bag‘ishlangan ikkinchi qo‘shig‘i ijrosida bolakaylarni sahnaga olib chiqib taqiqlangan usulni qo‘llagani shouning ziyrak shlyapalik hakami Ibrohimning nazaridan chetda qolmadi.

X Factorning to‘rtinchi jonli efiri to‘y qo‘shiqlariga bag‘ishlandi. Qimmatbaho to‘ylar tamadasi sifatida nom chiqargan shou boshlovchisi Nilufar Sotvoldieva uchun bu ayni muddao bo‘ldi. U o‘zini dengizdagi baliqday erkin his qildi.

Bulbul kabi oxim bor… X Factor favoriti sifatida ko‘rilayotgan Hayriniso “Shuncha bo‘lurmi hay-hay?” qo‘shig‘ini aytib ipakday eshildi.

X Factor g‘olibligiga da'vogar ko‘rilayotgan Hayriniso Akbarova to‘rtinchi jonli efirda Abba guruhi repertuaridagi birin ketin uchta qo‘shiqni ijro etib  har xil yo‘nalishda qo‘shiq ayta olishini yana bir marta ko‘rsatdi.

Hayriniso keyingi bosqichga Javlon Sapaev bilan birga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tdi.

 X Factorning keyingi bosqichiga o‘tgan uch qatnashchining yana biri namanganlik noyob svistok ovozli Shoxruxxon Halimxonov bo‘ldi.

O‘zbek qo‘shiqlari bugun zamonaviy dunyo madaniyati bilan qo‘shilib evrilmoqda.

16 yoshli Shoxruhning  Ma'murjon Uzoqov qo‘shig‘i ijrosida ham kontrastni ko‘rdik. U avvaliga  Ma'murjon Uzoqovning “O‘ylasam bu dilbarim  makkoraga o‘xshaydiku” ashulasini, keyin esa afsonaviy Queen guruhi repertuaridagi The Show Must go on” qo‘shig‘ini aytdi.

Muhammad Ali bilan birga X Factorning o‘lim guruhiga tushgan Shoxruxxon Halimxonov jyurilar dastagi bilan loyihaning keyingi bosqichga o‘tdi.

Ulug‘bek Xafizov tomoshabinlarning eng kam ovozini olib loyihani tark etdi. Sahna va ijodkorlari qanchalik harakat qilishmasin uni ikkala qo‘shiq ijrosida ham bo‘g‘iq tushkun ovoz tark etmadi. 

Har gal o‘zining xitriylik yo‘llari bilan bosqichdan o‘tib oladigan  Muhammad Ali Shirinov bu safar garchi ukrain tilida aytgan qo‘shig‘i bilan hakamlarda kuchli taassurotlar qoldirgan bo‘lsada, o‘lim guruhidan chiqa olmadi va u ham X Factorning keyingi bosqichiga o‘ta olmadi.  
 
Shunday qilib X Factor ning eng kuchli uchligi ma'lum bo‘ldi. Ular Mehriniso Akbarova, Javlon Safaev va Shoxruhxon Halimxonovlardir. Finalistlar 17 dekabr kuni g‘oliblik uchun bellashishadi.

Yakshanba kuni bo‘ladigan yarim finalda X Factor da qolgan uch qatnashchi mashxurlar bilan duet aytadi. Uch mashxurdan biri Ozoda Nursaidova. Tomoshabinlarning eng ko‘p ovozini olgan ikki qatnashchi 24 dekabrda bo‘ladigan Katta finalga yo‘l oladi. Eltuz esa X Faktor va aynan O‘zbekistan madaniyati va san'atiga oid muhim yangiliklarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
14 march 2019
O‘zbekistonga kiritilmagan taniqli o‘zbek ëzuvchisi Hamid Ismoil «Jinlar bazmi» kitobi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 2019 yil uchun ...
28 june 2016
O‘zbekistondagi matbuot va rasmiy statistika har yili O‘zbekistonda nikox holatlari ko‘payayotgani va ajralishlar soni kamayib borayotgani haqida yozadi. Balki ...
23 may 2023
Calom qadrli muxlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta xatni o‘qiymiz. Ular Tashkent, Qashqadaryo va Camarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat ...
29 march 2017
Prezident Mirziyoevning 7 martdan kuchga kirgan qarori ortidan dori darmon taqchillashuvi bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelib chiqmoqda. Andijon shahridagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...