Asosiy mavzular
25 august 2025

BMT BAYoNOTLARINI HYeCh KIM O‘QIMAYoTGANI HAQIDA BAYoNOT BYeRDI

Bugun gapirmoqchi bo‘lganim haqiqatan ham muhim mavzu. Lekin u ko‘pchilik uchun qiziq emas degan gumondaman. Chunki mavzu yalang‘och deputat ayol videosiga oid emas, balki O‘zbekiston ham a'zo bo‘lgan Birlashgan millatlar tashkilotining jahonshumul bayonotlari va ularni dunyoda hech kim tinglamayotganiga oid. Har holda BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish 1 avgust kuni shunday bayonot berdi. BMT bayonotlarini hech kim o‘qimaydi.

Ma'lum bo‘lishicha BMTning dunyodagi aynan qirg‘inbarot urushlar, ocharchilik va genotsidga qarshi bayonotlari odamlar uchun shunchaki ahamiyatsiz chiqishlar bo‘lib qolmoqda. 

Holbuki insoniyatni halokat yoqasiga keltirgan II jahon urushidan so‘ng dunyo hamjamiyati yana bir bora shunday dahshatni boshdan kechirishni aslo istamasligini anglab yetgan va turli davlatlar uchun bahs, murosa va kelishuv maydoni o‘laroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti yuzaga kelgan edi. O‘zbekiston esa BMT safiga 1992 yilning 2 martida qo‘shilgan.

Tashkilot asosini xavfsizlik kengashi tarkibidagi Buyuk Britaniya, AQSh, Frantsiya, Xitoy va SSSR maqomining merosxo‘ri bo‘lgan Rossiya tashkil etadi. Aynan mana shu a'zolarning veto huquqi sabab BMTdagi muhim siyosiy-diplomatik rezolyutsiyalar, qaror va rejalar amalga oshmay qoladi.  Hech qaysi mamlakat o‘z suverenitetining muayyan bir qismini BMTga qo‘sh-qo‘llab topshirishni istamaydi.

Bugun deyarli butun dunyo mamlakatlarini birlashtirgan yagona xalqaro tashkilot muhim siyosiy jarayonlarga mutlaqo ta'sir o‘tkazolmayapti.

G‘azodagi urush, uyg‘urlar genotsidi, Rossiya-Ukraina urushi, M'yanmadagi qirg‘in – BMT bu jarayonlarning barchasi haqida «chuqur havotir bildirish» bilangina cheklanmoqda. 

BMT bayonotiga ko‘ra, tashkilotning eng qiziq bayonotlarini uzog‘i bilan besh ming kishi o‘qiydi, o‘rtacha hisobda esa bayonotlarni faqat ming kishi ko‘zdan kechiradi. 

Tan olish lozim, Birlashgan Millatlar Tashkilotining madaniy-tarixiy merosni saqlash bo‘yicha YuNYeSKO loyihasi, bolalar muhofazasi bo‘yicha YuNISYeF, JST, Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabilar o‘z maqsad vazifalarini to‘laqonli ado etmoqda va sohalar bo‘yicha hal qiluvchi rolga ega. 

Biroq tashkilot aynan siyosiy-diplomatik jabhada inqirozni boshdan kechirmoqda. Dunyo mamlakatlari yetakchilari BMT majlislariga bahs-munozara forumidek qarashadi. Marmar minbarda nutq irod etish siyosiy oliftalikka aylanib qoldi. BMT yirik mamlakatlarga ta'sir etish richaglari, bosim vositalariga ega emas. 

Bugun BMTning konfliktlar haqidagi siyosiy bayonotlari pechkaga qarab yugurib ketayotgan bolaga qarab «borma, kuyasan», «ana kuyding» qabilidagi beparvo xitobni eslatadi xolos.

Eltuz bu borada samimiy havotirini izhor etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, video yuzasidan izoh qoldiring.

Tag‘in o‘qing
31 july 2019
1 avgust kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi. Bu hashaki shpargalkalar davri tugab, ular o‘rniga ...
9 april 2020
Pandemiya tezda o‘tib ketadi, men hech narsa qilishim shart emas, deb xayol qilayotganlar bo‘lsa, quyidagi ma'lumotlar ularga tahlil uchun ...
17 may 2021
O‘zbekistonda yaqinda bir qarashda arzimasdek tuyulgan, biroq mamlakatda avj olgan, hokimiyatning barcha bo‘g‘imlari, jumladan, prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan navbatdagi huquqiy ...
1 december 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi (30.11) shu nomdagi partiyadan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatilgan Sarvar Otamurodovning saylovoldi uchrashuvlari yakuniga bag‘ishlangan kattagina ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...