Asosiy mavzular
4 september 2025

Ona va bola molxonada besh oy qiynoqqa solindi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida jamiyatni larzaga soluvchi zo‘ravonlik holati aniqlandi. Eltuzga kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, ayol besh oy davomida eri, qaynonasi va qaynisinglisi tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklangan, haqoratlangan va uyning molxonasida bog‘lab qo‘yilgan.

Ayol oyoq-qo‘llaridan bog‘lanib, somonxonada och qoldirilgan. Unga na ovqat, na suv berilgan. 

Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol shu holatda homiladorlikni o‘tkazib, somonxonada bola tug‘ishga majbur bo‘lgan. Bola uch oydan oshgan bo‘lsa-da, hanuzcha fuqarolik qaydnomalarida yo‘q.

Qo‘shnilar esa holatdan xabar topib, bir necha oydan so‘nggina ichki ishlar idoralariga murojaat qilishgan.

Shifokorlarning aytishicha, bola uzoq vaqt ovqat va suvsiz qolgani uchun og‘ir ahvolda. Onaning ham sog‘lig‘i keskin yomonlashgan, u shifoxonada ko‘rgan har bir odamdan «Iltimos, urmang» deb yolvorgan.

Jamoatchilik bu razillikka ko‘z yumib bo‘lmasligini ta'kidlamoqda. Adolatli javobgarlik va qattiq jazo talab etilmoqda.

Ushbu fojea kimsasiz, yordamsiz insonlar taqdiri qay darajada xavf ostida ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. 

Bu jinoyatga javobsizlik — jamiyat uchun yanada katta fojea bo‘ladi. Eltuz O‘zbekistonda gender tengsizligi, ayollar va bolalarga zo‘rovonlik holatlarini yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izoh qoldiring.

Tag‘in o‘qing
4 november 2020
​Farg‘onada bir guruh ko‘ngillilar daydi it-mushuklar uchun maxsus joylar tashkil etilishini talab qilmoqdalar. Ularning fikricha, hayvonlarga mehrli munosabatda bo‘lish ...
6 march 2018
Chorak asrdan buyon paxtachilik va sanoatning u bilan bog‘liq tarmoqlari rivojlanmaydi. Chunki paxtaning asosiy qismi kimlarningdir orqasiga qo‘yishga ishlatilib ...
5 january 2023
O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashidjon Qodirov Zangiota qamoqxonasidan ozodlikka chiqqani haqida Eltuzga bir-biridan mustaqil manbalar habar berdi. ...
29 october 2025
Bugun turk millati o‘z tarixida ilk marta demokratik respublika qurgan kunga yuz yil to‘ldi. O‘zini turk deb bilgan Rassom ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...