Asosiy mavzular
27 july 2025

MO‘YNOQDAGI GAZ KONIDA AVARIYa YuZ BYeRDI

2025 yil 27 iyul kuni “O‘zbekneftegaz burg‘ulash ishlari” MChJga qarashli Muynoqdagi parmalash maydonida ochiq neft-gaz favvorasi yuz berdi. Bu holat texnogen avariya, deb baholanmoqda.

Favvora nazoratdan chiqqani va bu holat katta xavf tug‘dirishi mumkinligi ma'lum qilinmoqda. Avariya yuz bergan burg‘ulash qurilmasi 2,5 million dollarga baholangan bo‘lib, u Xitoy krediti hisobidan olingan.

MChJ rahbari — Ulfat Murodillaevich Amonov. U avvalroq «Qoson neft va gaz qidiruv ekspeditsiyasi»ga rahbarlik qilgan va o‘sha davrda ham “Cho‘lquvar” maydonida shunga o‘xshash favvora yuz bergan, davlat mablag‘lari samarasiz sarflangani tanqidga sabab bo‘lgan edi.

Hozircha voqea yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

Eltuz O‘zbekistondagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy voqealarni yoritadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, layk va izoxlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
12 january 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. G‘isht, qum va tsement aybdor! Yoki «Armaturalar ham yig‘laydi» Bugungi film ...
7 october 2020
Islom Karimovning uzoq davom etgan (1991-2016) beqaror siyosatidan so‘ng hokimiyatni egallagan Shavkat Mirziyoev ulkan islohotlar da'vosi bilan maydonga chiqdi. ...
12 december 2016
«Hurriyat» gazetasi (07.12) yosh jurnalist yigitning mohiyatan xalq dardini yozishdan qochib, buni o‘zicha oqlashga uringani to‘g‘risidagi maqolani e'lon qildi. ...
17 december 2019
«Xullas, shu kundan boshlab “kirpichka”ning masteri Erkin qora meni promkadagi eng og‘ir ishga, ya'ni ichkarisida havo darajasi 70-80° darajagacha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...