Asosiy mavzular
26 december 2023

Tanishini jalablikka yollagan jizzaxlik ayol 3 yilga qamaldi

G‘allaorol sudi tanishini Turkiyaga jalablikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ozodligini uch yilga chekladi.

Sud 23 yoshli sudlanuvchi Ozoda Hazratqulovani O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat – Protsessual Kodeksining 135-moddasi birinchi bandi bo‘yicha aybdor deb topdi.

Eslatib o‘tamiz,  mazkur moddada odamlardan foydalanish uchun ularni yollash bilan bog‘liq jinoyatlar nazarda tutilgan.

Voqea esa quyidagicha: Bir nafar farzandi bor yolg‘iz ona, Dilnoz Toyirova akasi bilan biroz muddat Rossiyada ishlaydi, lekin, Rossiyaning injiq ob-havosi unga og‘irlik qiladi –  revmatizm orttirib qaytadi. 

Kunlarning birida Jizzaxdagi “O‘rda” ekobog‘ida yoshgina uddaburon qiz Ozoda bilan tanishib qoladi. Ozoda Dilnozga hamdard bo‘lib, uni Turkiyaga ishga yuborishini aytadi. Turkiyada qizlar oyiga 1000-15000 dollargacha topyapti, deydi Ozoda. Lekin, Dilnoz shunchalik nochor ahvolda ediki, uning hatto telefoni yo‘q edi. Ozoda Dilnozga o‘zining ekrani siniq ayfonini tuzattirib berib, sovg‘a qiladi va ishonchiga kiradi. Turkiyada ishi yurishib ketsa, bundan zo‘r telefonlar olishini aytadi. Hatto, Turkiyaga yetib olishi uchun o‘zi unga bilet olib beradi. Biroq Samarqand aeroportiga dugonasini olib ketayotgan paytida u tezkor guruh hodimlari tomonidan qo‘lga olinadi. G‘allaorollik Dilnozning omadi keldi, Ozodaning esa biznesi barbod bo‘ldi. U uy qamog‘iga olindi.

Shu o‘rinda muhim eslatma:  Ozoda Dilnozga uni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotganini aniq-tiniq aytgan. Lekin, bu uning jazosini yengillashtirmaydi, baribir ish “shahvoniy yoki boshqa maqsadda foydalanish uchun aldash yo‘li bilan odam yollash” bandiga asosan klassifikatsiyalanadi. 

Chunki, bunday vaziyatda jabrlanuvchi o‘ziga taklif etilayotgan ish muhitidan mutlaqo bexabar bo‘lgan. Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing!

Tag‘in o‘qing
13 november 2020
Hazratim, ochlikdan o‘ldim, yegani non ber menga, Kofir o‘lg‘ayman agar desamki, bahmon ber menga. Moshu bug‘doyu guruch berkim, shular ...
28 march 2019
1797 yili AQShda dunëdagi ilk kir yuvadigan mashinaga patent olindi. Shu tariqa bundan 219 yil avval insoniyat, xususan, aëllarning ...
5 april 2023
O‘zbekiston Oliy sudiga Xorazm viloyati adliya boshqarmasining sobiq boshlig‘i Aybek Masharipov va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Anvar Kuryazovga ...
11 february 2025
Ma'lumki joriy yilning 9 fevralidan boshlab men Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojonov ta'tilga chiqqan edim va buning sabablarini hech ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...