Asosiy mavzular
6 august 2025

OLTIN FABRIKASIDA OTIShMA YuZ BYeRDI

Angren shahridagi AGMK ChRU Idoraviy harbiy qo‘riqlash xizmati joylashgan «Oltin saralash fabrikasi» hududida 2 avgust kuni soat 19:30 larda X.J. ismli xodim xizmati davomida o‘z hamkasbi K.M.ni xizmat pistoleti bilan otib qo‘ydi. Bir qarashda bu shaxsiy tushunmovchilikdek tuyuladi, aslida esa — bu butun boshli tizimni botqoqqa botirgan korruptsiya, e'tiborsizlik va qo‘rquv oqibatida sodir bo‘lgan fojiadir.

Ta'kidlanishicha, X.J. — o‘z kasbining fidoiysi bo‘lgan, bir necha yil davomida fabrikada yuz bergan o‘g‘riliklar, ichki «sxema»larga qarshi kurashgan yagona qo‘riqchi edi. 

U ko‘p marta guruh rahbariyatiga ruhiy holati yomon ekanini, stressda yurganini aytgan, yordam so‘ragan. Ammo guruh boshlig‘i Xojiboev Sobit unga nafaqat quloq solmagan, balki X.J.ni xatarli postlarga jo‘natib, undan qutilishga harakat qilgan. Sababi — X.J. «oltin-ko‘mir o‘g‘irlash sxemalari»dan xabardor bo‘lib qolgan edi.

ChRUdagi «rejimnik» laqabli G‘iyosjon va «Sher» laqabli ishchi, ular ortidan yuradigan aka-uka, jiyanlardan iborat guruh – 48-shtolnya atrofidagi madanli toshlarni nazorat qiladi. 

Ular tayyor oltin mahsulotini fabrikadan chiqarish, kameralarni o‘chirish, «reja bajarilmadi» deb yolg‘on hisobotlar tayyorlashga ma'sul bo‘lgani aytilmoqda.

«20 iyul kuni Guzaksoy shaxtasida ro‘y bergan tog‘ qulashi natijasida bir ishchi halok bo‘ldi, yana biri og‘ir ahvolda. Bu voqeadan so‘ng ChRU direktori Miraxmedov shaxta rahbarlarini almashtirib, o‘zini oqlagan ko‘rinib, ta'tilga ketdi. Bu uning ChRUni tashlab, ARU direktorligiga intilayotgani haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi» – deydi xodimlar.

Ayni paytda fabrikada pistoletdan o‘q uzilgani jamoatchilikka ma'lum qilinmagan. Hokimiyat va AGMK rahbariyati hamon sukut saqlamoqda. 

Ehtimol, o‘g‘rilik, korruptsiya va yolg‘on hisobotlar fosh bo‘lmasligi uchun ushbu hodisa imkon qadar bosdi-bosdi qilinadi. Eltuz esa O‘zbekistondagi hokimiyatning suiste'mol qilinishi, korruptsiya va tolon toroj bilan bog‘liq xolatlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, video yuzasidan izohlar qoldiring. 

Tag‘in o‘qing
16 january 2026
1992 yilning 16 yanvarida Toshkentning Talabalar shaharchasida stixiyali namoyish Islom Karimov buyrug‘i bilan shafqatsiz bostirilgan edi. Shu kuni men ...
3 january 2025
– Mana xafta zuvv etib aylanib,  yangi yilda yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ina amdolli tozo yilloda go‘rishmak ...
5 november 2024
“Agar jamiyatda  jinoyat va zo‘ravonlik jazosiz qolar ekan bu mamlakat bir birini tishlab parchalamoqchi bo‘lgan yirqich hayvonlar arenasiga aylanadi”. ...
7 april 2023
Qodiriy ta'biri bilan aytsak, mamlakatning yuz yil oldingi «kirli» tarixida ham¸ Sovet davrida ham mulozimlar, qudrat va sarvat egalari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...