Asosiy mavzular
20 november 2024

Turkiyadagi o‘zbeklar stendapchi qiz ustidan shikoyat qildi

Joriy yilning 7 noyabrida Turkiya telekanallaridan birida Mezat Shou degan ko‘rsatuvda Ummuxon O‘zdan ismli hijob o‘ragan stendapchi xotinning “o‘zbek jalapiga o‘xshayman” deya sarkazm qilgani Turkiyada yashaydigan o‘zbeklar orasida turli fikrlar keltirib chiqardi. O‘zbekistonda koreyts chimchi sotuvchi qanday tabiiy bo‘lsa o‘zbek jalab Turkiyada shu qadar tipik va tabiiy degan ma'nodagi fikrlar ham aytildi. Ayni paytda stendapchi qizning hazilidan og‘ringanlar ham bo‘ldi.

Bu stendapchi qizdan norozi  o‘zbeklar boshini birlashtirgan, geosiyosiy munosabatlar va sotsiologiya  fanlari olimasi Dilorom Xamroeva Turkiya prokuraturasiga Ummuxon O‘zdan ustidan shikoyat arizasi berdi.

Bu O‘rta asr gosiësiy munosabatlarni o‘rgangan olima Dilorom Hamroevaning fikrlari edi.

Birovning ko‘zidagi zirapchani ko‘ramizu o‘zimizning ko‘zimizdagi g‘o‘lani ko‘rmaymiz. Turkiyada o‘zbek fohishalari  bormi? Bor! Ko‘pmi ëki oz? Har xolda oz. Mikroskop bilan qarasa topiladi deya olmaymiz. Kesak otsak o‘zbek jalabining boshiga borib tegadi ham deya olmaymiz. Jalablar aholi soniga proportsional tamsil bo‘lgan. Demak, Turkiyada qochqin arablarni qo‘shib sanasak 92 millionga yaqin kishi yashaydi. Shundan 54 millioni turk, 33 millioni kurd, 3 million cherkas millatiga mansublar bor, arablarning sanoqqa ilgani ikki million. Lekin undan ko‘p deyiladi. Lozlar ya'ni turklashgan gurjilar yuz ming atrofida. Yana 70 mingcha armaniyam bor.  Bu sanaganim etnik gruppalardan fohishalar yetishib chiqqan.  O‘ris, moldova, ukrain, turkman, qirg‘iz, qozoq jalaplari suruv xolida Turkiyada mavjud. 

Nima demoqchiman. Bu chaman xuddi gulzor kabi turli chechaklardan tarkib topgan. Bu gulzorda o‘zbek fohishasi o‘zining takrorlanmas  ifori bilan ajralib turadi. Eltuz o‘zbeklar noroziligiga sabab bo‘lgan Turkiyadagi shou tomoshasi atrofidagi voqealarni yoritishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘ling videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
13 january 2026
1993 yil 13 yanvarda Parijda imzolangan Kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konventsiya (CWC — Chemical Weapons Convention) insoniyat tarixida qurolsizlanish ...
15 september 2025
Qadimiy va navqiron Toshkent shahri hozirgi zamonda o‘zining me'moriy qiyofasi bilan juda murakkab jarayonni boshdan kechirmoqda. Shahar markazida ko‘tarilgan ...
10 november 2023
RT: Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. MS: Ëshi ulli, ëshi kichchi, mo‘chchi oybikalar nichiksizlar. Xo‘jik birrilar… RT: Matchonboy, odamlar ...
12 november 2025
O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi faoli, jamoat arbobi va parlament deputati, dunyoda tinch siyosiy faoliyati uchun eng ko‘p qamoqda o‘tirgan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...