Asosiy mavzular
13 march 2024

Mansabidan ayrilgan rais, ishsizlik va norozi go‘riston ishchilari – EP124

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Samarqanddan. Urgutning botqoqlikka botgan mahallasi turg‘uni yozmoqda…

«Assalomu alaykum! Eltuz tahririyati biz Samarqand viloyati Urgut tumanining Yuqori Sanchiqul mahallasida yashaymiz.

Ozroq yog‘ingarchilik bo‘lsa ko‘chamizdan yurib bo‘lmaydi. Farzandlarimiz maktabga borishga qiynalishadi, mabodo biron kishi kasal bo‘lib qolsa tez yordam mashinasi umuman kira olmaydi, ayollarimiz roddomga boraman desa mashinani bu ko‘chalarga kirishining umuman iloji yo‘q.

Hokim yordamchisi va mahalla raisimiz mahallaning asosiy kirish qismlariga, ya'ni ko‘zga ko‘rinadigan joylariga shag‘al to‘kib, ko‘zbo‘yamachilik qilib, rasmga olib tuman hokimlariga yuborib, hokim boboning va yuqorida turuvchi tashkilot vakillarining ko‘ziga chup tiqishdan boshqasiga yaramay qoldi.

Ayting, biz oddiy xalq dardimizni kimlarga aytaylik? Xalqni kim tinglaydi, kim ko‘chalarimiz ahvolidan xabar oladi. Xalqni ishongan vakillarini ahvoli shu bo‘lsa.

Urgut turg‘uni so‘zining isboti sifatida Iqbol ko‘chasida aks etgan manzara suratlarini ham murojaatiga ilova qilgan.

Keyingi murojaat Andijondan. Viloyatning Bo‘ston tumani Nurafshon mahallasidagi bir guruh ayollar Eltuz portali orqali prezidentga murojaat qilib, tuman hokimi ishdan haydagan mahalla raisi Ikromjon Oxunovni ishiga tiklanishini talab qilmoqda.

(Video)

Murdalar qochib ketmaydi. Keyingi murojaat Dehqonobodlik go‘riston ishchilaridan. Ular hokimiyat tomonidan o‘zlarining vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarga majburiy jalb qilinayotganidan norozilik bildirishmoqda.

(Video)

Bu Dehqonobodlik go‘riston ishchilarining arzi edi, Keyingi murojaat esa Sirdaryo viloyatidan. U yerda ishsizlar ko‘paymoqda, va'da qilingan ish o‘rinlari esa yaratilgani yo‘q.

“Sirdaryo viloyatidan murojaat qilyapmiz. Mahallamizda  ishsizlar soni 1000 dan oshiq.  2021 yil may oyida ishsizlikni qisqartirish va 185 nafar fuqaroni ish bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan edi. Buning uchun Oqoltin tumaniga Prezident tomonidan 2 million dollar  investitsiya   kiritilgan  edi. Hokimiyat bu ishlar ijrosini klasterga topshirgandi.  Don kombinati uchun imorat qurilishi boshlandi, lekin u hozirgacha bitgani yo‘q. Oradan 3 yil o‘tdi, axir. Quruq savlat to‘kkan tunuka bilan kimni aldamoqchi ular? Bosh prokuraturadan holatni nazoratga olib, va'da qilingan ish o‘rinlarini ochishlarini so‘raymiz”.

Va so‘nggi shikoyat tag‘in xayot uchun xatarli, birin ketin qulayotgan, nuragan, aftoda elektr simyog‘ochlari haqida. O‘tgan safar eltuz Samarqandning Oqdaryo tumanida qulagan simyog‘ochlar haqidagi videoni taqdim qilgan edi. Bu safar shunday tashvishli videomurojaat Buxoroning Olot tumani Nurobod mahallasidan keldi. Mas'ullar bu holatga ham jiddiy e'tibor qaratishini so‘rab qolamiz.

Va bu sizning e'tiboringizga bugun havola etganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izohlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
8 march 2020
Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi Davlat xavfsizlik xizmati)ning sobiq raisi Rustam Inoyatov O‘zbekiston tennis federatsiyasi rahbari lavozimidan iste'foga chiqdi. Bu ...
30 august 2016
Prezident Islom Karimovning na o‘lik, na tirik ekanligi davlat siri darajasida mahfiy, yangi yurtboshining kim bo‘lishi hamon noma'lumlicha qolarkan, ...
21 january 2021
O‘zbekistonning g‘arbiy qismida vatandoshlarning tana a'zolarini o‘lchash deb nomlangan antroponomik taftishga minglab tibbiy xodim safarabar qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ...
16 december 2020
11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Tadbirda YeOIIga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...