Asosiy mavzular
25 march 2024

Turk mahkamasi o‘zbek xotining eriga tuxmatini fosh qildi

Turkiyaning Denizli Honaz’ida yashagan 3 bolaning otasi 59 yashar pensiyadagi fermer Ramazon Oqboy (Ramazan Akbay) bundan to‘rt yil oldin xotini o‘lib ëlg‘iz qolgandi.

Doyim ëlg‘iz qolmasin degan jiyani unga O‘zbekistondan xotin topib berishga azmu qaror qildi.

O‘zbek xotinlari internetning er qidiryapman degan sahifasini to‘ldirib tashashganini ko‘rgan Ramazon amaki havaslandi.

Tanlab short list qilishdi. Va nihoyat 39 ëshli Zulxinur ismli juvonda to‘xtashdi. O‘zbekistonlik Zulxinur Ramazon akaga erga tegishga rozi bo‘ldi.

2023 yilning 18 iyulida Zulxinur Ramazaon akaning uyiga kelib joylashdi.

Eltuz ko‘rgan videoda Zulxinur mashinadan tushib Ramazaon aka bilan apoq-chapoq bo‘lib hovlidan xonaga kirib ketadi.

Ikki kundan keyin Zulxinur uydan hech bir narsa olmasdan yalangoëq qochib ketadi.

Oldin duxtirga borib, erim a'zoyi badanimni urib ko‘kartirdi, deb, spravka oladi.

Keyin shu spravka bilan politsiyaga borib shikoyat qiladi. Zulxunur qo‘lidagi spravkada uning tanasida 50 dan ziëd ko‘kargan joy borligi ëzilib fotolar ilova qilingan.

21 iyul kuni Ramazon Oqboyning qo‘liga kishan solib ichkariga apkirib qo‘yishadi.

Ramazon amaki odamni qullikda saqlash, kaltaklash va uning istagiga zid holda jinsiy aloqa qilish kabi jazo qonunining moddalari bilan ayblandi. Bu ayblar isbotini topsa, Ramazan amaki 45 yilga qamalishi kerak edi.

Ramazon aka bu ayblarni rad qildi.

Turkiyada sudlar toshbaqa kabi sekin yuradi. 2024 yilning 8 fevralida bo‘lib o‘tgan mahkamada Ramazon akaning advokati Salim Qutliturk (Salim Kutlutürk,) Zulxinur olgan spravkani shubha ostiga oldi.

Qaytadan qilingan tibbiy xulosaga ko‘ra, Zulxinur tanasidagi ko‘kargan joylar Ramazon akaning uyiga kelishidan oldin yegan kaltaklardan hosil bo‘lgani aniqlandi.

Kaltakdan keyin ko‘karib, mo‘matoloq bo‘lishi uchun kamida 2 kun lozim.

Zulxinur esa shantaj maqsadida bu ishni qilgani, aslida uni Mama ro‘zalar kaltaklattirganini aytib yig‘lab sannadi.

«Men undan beshta oltin bilaguzuk va bitta ayfon obersang tinch qo‘yaman dedim. Ammo u ko‘nmadi,» dedi o‘zbek xotin.

Hakamlar hay'ati Ramazon akani sud zalidan ozod qildi.

Turkiya gazetalari «Ëlg‘onchi kelin» degan maqolalar chiqardi.

«Olti yarim oy bir xotinning tuhmati bilan bekorga qamag‘da o‘tirdim» deydi Ramazon amaki.

Ramazon amaki Zulxinurga qarshi da'vo ochmadi. «Daf bo‘lib ketsin¸ xudo jazosini bersin» dedi.

Shunaqa gaplar azizlar. Qissadan hissani o‘zingiz chig‘oring. Eltuz kanaliga obuna bo‘ling. Raxmat tugmachasini bosib kanalimizni qo‘llab quvvatlang.

Tag‘in o‘qing
9 november 2017
Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yakshanba kuni Toshkentdagi bir qancha shifoxonayu poliklinikalar xodimlari Sergelida yangi qurilayotgan uylar oldini tozalash, ularni tartibga ...
11 december 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com Bugungacha olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Aramais Avakyan va uning 4 nafar o‘rtog‘iga “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz ...
2 january 2026
zbek xalqi shubhasiz dunëdagi barcha yaratiqlar ichida «eng sabr qiladirg‘on» turidan. Boshliq kelib ko‘tiga tepsayam xudoga shukr deydi. Lekin ...
26 november 2020
Bloger Nozim Safari: «AOKA «Gazeta.o‘z»ga ham koronavirus bo‘yicha ma'lumotlar taqqoslangan maqolalar uchun ogohlantirish jo‘natibti. AOKA asl qiyofasini namoyon eta ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...