Asosiy mavzular
24 august 2025

Tashkent hokimining kotibi sobiq deputat ayolni «to‘shak» bilan shantaj qilmoqda

«Uch yil burun juda dag‘al bir gap qilib eding menga, ko‘rsataman endi senga!» Toshkent viloyat hokimi matbuot kotibi to‘rt yil burun tarmoqda sazoyi qilinib haydalgan deputat ayolga nimasini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.

2021 yilning noyabrida Qonunsizlikka qarshi kurashgani ortidan kimlargadir yoqmay qolgan sobiq deputat Feruza Babashevaning to‘shagiga burun suqib uni butun mamlakatga sharmisor qilish kampaniyasi bo‘lib o‘tgan edi. Jamoatchilikning bosimi bilan ayol deputatlik mandatini topshirishga majbur bo‘lgan edi. 

Xalq noibligi unga faqat tahqir va tazyiqdan boshqa narsa bermaganini urg‘ulagan Babasheva o‘shanda deputatlik guvohnomasi va ko‘krak nishonini qaytarib, iste'fo berishini ma'lum qilgan edi.  Oylar, yillar o‘tib bu to‘polon ham unutildi. 

Eltuz birovning kir to‘shagini titmaydi. Masalan, sobiq deputat Kusherbaev haqidagi maqolalardan maqsad – bir norasida go‘dakning aliment haqqini undirishga ko‘maklashish edi. Lekin Feruza Jo‘rabekovna ushbu harakatlarimizni do‘sti Rasulga qarshi «fitna» va «dushmanchilik»ka yo‘ydi.

Million marta takrorlab ham charchamaymiz: Go‘sht alohida, pashsha alohida. Masala bola huquqlari, ayollar huquqi, vijdon erkinligi haqida bo‘lsa Eltuz doim jabrlangan tomonga quloq tutib, minbar beradi.

Hozir ham Babashevaning shaxsiy munosabatlariga aralashmaymiz. U amalda qonunni buzgani yo‘q, kishilarning dahlsizligi va tamal huquqlariga raxna solmadi. Biroq Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi Feruzani yana bir bor obro‘sizlantirishga urindi. Ayolning huquqlari poymol etildi.

Feruza Jo‘rabekovnaning tarmoqda yig‘lab bildirishicha Zoyir Mirzaevning matbuot kotibi Behzod Qobulov o‘zining shaxsiy kanalida sobiq deputat ayolga qarshi samosud e'lon qilgan. Feruzaning otasini «ko‘t» deb atagan va allaqanday mahsus konvertlarni fosh etish bilan tahdid qilgan.

Matbuot kotibining kanalidagi bu chaqiriq birozdan keyin o‘chirildi. Behzod Qobulovning o‘zi esa «meni vzlom qilishdi» degan bahonani mahkam ushlab turibdi.

Sobiq deputatning ta'kidlashicha, matbuot kotibi bundan avval ham uni obro‘sizlantirishga uringan, ayolning shaxsiy munosabatlari haqida ig‘vo to‘qib Zoyir Mirzaevning Telegram kanaliga joylab yuborgan. 

«Vzlom» haqidagi cho‘pchakka biz ham, Qobulovning o‘zi ham ishonmaydi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Zoyir Mirzaev yoki uning matbuot kotibi bu ayolga nega qasd qilmoqda? Orada qanday nifoq bor? Feruzaga qayta-qayta loy chaplashdan muddao ne? Sobiq deputat ayol hokimlikning dumini shunchalar qattiq bosganmidi? Nega pasportida «erkak» deb yozilgan kotiblaru mulozimlar dushmanlikda to‘shak ritorikasidan qayta-qayta foydalanyapti?

Qo‘liga uch-to‘rt so‘m, ketiga kreslo tekkan erkak mulozimlarning aksariyatida ikki xotin, bir ma'shuqa, bir necha yashirin bola-chaqasi bo‘lishi g‘oyat tabiiy hol. Zoyir to‘ra va uning kotibida ham nozik shaxsiy sirlar bo‘lishi ehtimoli yuzdan to‘qson foiz. Shunday ekan, yiqilgan ayolni tepkilab, omma qarshisida sharmanda qilaverish hokim va matbuot kotibiga yarashiqsiz qiliq emasmi.

Eltuz Uzbekistondagi ayollar huquqi va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega voqealarni tahlil qilishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
2 january 2026
O‘zini Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2-kurs kursantlari deb tanishtirgan manbalar Eltuz tahririyatiga murojaat qilib, ta'lim muassasasida qator jiddiy qonunbuzarliklar ...
11 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridan ...
9 january 2026
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aholi hayotiga bevosita ta'sir qilayotgan jiddiy muammo yuzaga keldi. Tumanning Oftobro‘ mahallasida davlat mablag‘i hisobidan ...
29 june 2018
O‘zbekistonda 27 iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlandi. Shu kuni hukumat rasmiylari o‘zlari «zo‘r sanagan» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...