Asosiy mavzular
12 january 2025

Salimboy qamoqdan chiqdi. «Ofis»ning «orqa ko‘cha»si

O‘zbek jamoatchiligi orasida «Salimboy» nomi bilan mashhur Salim Abduvaliev bugun, 12 yanvar kuni tushdan keyin qamoqdan ozod etilgan.

Uning ozodlikka chiqishi sobiq mulozim Komil Allamjonovga suiqasd yuzasidan Toshkentning Darxonidagi Otabek Umarovga tegishli qudratli «Ofis»ning fosh bo‘lishi manzarasida yuz bermoqda.

Oldinroq Allamjonovga suiqasd yuzasidan tergovga to‘sqinlik qilgan Toshkent IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Doniyor Tashxodjaev qamoqqa olingan edi.

Tashxodjaev 2023 yil noyabrida boshlangan va rasman “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri nomini olgan ommaviy hibsga olishlarga rahbarlik qilgan.

Salim Abduvalievning hibsga olinishi haqida ham matbuotga ma'lumotlarni polkovnik Tashxodjaev taqdim etgan edi.

Ayni paytda Doniyor Tashxodjaev Komil Allamjonovga suiqasd tashkilotchilaridan biri, o‘tgan yil noyabrida Janubiy Koreyadan olib kelingan Javlon Yunusovni ushbu reydlar doirasida qamoqdan asrab qolgani o‘rtaga chiqqan.

Eltuz manbalariga ko‘ra, ko‘chaga qarshi reydlar «Ofis» tomonidan puxta ishlangan reja bo‘lgan.

Rejadan maqsad jinoyat olamining ko‘zga ko‘ringan avtoritetlarini Komil Allamjonovga qarshi qayrash bo‘lgan. Go‘yoki, bu reydlar ortida Komil Allamjonov turgani qamalgan “o‘g‘riyu to‘g‘rilarning o‘zlariga ham yetkazilgan”.

Salimboyga yaqin shaxslardan birining Eltuzga aytishicha, “Boyning o‘zi ham yaqin yaqingacha uning qamalishi ortida Allamjonov turganiga ishongan”.

Ayni messej Salimboy bilan har doim bir qatorda tilga olinadigan boshqa bir avtoritet G‘ofur Rahimovga ham yetkazilgan.

Salimboyning qamalishi fonida G‘ofur Rahimov Otabek Umarov bilan Toshkentdagi sport tadbirlarida ko‘rinish berdi.

Ma'lumki, 74 yashar Salim Abduvaliev noqonuniy o‘qotar qurol saqlashda aybdor deb topilib olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Unga qarshi tergovga boshchilik qilgan Doniyor Tashxodjaev esa Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan qurollarni olib kirgan va ularni o‘tgan yili 26 oktyabrda Allamjrnovga qarshi suiqasdda ishlatgan guruh rahbari Javlon Yunusovning jinoyatlarini yashirishga uringanlikda ayblanmoqda.

Tag‘in o‘qing
30 june 2017
Mirziyoev artistlar bilan uchrashuvida «xalq uchun ishlayotgan» akterlarga teatr yonidan ko‘p qavatli uy qurib berishni va'da qildi. Prezidentning fikricha, ...
26 september 2015
Bundan ilgari Eltuz Inson huquqlari Alyansi yetakchisi Yelena Urlaeva bilan mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulovaning Guliston shahrida ikki nafar ichki ...
2 october 2019
Zamonamiz turk yozuvchilari orasida O‘rxon Pomuq kabi dunyoda nom qozongan o‘tkir qalam sohibi Alif Shafaq kitobxonlar orasida ancha mashhur. ...
9 august 2018
Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish instituti oldidagi chinorlarning bir nechasi ham tuman obodonlashtirish idorasi tomonidan kesib tashlangan. Rassom Tuz 2015 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...