Asosiy mavzular
9 september 2025

Poraxo‘rlar qamalmoqda lekin korruptsiya yo‘qolmayapti

O‘zbekistonda poraxo‘r mulozimlar jazolanayapti biroq korruptsiya darajasi ham shiddat bilan o‘sishda davom etmoqda. Bu xolat xalqaro tashkilotlar hisobotlariga ham kirgan. 

So‘nggi haftada O‘zbekistonda yuqori mansabdagi amaldorlarning qamalishi bilan bog‘liq ko‘plab xabarlar matbuotda e'lon qilindi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amaliyotlar haqida qisqacha ma'lumot berib e'tiborni uchta muhim xolatga qaratsak.

  • Andijon: Bo‘ston tumanida hokimning ikki o‘rinbosari pora bilan ushlanib qamaldi.
  • Toshkent: Poytaxtda yuqori lavozimli tanishlar orqali 900 ming dollarga yer sotishga urinish holati aniqlanib jinoyat ishi ochildi.
  • Namangan: Shahar hokimi 60 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda rasmiylar tomonidan 2017-yildan beri korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha tizimli islohotlar o‘tkazilayotgani aytib kelinadi. Xususan 2020-yilda Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etilgan. Keyingi xolatlar esa mamlakatda korruptsiya darajasi chuqur ildiz otgani, shu bilan birga hukumatning bu illatga qarshi kurashishga bo‘lgan jiddiy niyati borligini ko‘rsatadi.

Yuqorida qayd etganimiz asosiy uchta voqeaga qaytsak

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida hokimning investitsiya va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari 65 million so‘m pora talab qilganlikda ayblanib ushlangan. Ular fermer xo‘jaligining 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta operatsiyalar orqali yopib berish evaziga pora olmoqchi bo‘lishgan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Toshkent shahrida esa ikki nafar shaxs 900 ming dollarga 1 gektar yerni sotishga uringan va hokimlikdagi yuqori lavozimli tanishlari orqali yer toifasini o‘zgartirish va ko‘p qavatli uy qurish uchun ruxsat berishni mijozlariga va'da qilishgan. Ular 220 ming dollar avans olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 211- (pora berish) moddalari bo‘yicha ish ochilgan.

Ilgari qayd etganimizdek Namangan shahrida ham shunday holat kuzatildi: DXX matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra Namangan shahar hokimi 60 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlangan. U eskirgan turar joylar o‘rniga ko‘p qavatli uy qurish huquqini berish evaziga pul talab qilganlikda gumonlanmoqda. U ham Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.   

Umumiy tendentsiya

O‘zbekistondagi umumiy tendentsiya korruptsiya darajasi yana orta boshlayotgan va jamiyatda befarqlik paydo bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Xo‘sh bu muammoni bartaraf qilish uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak? Shu o‘rinda e'tiborni qonunchilik asoslariga qaratsak. Hukamat hisobotlarida 2017-yildan beri O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada bir qator islohotlar amalga oshirilgani qayd etiladi:   

Bunga misol qilib qonunchilik asosida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani. 2020-yilda esa Prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani bildiriladi. Ayni reformalar foydasiga rasmiylar xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarni ham kiritishadi. Masalan O‘zbekistonning  Transperenc International tashkiloti hisobotlarida ko‘rsatilgan yaxshilanish Korrupsiyani qabul qilish indeksi bo‘yicha 2017-yilga qadar 42 pog‘onaga ko‘tarilganiga urg‘u berishadi.

Bu vaqtga qadar, unutmaslik kerak O‘zbekiston eng korruptsiyalashgan va qoloq davlatlar darajasida bo‘lgan. 

Lekin ayni tashkilot jadvalining bugungi reytingida O‘zbekistondagi ahvol yana qayta yomonlashayotgani kuzatilmoqda va 2024 yilgi hisobot bo‘yicha mamlakat yana bir pog‘ona pasaygan va 180 mamlakat orasida 121-o‘rinni egallagan.

Bugungi kunda, islohotlarga to‘g‘onoq bo‘layotgan bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Va ko‘pchilik yuqorida aytganimizdek korruptsiya haqida xabar berish befoyda deya hisoblaydi.  Bu esa davlat organlariga bo‘lgan ishonchsizlikning tobora oshib borayotganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, korruptsionerlarga nisbatan jazo choralari har doim ham qattiq bo‘lmayotgani va qo‘lga olinganlarning atigi 20 foiziga qamoq jazosi berilgani qayd etilgan va»Tanish-bilish» kabi tizimli muammolar haligacha saqlanib qolmoqda.

Eltuz O‘zbekistondagi korruptsiyaga oid holatlarni tahlil qilishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring.

Tag‘in o‘qing
13 december 2023
O‘zbekistonda jinoyat doiralarida tanilgan tadbirkor G‘afur Rahimovga nisbatan jinoyat ish ochilgan emas. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh ...
5 january 2023
O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashidjon Qodirov Zangiota qamoqxonasidan ozodlikka chiqqani haqida Eltuzga bir-biridan mustaqil manbalar habar berdi. ...
9 june 2020
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rasmiy sayti 8 iyun kuni “Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi mualliflarining DAN xodimlaridan kechirim so‘ragani aks ...
18 november 2019
Qadimgi va zamonaviy demokratik tuzumlarda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar ko‘pincha ovoz berishga murojaat bilan tugaydi. Fuqarolar o‘zlari xohlagan o‘zgarishni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...