Asosiy mavzular
22 january 2026

22 yanvar – Vashingtonda Beruniyga haykal o‘rnatildi

2024 yilning 22 yanvar kuni AQSh poytaxti Vashingtonda barcha davrlarning eng buyuk olimi, xorazmlik Abu Rayxon Beruniyga haykal o‘rnatildi va uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Haykalni xorazmlik haykaltarosh Jasvand Annazarov yaratdi. O‘zbek tadbirkorlari homiyligi va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi irodasi bilan bronzadan yasalgan bu haykal O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi oldiga o‘rnatildi.

Aslida Beruniy AQShning yuragi bo‘lgan Nyu Yorkdagi markaziy park qoq o‘rtasiga  haykali o‘rnatilishiga loyiq siymo. 1973 yili SSSR va Eronda Beruniy siymosi tushirilgan pochta markalari chiqarilgan. Beruniyni arablar arab olimi, Eronda esa fors olimi,  u tug‘ilgan O‘zbekistonda esa o‘zbek olimi deb bilishadi. 

Vashingtondan tashqari, Beruniyning haykallari dunyoning boshqa yirik markazlarida ham mavjud. Masalan Avstriyaning Vena shahrida, BMT binosi hovlisida «Olimlar paviloni»da Ibn Sino, Umar Xayyom va Zakariyo Roziy bilan birga Beruniy haykali o‘rnatilgan.

Shuningdek Eron poytaxti Tehronda Milliy kutubxona oldida Beruniy sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik bor.

Abú Reyxán Muxamméd ibn Axméd al-Beruníy o‘z ilmiy asarlarini arab tilida ëzgan. U o‘z kitobida oy nomlarini turk tilida keltiradi.

Aynan Beruniy bois,  Xorazmning qadim madaniyati va adabiëti arab istilochilari tarafidan vayron qilinganini bilamiz.

Beruniy  973 yilning  4 sentyabrida Xorazmning Qiët shahrida tug‘ilgan va 1048 yili G‘azna shahrida o‘lgan va o‘sha yerda ko‘milgan. Abu Rayhon Beruniy umrining katta qismini (qariyb 30 yildan ortiq) G‘aznaviylar davlatida saroy olimi sifatida o‘tkazgan va bu shahar bugungi kunda Afg‘oniston hududida joylashgan.

Tag‘in o‘qing
23 july 2017
Bundan yuz yil burun Turkistonda ro‘y bergan bu voqea mintaqaning bo‘lingan mamlakatlarida bugun turlicha talqin etiladi. Asli Toshkentda boshlangan ...
10 december 2021
BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Fionnuala Ni Aolain O‘zbekiston hukumatining Suriya, Iroq va Afg‘onistondagi ayollar va bolalarni vataniga qaytarish ...
23 october 2015
Akmal Nabiev Eltuz.com Bir yil avval yozgan ekanman… U paytlar do‘stlarimiz yozgan maqolalarga munosabat bildirib turardim, albatta samimiy, chin ...
9 february 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani hokimligi binosida o‘tgan viloyat faollari yig‘ilishida ko‘plab MXX ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...