Asosiy mavzular
17 january 2024

Bolasini sotmoqchi bo‘lgan o‘zbekni jalablikka majburlashdi

Istanbulning Esenyurt tumanida fohishalikka majburlangan va homilador bo‘lganidan keyin farzandi sotilishini bilib, dori ichib homilasini tushirgan o‘zbekistonlik ayol kaltaklandi. 

Rejalari amalga oshmagani uchun jahllari chiqqan odam tujjorlari ayolni kaltaklaganlar.

Hujumchilar o‘sha lahzalarni mobil telefonlari bilan yozib olishgan. 

Esenyurtda fohishalikka majburlangan o‘zbekistonlik ayolning ismi Muxlisaxon Karimovadir. 

Tasvirlarni olgan Karimova politsiyaga borib, ariza bilan murojaat qilgan. Farzandi homilasini hojatxonaga tashlagani aniqlangan Karimova hibsga olingan, qolgan 2 gumonlanuvchini qo‘lga olish ishlari davom etmoqda.

Voqea o‘tgan kuni Esenyurtda sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik Muxlisaxon Karimova politsiyaga borib, Yunus Emre D. bilan yana bir shaxs uni fohishalikka majburlab, pasportini tortib olganini aytib,  ariza bilan murojaat qilgan. 

Karimova dalil sifatida Yunus Emre D. tomonidan kaltaklangani va xabar almashish platformasida tarqatilgan tasvirini taqdim etgan. 

Politsiya Karimovaning dori ichib abort qilgani va bolani Avjilar mintaqasidagi mehmonxonada hojatxonaga tashlaganini aniqlagan. 

Gumondor Yunus Emre D. va uning yonidagi shaxsni ushlash uchun ish boshlangan.

Ma'lum bo‘lishicha, Karimova O‘zbekistonda farzandli bo‘lishni istagan Soner ismli yigit bilan tanishganini aytgan. Sonerning “kel, mendan farzandli bo‘l, evaziga senga uy beraman” degan va'dasiga ishongan Muxlisaxon Turkiyaga kelganini aytgan . 

Ayol Turkiyaga kelganidan keyin Sonerdan homilador bo‘lib, ular bir muddat bir uyda qolishgan. Biroq Sonerning tazyiqlariga chiday olmay Muxlisaxon Karimova uydan qochgan. U dastlab Fotihda ish topib ishlay boshlagan. U yerda birga ishlagan ayoldan farzandini sotishda yordam berishni so‘ragan. Ayol yordam bermasligini tushungan Muxlisaxon ishini tashlagan va Esenyurt tumaniga borib, u yerda Yunus Emre D. bilan tanishgan.

Yunus Emre D. va uning sherigi Muxlisaxondan pasportini tortib olib,  o‘zini fohishalikka majburlaganlar. Ular Karimova qornidagi bolani ham sotishlarini aytganlar. 

Xullas, bola tug‘ib, uyli bo‘laman deya orzu qilgan o‘zbekistonlik Muxlisaxon qamoqda, uni fohishalikka majburlaganlar esa qidirilmoqda.

Tag‘in o‘qing
14 december 2025
Bild nashrining yozishicha, gap uch nafar marokashlik, bir nafar misrlik va bir nafar suriyalik haqida ketmoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ...
17 april 2017
«Erk» Demokatik partiyasi lideri Muhammad Solih Qozog‘istonning yil oxirigacha lotin yozuviga o‘tish qarorini qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Qozog‘iston prezidenti Nazarboev ...
15 may 2023
«O‘zbekiston ovozi» gazetasining 1992 yil 15 may sonidan lavha «Islom Karimov ‘Ozodlik’ radiosi va ‘Amerika ovozi’ vakillari bilan uchrashdi» ...
28 may 2024
Salom qadrli muhlislar, Eltuz portaliga yo‘llangan co‘nggi 5 ta maktub O‘zbekistonning Namangan, Qashqadaryo, Navoiy va Andijon viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi ayni soniyalarda ham davom etmoqda. muammolar echimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan yopiq videolarni  ko‘rish uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish, kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz. Dastlabki murojaat Namangandan. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...