Asosiy mavzular
21 august 2025

O‘tda ënmas, suvda cho‘kmaclarning kim oshdi savdosi

«Agar bir barg daraxtdan uzilib tushsa bu tasodif emas» Bu gapni faylasuf Konfutsiy aytgan. Odatda maqola ëzganda eng so‘nggi yangilikdan boshlash joiz. Men esa eski xabardan boshlayman. Bu xabarda aks etkan soxaning xabar mazmuni orasidagi bog‘liqlik bormi ëki yo‘qmi bilmayman.

Joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hisobot yig‘ilishida ichki ishlar organlari faoliyatida shaffoflikni ta'minlash, tizimning imijini oshirish va sohada ildiz otgan korruptsiyaga qarshi olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Demak, IIV o‘zi majlis qilib sohadagi shaffoflikni oshirishni istaëtgani va IIV tizimida korruptsiya mavjudligini tan olaëtgan bo‘lsa biz ëzgan maqolani bemalol ular gapining ko‘rgazmali isboti o‘laroq qabul qilishi tabiiy. 

Shunday optimistik, nekbin nuqtada maqolani boshlar ekanman, huquq tartibot organlari tizimidagi pogonli suhbatdoshim soxadagi jaraënlar “Allamjonovga suiqasdgacha va undan keyingi qismga bo‘linishi haqida” gapirarkan “suvdan quruq chiqadigan va barcha rejimlarda sog‘ salomat yuradigan abadiy pogonlilar mavzusiga diqqatimni tortdi.

Pogonli suhbatdosh nazarida “Komil Allamjonovga suiqasd va izlarni yo‘qotish bo‘yicha noo‘xshoq urinishlardan so‘ng ichki ishlar xodimlariga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ammo, ma'lum bo‘lishicha, bu faqat ko‘zbo‘yamachilik uchun sahnadagi bir tomosha” edi. 

Men doim birgina manba va aksar xolda mazlum jubbasini kiygan manbaga skeptik qarayman. Shu bois ikkinchi manbadan ba'zi ma'lumotlarni aniqlashtirib oldim:

DXXdagi Eltuz insayderining ma'lumot berishicha, Toshkent shahar IIBBning sobiq birinchi o‘rinbosari, Toshxojaev Doniyor, tergovda prokuror «kurator» boshliqlariga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma bergan. 

Bu  yashirin ko‘rsatmalar orqali  ular suiqasd ishini yopishga harakat qilgan edilar.

Albatta, DXXda hamma hamma  narsadan yaxshi xabardor degan qulay fikrni zikr qila olamiz. Lekin bilishimcha, u yerda  korporativ shior  borligini aytishdi. 

Ëzilmagan ammo aksar xodimlar ëddan biladigan bu shior : «Aniq narsaga tikilib qarashning nima keragi bor, pul uchun ko‘zni yumsa ham bo‘ladi?» degan sexrli so‘zlardan iborat. 

Insayderimizning  ochiq tan olishicha soxadagi muammolar  sababi oddiy. Hammasi pulga borib taqaladi. Masalan, organ xodimi Xuseyn Ataev. Uni uch yil oldin «kamtarona» 200 ming dollar pora bilan qo‘lga olishgan. Deylik, natija aniq: dollar to‘la chamadan — moddiy dalil, o‘zi esa — SIZOga borib iqrorlik ko‘rsatmasini ëzadi. 

Lekin nimadir bo‘ladiyu Ataev qutulib qoladi. Xuddi iloxiy kuch Yusuf payg‘ambarni zindondan qutqargan kabi mo‘jiza yuz berdimi? Yo‘q albatta. Shunchaki, Ataev yarim million dollar yo‘taldi va qamag‘dan chiqib o‘rniga Prokuraturaning 16-bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari kreslosini oldi.

U yerda boshlig‘i Baxodir Sheranov bilan birga butun boshli «oltin kon»ni ishga tushirishdi — bu so‘z o‘yini emas, balki haqiqiy korruptsiya biznes-rejasi edi. 

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Abdurazzoqov Abduvasitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ta shubxali buyruqlar aynan ulardan kelgan. IIBBdan esa ishlar, tabiiyki, Mirobod tuman jinoyat sudiga yo‘naltirilgan. 

Sud raisi Siddiqov Sardor nazoratidagi ishni esa akaxonlar istagiga uyg‘un  «boshqarish» ta'minlangan. Oqibatda, «peshana ter  bilan topilgan» barcha soqqa  «pobratski» bo‘lib olingan: Fil kabi katta  ulush — prokuraturaga, qolgan — «choychaqa»  esa sudyalar va tergovchilarga.

Bu «ko‘rinmas front qahramonlari» nafaqat jazodan qutulib ketishni, balki yuqori lavozimlarga chiqishni ham uddalashdi.  Sheranovga ish qo‘zg‘atilganida hatto hammasi kulgili komediya va absurd farsga aylandi.

Sistema oddiy.  Bugun  jinoiy ish  figuranti, ertaga  esa boshliq bo‘lishga nomzod, indinga esa yanada baland lavozim kursisi ato qilinadi.   

