Asosiy mavzular
26 july 2025

JURNALIST SOLIJON ABDURAXMONOV GYeRMANIYaDA OLAMDAN O‘TDI

2008 yilning 10 oktyabrida siyosiy motivlar bilan qamalgan o‘zbek jurnalisti Solijon Abdurahmonov roppa rosa to‘qqiz yil qamoq jazosini o‘tagani ortidan Berlinda yashab yurgan edi.

2014 yilning 30 noyabri kuni esa Yoxann-Filipp Palma nomidagi nemis jamg‘armasi Solijon Abdurahmonovni yuksak xalqaro mukofotga taqdim etgan edi.

Solijon Abduraxmonov 2017 yilning 4 oktyabr kuni ozod etildi. Jurnalistning mashinasiga giyohvand tashlanib qamoqqa olinganidan buyon o‘tgan 9 yil mobaynida O‘zbekistondagi ochiq jamiyat, inson huquqlari tashkilotlari, xalqaro va diplomatik idoralarning jurnalist himoyasiga qilgan chiqishlari javobsiz qoldi.

2014 yilning 30 noyabri kuni esa Yoxann-Filipp Palma nomidagi nemis jamg‘armasi Solijon Abdurahmonovni yuksak xalqaro mukofotga taqdim etdi.

Bu tantanali marosimda ham na Abduraxmonovning o‘zi, nada uning qarindoshlari ishtirok eta olishmadi.

Germaniyaning Shorndorf shahrida o‘tgan 2014 yil uchun So‘z va matbuot erkinligi mukofoti laureati bo‘larkan mukofotni uning horijdagi hamkasblari qabul qilib olishgan edi.

Solijon Abduraxmonov bu mukofot taqdimotida ishtirok eta olmagan chunki u bu paytda qamoqda edi. Mukofotni qabul qilib olish va jurnalistga yetkazish sharafi o‘sha paytda uning hamkasbi Qudrat Bobojonga topshirilgan edi.

«Albatta jurnalist do‘stim nomidan bu mukofotni qabul qilib olish bir sharaf, ammo uning o‘zi olgani yaxshi bo‘lar edi. Lekin buning iloji yo‘q, chunki u hali ham turmada qolmoqda.» – degan edi jurnalist Qudrat Bobojon ayni muokofot taqdimotida.

Videoda Germaniyaning Shtutgard shahrida o‘tgan Solijon Abduraxmonovga mukofot topshirish marosimida so‘zlangan nutq aks etgan.

Tag‘in o‘qing
4 march 2022
Taniqli amerikalik rus iqtisodchisining bashoratlari.Tez orada rossiyaliklar kundalik ehtiyoj mollar tanqisligiga ro‘baro‘ bo‘la boshlashadi.Rossiya iqtisodiyoti jahon savdosiga qattiq moslashgan. ...
12 march 2021
Bu yerda o‘zlari uchun yig‘lashmas, Bu yerda yig‘latar birovning dardi. Bu yerda birovning g‘ami muqaddas, Bu yerda tabarruk o‘zganing ...
12 may 2017
12 may kuni Toshkentda atoqli o‘zbek shoiri Tursunboy Adashboev yurak hurujidan vafot etdi. Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarida O‘sh ...
29 july 2024
Parij Olimpiyadasida Rossiya sportchilari O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etadi, Isroil G‘azodagi maktabga zarba berdi. Trampga suiqasd ortidan AQShning maxfiy xizmati ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...