Asosiy mavzular
30 september 2025

Pokistonda 7 yil fohishalikka majburlangan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

2018 yildan buyon Pokistonning turli shaharlarida fohishalik qilishga majburlab kelingan F,A. Toshkentga qaytdi.  

O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi diplomatlari odam savdosi qurboniga aylangan ayolning uyiga qaytishiga yordam berdi. 

2025 yil iyul oyida ayol O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasiga murojaat qilib, odam savdosi qurboni bo‘lganini ma'lum qilgan. U vataniga qaytishda yordam so‘rab holat haqida xabar bergan. 

Ayol 2018-yilda ayollar salonida ishlash bahonasida aldov yo‘li bilan Pokistonning Lahor shahriga olib ketilgan. U yerda noma'lum shaxslar uni fohishaxonaga sotib yuborishgan. 7 yildan buyon hujjatsiz qolgan ayol Pokiston bo‘ylab fohishalik qilishga majburlangan. 

Elchixona vakillari jabrlanuvchiga barcha hujjatlarni, jumladan, vatanga qaytish guvohnomasini tayyorlab berishgan.  Pokiston vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida diplomatlar fuqaroning mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortilishidan saqlab qolishgan. 

Ayol uchun jarimalar va to‘lovlarsiz deportatsiya qilishga erishilgan.  O‘zbekiston Havo Yo‘llari aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent reysi bilan ayol 7 yil deganda vatanga qaytdi.  

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Turkiyadan odam savdosida gumonlangan bir necha ayol O‘zbekistonga qaytarilgandi. Huquqbuzarlar UJG a'zosi bo‘lib, fohishalik bilan shug‘ullanish uchun xorijda yuqori maoshli ish topish bahonasida vatandoshlarni jalb qilgan. Shuningdek, Dubay va Bankokoda fohishalikka majburlangan  yuzlab o‘zbek ayollarning O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Tag‘in o‘qing
3 september 2017
Pahlavon Sodiq 1973 yilda Namangan viloyatining Chortoq shahrida tug‘ilgan. Toshkent va Turkiyada jurnalistikadan tahsil olgan. «Ruhiyat nasimi» (1994) she'riy ...
8 june 2017
Muttasil elektr uzilishlari va Internetdagi to‘siqlarga qaramay o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2 million 163 ming ...
13 march 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel oyida kutilayotgan Konstitutsiyaga o‘zgartirish ...
14 february 2024
Tergov jarayonidan xabardor insayderlarning aytishicha, diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) tergov oldi surishtiruvida tergovchilar bilan faol hamkorlik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...