Ular yaratgan  tizimda jinoyat ishi —  erkin sudlov ëki professional taftish, tergov xosilasi bo‘lgan hukm bilan yakunlanmaydi. Bu tizim huddi ëvvoyi to‘qsoninchi yillardagi go‘zallik konkursiga o‘xshash g‘alati kastingni eslatadi: 

Kimning  akaxoni ko‘proq pul bersa, o‘sha «tanlovdan o‘tadi». Tergov protokollari ancha vaqtdan buyon prays-listga aylangan: Jinoyat kodeksi moddalari yonida jazo emas, balki narx ko‘rsatilgan.

Masalan jinoyat figurantiga  prokuratura operi telegramdan nollari ko‘p raqam jo‘natadi. Figurant buning to‘lanishi joiz bo‘lgan o‘lpon ekanligini darrov tushunadi. 

Endilikda esa bu tizim peshtaxtalarida haqiqiy «asr savdosi» ochildi. Toshkent shahrining sobiq prokurori Erkin Yuldashev, hozir esa Prezident Administratsiyasining kompleks xizmati rahbari, oson yo‘ldan borib, bosh lotni chiqardi. Kim oshdi savdosida «Toshkent shahar prokurori kreslosi».

Savdo boshlandi va talabgor Sheranov Baxodir, deyishganida, u qo‘lini keng ëyib: «Besh million dollar — kreslo uchun!» deb yubordi.

Ammo auktsion shu bilan tugamadi.

Birinchi raqamli Lot №1 — Toshkent shahri prokurori kreslosi. Sheranov Bahodir — 5 million dollar.

Ikkinchi raqamli Lot №2 — Toshkent shahri jinoyat sudi raisligi. Sardor Siddiqov, o‘sha «Jiguli» mashinasi o‘g‘irlanishini yopib yuborgani bilan mashhur zobit, stavkani 10 mln deb qo‘ydi.

Uchinchi raqamli Lot №3 — viloyat IIB boshlig‘i lavozimi. Toshkent shahar IIBB tergov bo‘yicha sobiq o‘rinbosar Abduvasit Abdurazaqov bu lavozimga 2 million tikib «yalpayib o‘tirib oldi».

Buning tepasida esa Toshkent shahrining sobiq prokurori, hozir Prezident Administratsiyasi Komplaens xizmati boshlig‘i — Erkin Yo‘ldoshev. Rasman — korruptsiyaga qarshi kurashchi, amalda esa — auktsionning bosh kassiri o‘tiribdi. 

Chamadonlarni adashtirmaslik uchun u ishonchli buxgalter sifatida Xuseyn Ataevni tanladi. Ataev pul sanashni yaxshi biladi: pora bilan ham qo‘lga tushgan, «otmazka» bilan ham foyda qilgan, karerasini ham aynan kupyuralarda qurgan. Qora kassa uchun ideal saqchi.

Yo‘ldoshev — auktsionchi rolida: «Bir, ikki, uch — sotildi! Loyallarga chegirma, yangi kelganlarga — ustama. Navbatni egalayman deb qiynalmang: yangi lavozimlar keyingi mavsumda bo‘ladi».

Dalil-isbotlar qaerda, deyishingiz mumkin. Shoshmang. Tumbochkam tortmasida  hali ko‘p narsalar bor. Hammasi oldinda. Ko‘p narsani bilaman. Koshki bilmasaydim, bilganim qursin.

Maqolani faylasuf Konfutsiy gapi bilan boshlovdik va yana unga nisbat berilgan rivoyat bilan davom ettiraman.

Rivoyat esa budir. Bir kuni Konfutsiy tog‘ ënidan aravada o‘tib boraëtib, qabr ustida sochlarini yulib yig‘laëtgan aël farëdini eshitdi. Konfutsiy bu aëlning ëniga dardini bilib kelsin, deya o‘z shogirdini jo‘natdi.

Aël Konfutsiyning shogirdiga dardini doston qildi:

— Men bu o‘lkada ketma-ket qayg‘u bilan yuzlashdim. Oldin qaynonam ichterlama kasalidan o‘ldi. Keyin bu kasal erimni olib ketdi. Hozir esa tifga chalingan o‘g‘limni ko‘mdim, – dedi aël.

— Unday bo‘lsa nega bu o‘lkani tark qilmaysan? — deb so‘radi donishmand Konfutsiyning shogirdi.

— Chunki bu yerda poraxo‘r va zolim sudya yo‘q , — deya javob berdi aël.

— Buni ëdingda saqlagin, shogird, — dedi Konfutsiy. — poraxo‘r¸ zolim va shafqatsiz sud tizimi o‘lat va ichterlamadan ham qo‘rqinchli.

Tag‘in o‘qing
10 may 2019
Rassom Tuz
24 december 2025
Qozog‘istonning Turkiston viloyat sudi 16 yashar o‘quvchi qizni jinsiy zo‘rlab o‘ldirgan 38 yashar o‘zbekni ashaddiy jiniyatchi deb topib umrbod ...
26 july 2016
Mustaqillik deklaratsiyasi haqida qariyb 25 yildan beri bir gap yozishdan xuddi moxovdan qo‘rqqandek hadiksirab kelayotgan o‘zbek matbuoti, aniqrog‘i, «Hurriyat» ...
9 august 2021
Rassom Tuz
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...