Asosiy mavzular
8 august 2025

KORRUPTsIYa BOTQOG‘IDA ChO‘KAYoTGAN «O‘ZSUVTA'MINOT» 

Eltuz tahririyatiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra “O‘zsuvta'minot” AJda rahbar almashganidan keyin vaziyat yaxshilanish o‘rniga battar  yomonlashgan. 

2024 yil 6 iyulda jamiyat rahbarligiga tayinlangan Suvonqulov Ahmad Xudayshukurovich haqida jiddiy iddaolar bor. Ma'lumotlar uning oldingi mehnat faoliyatiga ham tegishli.

Axborotlarga ko‘ra, Ahmad Suvonqulov avval «O‘zkommunxizmat» agentligida Osiyo taraqqiyot banki loyihalari bilan ishlagan, keyin Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. Ammo aynan mazkur davrda qurilish va investitsiya dasturlarida yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari sabab ishdan bo‘shatilgan.

Ahmad Suvonqulov yangi lavozimga tayinlanishi bilan «O‘zsuvta'minot» AJda qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilik avj olgan. Suvonkulov o‘zining «ishonchli» eski tanishlarini «O‘zsuvta'minot»ga ishga joylashtirgan — iddaolarga ko‘ra, bu shaxslar unga pora yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, u ayrim xodimlarga va o‘ziga oylik ustama, rag‘batlantirish, mukofotlar berib jamiyat mablag‘ini sovuradi. Rahbar va uning yaqinlari katta-katta oylik olib yurgan bir paytda, viloyatlardagi oddiy xodimlar oylab ish haqi olmayotgani haqida shikoyatlar bor. Eltuz tahririyatida ustama va boshqa to‘lovlar haqidagi buyruqlarning nusxalari mavjud.

Shuningdek, «O‘zsuvta'minot» uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va uskunalar to‘g‘ridan to‘g‘ri Suvonqulovga tegishli yoki u bilan bog‘liq kompaniyalar orqali keltirilyapti. Barcha shartnomalar kelishilgan «foiz» asosida amalga oshirilayotgani ta'kidlanmoqda

Shuningdek, Surxondaryoda tug‘ilib o‘sgan rahbar, ayni paytda har hafta «O‘zsuvta'minot»ning maxsus texnikalarini o‘z mahallasi ko‘chalarini yuvishga majburlayapti, deyiladi murojaatda.

Eng jiddiy ayblovlardan biri — xalqaro moliya institutlari mablag‘lari bilan bog‘liq tenderlardagi korruptsiya holatlari. Jumladan, Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan Guliston–Yangier suv quvuri loyihasi tender talablarga javob bermagan JV TANA Energe va Effective Engineering MChJga 5% pora evaziga berildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari bilan amalga oshirilayotgan Xorazmdagi loyiha ham 5% kelishuv bilan boshqa konsortsiumga berilgani, 500 ming dollarlik pora masalasi yuzasidan kelishuv amalga oshirilgani qayd etilgan shikoyatda.

Ushbu pora operatsiyasi jarayonida YeRTB rahbarlaridan biri bo‘lgan Xolmuxamedov Muxammadshokir qo‘lga tushgan, keyinchalik esa Suvonqulov bilan oralaridagi kelishuvlar fosh bo‘lishidan qo‘rqib, qochib ketgan va hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qidiruvda.

Suvonkulov Ahmad Xudayshukurovichga qo‘yilayotgan barcha ayblovlar yuzasidan «O‘zsuvta'minot» AJ, Suv va sanitariya sohasi bo‘yicha nazorat organlari, shuningdek Prokuratura va Antikorruptsiya agentligining rasmiy bayonotlarini kutib qolamiz.

Tag‘in o‘qing
21 june 2020
Bugun O‘zbekistonda haqiqiy ma'noda mustaqillik kuni sifatida nishonlanishi kerak. Chunki bundan 30 yil burun, 1990 yil 20 iyun kuni ...
12 april 2024
Rasmdagi xotinni otib o‘ldirish uchun olib ketishmoqda. U Vetnamlik tadbirkor. Vetnamning Ortiqxo‘jaevi. Vetnam sudi tadbirkor Chыong Mi Lanni o‘limga ...
15 september 2025
Qadimiy va navqiron Toshkent shahri hozirgi zamonda o‘zining me'moriy qiyofasi bilan juda murakkab jarayonni boshdan kechirmoqda. Shahar markazida ko‘tarilgan ...
6 january 2026
Janna d’Ark — nafaqat Frantsiya, balki jahon tarixidagi eng sirli va ilhomlantiruvchi shaxslardan biri. Uning hayoti yuz yillik urush ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...