Asosiy mavzular
20 april 2019

Qozog‘istonda o‘zbeklar mingan yana bir avtobus halokatga uchradi

20 aprel kuni Qozog‘istonning Jambul viloyatidagi «Toshkent-Olmaota» trassasida avtobus halokatga uchradi. Yo‘lovchilari aksariyat o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus halokatida kamida 11 kishi o‘lgan.

«Ozodlik» radiosining qozoq xizmati xabariga ko‘ra, yengil avtomobil yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan.

Boshqa bir xabarga ko‘ra, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan Toyota avtomobilidan qochishga uringan avtobus ag‘darilgan.

Voqea joyida sakkiz odam halok bo‘lgan, yana uchta shaxs shifoxonada o‘lgan. Jami 32 shaxs shifoxonaga yotqizilgan.

Qozog‘istonda Rossiyaga ketayotgan o‘zbek mardikorlari mingan avtobuslarning halokatga uchrashi keyingi davrda ko‘p uchraydigan holatga aylandi.

Joriy yilning 4 fevralida ham «Eltuz» nashri o‘zbekistonlik 40 nafar yo‘lovchi mingan, ikki nafar qozoq haydovchisi boshqaruvida bo‘lgan avtobusning Qozog‘istonda buzilgani haqida xabar bergan edi.

O‘shanda 45 daraja sovuqda muzlab qolgan o‘zbeklar qutqarilgan va isinish uchun Kogam qishlog‘idagi maktabga olib borilgan edi.

«Eltuz» nashri o‘tgan yilning yanvarida ham Rossiyaga otlangan, buzuq avtobusda muzlagan 41 nafar o‘zbekning qutqarilgani haqida yozgan edi.

Voqeadan uch to‘rt kun avval, 18 yanvar kuni Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan avtobus ëng‘inida 52 nafar o‘zbekistonlik kuyib kul bo‘lgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 march 2023
Magnitning bir tarafi o‘ziga tortsa yana bir qutbi jismni o‘zidan itaradi. Shu paytgacha O‘zbekiston teskari magnit bo‘lib keldi. San'at ...
8 june 2016
O‘zbek telekanallaridan ko‘rib bildikki, sportda ham yutuqlarimizning son-sanog‘i yo‘q ekan. Telekanallarning bu sohaga e'tibori ham zo‘r. Axir sportimiz erishayotgan ...
25 february 2022
O‘zbek internetini kuzatsam, ekstremal g‘oyalarni, jinoyat va urushni qo‘llab-quvvatlovchilar juda ko‘pligiga e'tibor beraman. Faqat putinparastlarni nazarda tutmayapman, turli qarash ...
28 february 2019
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) 27 fevral kuni terma jamoaning sobiq murabiyi, bir yil burun «umrbod futboldan chetlatilgan» Samvel Babayanni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...