Asosiy mavzular
25 july 2024

Kutubxona nimaga kerak?

Statistika bo‘yicha  O‘zbekistonda bugun har 9 million fuqaroga 1 kutubxona mavjud. O‘zbek o‘qimaydi. Qashshoqman – ko‘ngilga kitob sig‘maydi, deydi, Kamyu e'tiqodimga zid, Aytmatov mentalitetimga to‘g‘ri kelmaydi, deydi.

Kitob rastalarida eng yaxshi sotiladigan asarlar: yolg‘on-yashiq diniy uydirmalar, pul topishni «o‘rgatuvchi» motivator kitoblar, abiturientga axborotnomalar.

O‘zbek o‘qimasligini harf tanimaydigan ikkichi amaldorlar ham biladi. Shuning uchun bugun 37 millionlik xalqing kutubxonasi 402ta.

Diniy ta'lim so‘rab soch yulgan «ilm»parvarlar, so‘kinib-qarg‘anib, qip-qizil xato komment yozgan radikal polvonlar yillar mobaynida 5673 kutubxona yopilishini indamay kuzatgan.

Bir masjid yopilsa qancha to‘polon bo‘ladi, lekin minglab kutubxona yopilsa hech qanday aks-sado yo‘q.

Uchinchi Rennesans shu bo‘lsa, iltimos, to‘rtinchisini boshlamanglar!

O‘zbekistonning ikkichi, birchi, savodsiz, pulga o‘ch amaldorlariga kutubxona o‘zi nimaga kerakligini ular tushunadigan tilda aytamiz.

Kutubxonaning bir qanotini kitob va kantselyariya sotadigan do‘kon, kompyuter xizmatlari markaziga ijraga topshirib soqqani tagida qolish mumkin. Kutubxona burchagidan kafe ochib, somsa, xot-dog, poroshok Neskafe sotib pul ishlash mumkin. O‘g‘ri amaldorlar yoki to‘g‘ri tadbirkorlar kutubxonadan daromadini olib yotaveradi.

Kutubxonaning boshqa qanotida chanqoq kitobxonlar yig‘iladi. Uyida o‘qishga alohida tinch joyi bo‘lmagan abiturientlar o‘tiradi. Keksalar kirib chaqchaqlashib kitob muhokama qiladi. Tor uyida bolasi big‘illab yig‘lab yotgan AyTi mutaxassisi kutubxonada ishlab oladi.

«Chirigan» G‘arbda shunday – har xududning kutubxonasi bor, to‘garaklari ishlaydi. Kichik oylik to‘lov evaziga yoki umuman tekinga yosh bolalar fizika, kimyo, biologiya tajribalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, fazoni teleskopda kuzatadi. Kino va asarlarni muhrkama qiladi. Shu tarzda yoshlikdan badiiy did, ilmga qiziqish va saviya shakllanadi. «Chirib ketgan» G‘arbda eng kichik kutubxonani yopish markaziy cherkovni buzishdek gap.  

Madvazir va undan tepadagi qovoqboshlar, o‘rnak oling – kutubxonalar mana shunday qilib saqlab qolinadi. Kutubxonalar tarbiya va ilm o‘chog‘i – kutubxonaga qatnagan boladan savodsiz, so‘kong‘ich amaldor chiqmaydi, mantiqiy argumentni tushunmaydigan radikal hizbchilar paydo bo‘lmaydi. Mana kutubxona o‘zi nimaga kerak.

Tag‘in o‘qing
1 june 2023
O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahrining yangi hokimi Shavkat Umurzoqov bilan birga poytaxt markazi – ...
19 april 2023
Hammasi 2022 yil yanvarida Camarqandning Pastdarg‘omida 33 yoshli kam ta'minlangan erkak 31 yoshli ayol uyiga dori olib borgan kundan ...
11 july 2019
Gulchehra Nurillaeva 1938 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 15 dan ...
11 april 2018
Shoir Shavkat Rahmon ijodiga oid ko‘rsatuvda uning Usmon Azim, Xurshid Davron va Muhammad Solih bilan tushgan fotosurati 3 aprel ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...