Asosiy mavzular
16 january 2024

Moskvada o‘zbek mardikor o‘ris o‘ynashini zo‘rlab o‘ldirdi

Salom qadrli muxlislar, bugun 16 yanvar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Rossiyada mardikorlik qilgan 35 yashar o‘zbek Shexnazar Ishbaev joriy yilning 9 yanvar kuni Moskvada 42 yashar Veronikani zo‘rlab o‘ldirib, jasadini qopga solib qurilish maydonidagi devor tagiga tashab ketganlikda ayblanmoqda.

Shexnazar Ishbaev 10 yanvar kuni Moskvadan O‘zbekistonga uchib ketgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi O‘zbekistonga rasmiy so‘rov yuborgan.

Nima bo‘lgan edi?

Veronikaning yo‘qolib qolgani haqida 9 yanvar kuni xabar topishdi. Bu haqda uning qizi politsiyaga xabar berdi. Varonika eridan ajrab qizini ëlg‘iz katta qilgan.

Qizning aytishicha¸ onasi Nazar (Shexnazar) ismli o‘zbek yigit bilan tanishgan.

Kuzatuv kameralaridagi tasvirlarga qarab Veronikaning Shexnazar bilan uchrashuvlarini politsiya aniqlagan.

Veronika o‘limidan sal oldin o‘z xushtori Shexnazar bilan «Pechatniki» metro bekatida uchrashgan. Bu Veronikaniing kvartirasiga yaqin metro edi.

Shexnazar bilan Veronika Moskva sharqidagi «Pervomayskaya» bekatidan birga chiqishadi. Yo‘lda magazinga kirib konfet, meva cheva olishadi.

Keyin Shexnazar bu xotinni uyiga taklif qiladi. «Uy» bu aslida bino podvali edi. Podvalga tushaëtib Veronika qiziga esemes yuboradi.

Shundan keyin, Veronika bilan aloqa uziladi. Xotinning o‘ligi 12 yanvar kuni topiladi.

Extimoliy qotilni video kuzatuv kameralaridagi tasvirlar orqali aniqlashdi.

Bu vaqtga kelib muxtamal qotil Shexnazar Ishboev Rossiyani tark qilgan edi.

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra xotin oldin zo‘rlanib keyin o‘ldirilgan.

Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Yuliya Ivanovaning matbuotga bildirishicha¸ xodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Tag‘in o‘qing
28 november 2025
Qobul ma'muriyati Moskvaga rasmiy ravishda murojaat qilib, Rossiyadagi Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlari o‘rnini afg‘onistonliklar bilan almashtirishni taklif qildi. ...
9 april 2024
Eltuzning ishonchli manbasi xabar berishicha, Andijon shahar elektroset yuristi mansabini suiiste'mol qilib, 10 mln. so‘m pora olayotganida ushlandi. Manbaning ...
23 january 2019
O‘zbekistonda majburiy obunaning taqiqlanishi ko‘plab mahalliy gazeta va jurnallarning yopilishiga olib kelishi mumkin. 11 yanvar kuni «Normativ-huquqiy hujjatlar» portalida ...
23 april 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 45-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, ingliz tili ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...