Catira
18 january 2018

Karimov davrini ëmonlash bilan birga, unga sig‘inish ham davom etmoqda

Prezident Mirziyoev o‘z chiqishlarida «eski zamonlar tugaganini» bot-bot eslatishiga qaramay, uning mulozimlari Karimovni qo‘msashda davom etishmoqda.

«Shu tizim ichida o‘zim ham o‘sganman. Xudodan so‘raymiz, u kunlar qaytib kelmasin endi», degan edi prezident Mirziyoev 12 dekabr kuni parlamentga qilgan murojaatida.

Oradan bir oy o‘tib, 12 yanvar kuni O‘zbekistonning horijdagi elchilari bilan uchrashuvida Mirziyoev: «Bo‘ldi, u zamon tugadi», dedi elchixonalarga Karimov zamonida qo‘yilgan MXX ayg‘oqchilarini qaytarib olishini aytar ekan.

Ayni ohangdagi fikrini u Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan uchrashuvda ham bildirgandi, Karimov davrida nohaq qamalgan 10 ming mahkumni avf qilish istagida bo‘lganini aytgan edi o‘shanda.

Rasmiy matbuot esa Karimovning 30 yanvar kuni nishonlanadigan tug‘ilgan kunini bayram qilish mujdalarini tarqatish bilan ovora.

Hokimlar o‘quv muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda Karimovni xotirlash kechalarini rejalashmoqda.

Bu anjumanlarda Mirziyoevning o‘zi ham ishtirok etayotgani esa prezidentning «u zamonlar o‘tdi» degan so‘zlariga shubha uyg‘otadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 december 2025
KGB MOJAROLARINI ESLAGAN AMYeRIKALIK OLIM 1989 yil avgust oyida Amerikalik turkolog do‘stim Devin Devisdan bir maktub oldim. Uning asl ...
22 january 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonda) «Xolli qabristonni o‘ychan qiyofada tark etdi. Bir chekim nosni til tagiga tashlab, ...
24 august 2020
Respublika iqtisodini ko‘tarish uchun, eng avvalo, yer xususiylashtirilishi kerak, deya hisoblaydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi ...
20 august 2023
Calom qadrli muxlislar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Eltuz ilgari xabar berganidek, 15 avgust kuni Zo‘r TV jurnalisti ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...