Asosiy mavzular
2 august 2024

Qo‘qon shahar hokimligi qariyalar uyini tortib olib, yer taqsimoti hujjatlarini soxtalashtirmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab hokimliklar yoki kadastr agentligi yer hamda uy-joylar taqsimoti, o‘zlashtirish, davlat zahirasiga o‘tkazish bo‘yicha jinoiy ishlar amalga oshirishi sir emas.

Vakolat muddati tugagan Qo‘qon shahar hokimi Usmonov Maruf Azamovich ham hokimiyatda qarovchisi yo‘q qariyalarning uy-joyini tortib olish bo‘yicha jinoiy sxema tuzganligi iddao qilinmoqda.

Jumladan, hokimlik 2020 yilda fuqaro Sadikbaeva Holidaning moliyaviy ahvoli og‘irligini hisobga olib, Qo‘qon shahar “Shayhon” mahallasi Tohir Malik ko‘chasida joylashgan ikki xonali uyni rasmiylashtirish bo‘yicha qaror chiqargan. Hujjat gerbli hokimlik muhri bilan emas, bayon qismi degan muhr bilan tasdiqlanadi.

Hokimlik insayderlarining ma'lum qilishicha, hokim o‘zining birinchi o‘rinbosari Po‘latov Baxtiyor orqali yolg‘iz va qarovchisi yo‘q qariyalarni qariyalar uyiga majburan joylashtirgan. Shundan so‘ng, hokim o‘rinbosari mahalla raislari va pensiya jamg‘armasi rahbarlari bilan hamkorlikda qariyalarning uy-joyini sotib yuborgan.

Mulozim Po‘latov Baxtiyor tegishli mutaxassisligi bo‘lmasa ham hokimlikda birinchi o‘rinbosar bo‘lib ishlab kelmoqda. Hokim o‘rinbosari o‘zboshimchalik bilan bunday jinoyatga qo‘l urishi mumkin emas.

Hokimlik mutasaddilari sotib yuborgan uy-joylarning kadastri va yerlarning Qo‘qon shahar hokimligi balansiga qaytarilishi haqidagi hujjatlar mavjud.

Eltuzga taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilinishicha, 2023 yilda shahar hokimligi “G‘alabaqqollik” MFY Hurramlik ko‘chasidagi, “Tolzor” MFY Islom Karimov ko‘chasidagi, Yangiobod” MFY Mahram ko‘chasidagi va “Ustabozor” MFY Ustabozor ko‘chasidagi er maydonlarini “tashlandiq” deb atab hokimlik zahirasiga qaytargan. Hokimlik zahirasiga qaytarilgan yerlar kun kelib, qimmat narxda sotilmasligiga hech kim kafolat bermaydi.

Eltuz qo‘lidagi boshqa turkum hujjatlarnga ko‘ra, hokimlikning ikki qarori 2021 yilning 27 mayida chiqarilgan, uchinchi qaror esa 2023 yilda tasdiqlangan. Turli sanalarda tasdiqlangan bu hujjatlar 271-qaror deb umumlashtiriladi. Bir hujjatda bolalar kardioxirurgiyasi shifoxonasi qurilishi uchun 450 kvadrat metr yer maydoni ajratib berilsin deyiladi, shuningdek, shifoxona 4 qavatli bo‘lishi kerakligi qayd etiladi. Ikkinchi hujjatda 450 kvadrat metr er bolalar kardioxirurgiyasi shifoxonasi uchun ajratilib, binoning 2, 3, 4 qavatlarida turar joy qurish uchun qaror chiqarilgan. Investor bu inshootga yirik sarmoya kiritishi ko‘zda tutiladi.

Ushbu muhim kelishuvga oid hujjat 2023 yil 27 mayda tasdiqlangan. Biroq qarorda bayon qismi degan muhr bor xolos, muhr ustida uchta imzo qalbakilashtirilgan.

Eltuz nashri Respublika miqyosidagi mutasaddilardan vaziyatni o‘rganib, uy-joy va yer taqsimotiga oid hujjatlarni tekshirishni, Qo‘qon shahar hokimligining yer mulkini taqsimlashga oid faoliyatini taftish qilishni so‘raydi. Videolarimizga munosabat bildiring, kanalimizga obuna bo‘ling. Agar Eltuzning Yutub kanalini qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz superraxmat knopkasini bosing. Sog‘ bo‘ling! 

Tag‘in o‘qing
25 april 2018
Karimov davrida shahar chekkasiga chiqarib tashlangan Shomahmudovlar haykali yana eski joyiga qaytarilmoqda. Haykallar 9 may kuni «Istiqlol» (sobiq «Xalqlar ...
22 july 2025
2024 yil oxirida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidovning huquqiy asosdan xoli buyrug‘i natijasida davlat byudjetiga 2 milliard ...
22 november 2023
O‘tgan yilning avgust oyida O‘zbekiston va Shveytsariya Gulnora Karimovaning musodara qilingan 131 million dollarni qaytarish bo‘yicha kelishuv imzolagan edi. Bu Karimovaning ...
6 december 2018
2018 yilning 4 dekabr kuni Toshkent shahri sudida bo‘lib o‘tgan apellyatsiya mahkamasida ayblanuvchi Shahnoza Boyqunusova mahkamaga O‘zbekiston ichki ishlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...