Asosiy mavzular
31 august 2025

Mustaqillik kontsertida propaganda ilmi yo‘q

Krinj kontsertda Madvazirdan tortib yaqinda pampersdan garsho‘kka o‘tirgan bolagacha «Yangi O‘zbekiston» haqida ashla aytdi. 

Xo‘sh, buning nimasi yomon? Siyosiy tuzum ya'ni davlatchilik shakli mutlaq o‘zgarmagan taqdirda yurt tarixini davrlashtirish, eski davrni to‘liq ko‘mib yuborish – eng ahmoqona g‘oya. O‘zbekistonda boshqaruv ma'muriyati o‘zgardi, lekin davlat tuzumi o‘sha-o‘sha. Masalan, hozir tolib bachchavozlar Afg‘oniston mustaqilligini nishonlasa, «Yangi Afg‘oniston» deb ashla aytilsa bo‘lavuradi. Chunki bu bit soqol toliblar faqat Ashraf G‘anini quvish bilan cheklanmadi, ular dunyoviy davlatni buzib, ustiga chiqib tepkilab, 7-asr formatidagi tuzumni o‘rnatdi.

O‘zbekistondachi? O‘zbekistonda nima bo‘ldi? Tabiatan o‘jar, ruhan kasal avtoritar Prezident o‘ldi, oborib ko‘mishdi. Davlat tuzumi haliyam sekulyar, iqtisodi haliyam kapitalistik, bayroq, gimn o‘zgarmadi. Eng muhimi, Karimov davrida ikkinchi bo‘lgan shaxs bugun birinchi. Ha, uning siyosati yengilroq, kapital ko‘paydi. Va bu juda yaxshi alomat. Lekin asos baribir 1991 yilda qo‘yilgan.

O‘sha o‘jar diktator o‘lganida tobut korteji ortidan uvvos solib yig‘lab yugurgan Munojot kampir bugun yangi O‘zbekiston ritorikasiga o‘tvoldi. Mustaqillik prospektida uzun qora katafalk izidan aytib-aytib yig‘lagandi. Bugun 180 gradus ters burilish. Mana bu esa savodsiz va to‘pori propaganda natijasi. 

Ikkiyuzlamachilarni hech kim hurmat qilmaydi. Masalan, Xitoyda tishini yuvmaganidan og‘zi sassib ketgan, eshakdan qaysar diktator Mao o‘ldi, oborib ko‘mishdi. Innankeyin xalq shoirlari Den Syao Pin bratga paxta qo‘yib «Yangi Xitoy» deb shig‘ir yozmagan. Nima deyishgan unda? «Mao do‘damiz 70 foiz yaxshi edi deyishgan, rahmalli atrofdagilarini ta'siri ostida 30 foiz xatolar qigan» deyishgan. Xitoyning rasmiy ritorikasi ashnaqa edi rostan. Albatta, bu bulshit yolg‘on. Lekin davlatchilik tamaliga ziyon bermaydigan yolg‘on, delikat propaganda namunasi.

Saviyali propagandachi avvalgi ma'muriyatni ochiqcha qoralamaydi, davrlarni yangi-eskiga bo‘lmaydi. Harqalay, rasmiy sahnalarda hadeb «Yap-yangi O‘zbekiston»lash katta xato. Buni Karimovni qo‘msashga yo‘ymang. Karimovni fosh qiluvchi postlarni eng ko‘p Eltuz yozadi zotan. 

Kechagi kontsertda «Yurt tinchligin o‘ylagan sultonlarga tasanno» deb bir arava paxtani o‘rtaga to‘kkan Sirojiddin Sayyid ham, «eski zamonlardan aytmayman deb qasd qildim» deya ming‘illagan Madvazir ham aksar odamlarda jirkanish tuyg‘usini uyg‘otdi xolos. Bunaqa savodsiz targ‘ibot oqibatida «o‘tmishni qo‘msash» yanada kuchayadi. «Avvalgisi yomon bo‘lsa, senlar ham peshmassanlar» degan kayfiyat tarqaladi.

Yangi O‘zbekiston manaviyatchilariyu, qolgan barcha propagandistlariga Eltuzdan tavsiya: delikat ritorikaga o‘ting, targ‘ibot traektoriyasini sal silliqlashtiring

Bitta medal, bitta kursi olaman deb minbarlarda ochiqcha yaltoqlanmang. Karimovga qanday yaltoqlanganingiz esimizda, «Egasi bor yurtning ertasi bordir» deb shig‘irlar yozardingiz. Shuni ko‘rganlar, eshitib ulg‘ayganlar haliyam tirik. 

Xalqning aksari siz o‘ylaganchalik merov va ovsar emas – bu chapani targ‘ibotingiz bilan qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqaryapsiz. Zamonaviy siyosiy ritorika, psixologik ta'sir, nutq madaniyati kabi fanlarni, imlitsit targ‘ibotni o‘zlashtirib masalaga ilmiy asosda yondashing.

Eltuz O‘zbekiston siyosatiga oid voqealarni yoritishda davom etadi, kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
27 november 2025
O‘zbekistonda ëmg‘ir so‘rab ommaviy duo o‘qilishi haqidagi lavhalar matbuot va blogosferada keskin tanqid va kulgiga sabab bo‘ldi. Qator xorijiy ...
7 january 2024
O‘zbek vatandoshlarining Turkiyada qamoqqa olinganiga oid rasmiy bilgi: O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024 yil ...
14 october 2025
(Eltuz tahlili) 2025 yil oktyabr boshida Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Dyurand chizig‘i bo‘ylab qattiq to‘qnashuvlar boshlandi. Pokiston «Tehrik-e-Talibon Pokiston» ...
3 february 2016
2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...