Asosiy mavzular
23 july 2025

Namanganda nepotizm piramidasi

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasida ishga qabul qilish jarayonlari atrofida jiddiy savollar paydo bo‘ldi. 2025 yil 11 iyul kuni bosh yuristkonsul lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlovda bilim va qobiliyati yetarli bo‘lgan bir qator nomzodlar ishtirok etgan bo‘lsa-da, ular emas, boshqarma rahbarining shaxsiy tanishi ishga tavsiya qilindi.

Boshqarma rahbari A'zamjon Isaqovning tanlov komissiyasiga bosim o‘tkazgani, savollarga to‘liq javob bermagan bo‘lsa-da, Uychi tumani G‘ayrat mahallasidan bo‘lgan, avval yuqori tashkilotlarda ishlagan Fazliddin ismli shaxsni tanlovdan o‘tkazgani ta'kidlanmoqda. Kuzatuvlarga ko‘ra, Fazliddin tanlov oldidan boshqarma rahbarining xizmat xonasiga kirib chiqqan, tanlovdan keyin yana u yerga qaytgan. Bu holatlar uning natijalar oldindan kelishilgan holda tanlovda qatnashganini ko‘rsatadi.

Eltuzga kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, boshqarma rahbari va nomzod o‘rtasida yaqin aloqalar mavjud. Bu esa, mahalliychilik va tanish-bilish orqali ishga olish kabi korruptsion amaliyotlar hali ham tizimda mavjudligini ko‘rsatadi.

Bu kabi holatlar ko‘plab nomzodlarda norozilik uyg‘otmoqda. Agar bu holatlar o‘z vaqtida ochiq tekshirilmasa, ishonch va teng imkoniyatlarga asoslangan tizimni tiklash yanada mushkul bo‘ladi.

Agar Eltuzga yetib kelgan ushbu ma'lumotlar asossiz bo‘lsa, vazirlik rasmiy bayonot bilan ularni rad etishi, agar asosli bo‘lsa, mas'ul shaxslar javobgarlikka tortilishi shart. Eltuz O‘zbekistondagi ijtimoiy ahamiyatga ega holatlarni sizlar bilan birgalikda o‘rganadi va yoritadi. Ko‘ng‘iroqchani bosib kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
23 may 2023
Calom qadrli muxlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta xatni o‘qiymiz. Ular Tashkent, Qashqadaryo va Camarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat ...
14 april 2021
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 2021 yilning 2 fevral kuni fermer Muzaffar Muhammadievning qabri ochildi. 55 yoshli fermerning jasadi o‘tgan ...
23 february 2016
Rassom Elsevar o‘zbekistonlik qariyalarning pensiyalarini plastikka o‘tkazish bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarini hajv mo‘yqalamiga tortishda davom etadi. Do‘konlarda, yozilmagan qoidalarga ...
11 january 2026
Sening qalbing dunyodagi hamma narsadan kattaroqdir. Shunday ekan, uni tor fikrlar va kichik tashvishlar bilan to‘ldirib qo‘yma.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...