Asosiy mavzular
11 august 2025

Xivada yana bir YuNYeSKO yodgorligi buzib yo‘q qilindi

Xiva shahar “Ichan-qal'a” mahallasidagi “Bo‘yoqchilar” ko‘chasi “Xevaq qudug‘i” nomli 107-ob'ektda qurilish ishlari haliyam davom etyapti. Xiva shahar kadastr agentligi “Xevaq qudug‘i”dagi noqonuniy qurilayotgan bu bino va inshootlar haqida haligacha hech qanday bayonot bermagan.

Insayderlar Eltuzga taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, Ichan-qal'a” qo‘riqxonasi direktori va hozirgi kunda deputat Rustam qo‘lida “Xevaq qudug‘i”ga tegishli noqonuniy 2 ta har xil xujjat bor – bir hujjat “Xevaq qudug‘i” ob'ektini qayta restavratsiya qilish to‘g‘risidagi ruxsatnoma, boshqa hujjatda noqonuniy qurilishlarga “fortochka” ochilgan.

“Ichan-qal'a” qo‘riqxonasining Alisher Ismoilov boshchiligida ushbu noqonuniy qurilish ishlari davom etar ekan mahalliy aholining noroziligi ortmoqda. Yunesko ro‘yxatidagi tarixiy ob'ektda har qanday o‘zboshimcha qurilish oqibati ayanchli bo‘lishi muqarrar.

O‘zbekiston Respublikasidagi Yunesko va Butunjahon Yunesko tashkilotlari tarixiy ob'ekt bo‘lgan Ichan-qal'a hududidagi noqonuniy qurilishdan xabardormi? Xiva shahar hokimligi, “Ichan-qal'a” qo‘riqxonasi direktoridan vaziyat haqida tafsilotli bayonot kutamiz.

Tag‘in o‘qing
7 april 2016
O‘zbekistonliklar orasida so‘nggi kunlarda avj olgan 16 va 32 kilogrammlik polvontoshlarni qidirish vasvasasi mashhur «Oltin devor» p'esasini eslatadi, faqat ...
30 august 2016
Keyingi uch kun ichida, Karimovning miyasiga qon quyilgani va o‘lgani haqida Internetda xabarlar paydo bo‘ldi, shu munosabat bilan Chexiyadan ...
4 may 2021
Bugun «Sattoriy ishi» bo‘yicha ayblanuvchiga 5 ta ish bo‘yicha ayblov qo‘yilganini bildirilib, unga 11 yil qamoq jazosi berish so‘raldi. ...
5 july 2019
Prezident Mirziyoev 2017 yilning  13 iyunidagi chiqishida o‘zbek sudyalarini odamlarni himoya qilmaslikda, poraxo‘rlikda, nohaq qarorlar chiqarishda ayblagan edi. Karimov ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...